Butunjahon olimpiya mash’alasi estafetasi

Butunjahon olimpiya mash’alasi estafetasi (inglizcha: Olympic torch relay) 2004 va 2008-yilgi Olimpiada[1] oʻyinlaridan oldin oʻtkazilgan. Olimpiya olovi barcha qitʼalarga yetkaziladi. 1936-yildan beri olimpia oʻyinlarining barchasi estafeta mashʼalasi bilan oʻtkazilib kelinmoqda. Olimpiya olovi Olimpiya oʻyinlarining ramzidir. U ochilish vaqtida oʻsha shaharda yoqiladi va oʻyin tugaguniga qadar doimiy ravishda yonib turadi.

2004-yilgi Jahon Olimpiya mash’alasi estafetasi marshruti.
1936-yilgi Olimpiya oʻyinlari
1984-yil Olimpiadasi
Aleksandr Druz 2008-yilgi Olimpiada mash’alasini olib yuradi

Muqaddas olov yoqish marosimi qadimgi yunonlardan kelib chiqqan va 1912-yilda de Kuberten tomonidan qayta tiklangan. Olimpiada mash’alasi botiq oynadan hosil boʻlgan quyosh nurining yoʻnaltirilgan nurlari bilan yoqiladi.

Olimpiya alangasi poklik, gʻalaba uchun kurash, tinchlik va doʻstlikni anglatadi.

Stadionlarda olov yoqish anʼanasi 1928-yilda boshlangan (Qishki oʻyinlarda 1952-yildan). Yonayotgan mash’ala estafetasi birinchi marta 1936-yilda Karl Diem tashabbusi bilan joriy etilgan. Ochilish marosimida olimpiyada mash’alasi oʻyinlar oʻtkaziladigan bosh stadionga yetkaziladi, shundan soʻng, undan stadiondagi maxsus olov yoqish vositasida foydalaniladi. Olimpiya olovi Olimpiada yopilguniga qadar yonadi.

Odatda, uni yoqish vazifasi mashhur insonlarga, koʻpincha sportchilarga topshiriladi. Ushbu marosimga mezbonlik qilish katta sharaf hisoblanadi.

2004-yil tahrir

2008-yil tahrir

4-aprel kuni Sankt-Peterburgda Pekin yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan Butunjahon Olimpiya mash’alasi estafetasining Rossiya bosqichi boʻlib oʻtdi. Sahnada 80 nafar mash’alachi ishtirok etdi.

Ishtirokchilar orasida mashhur shaxslar ham ishtirok etishdi:

  1. Nikolay Nikolaevich Drozdov — taniqli rus teleboshlovchisi
  2. Andrey Sergeevich Arshavin- taniqli rus futbolchisi, Rossiya milliy futbol jamoasi sardori
  3. Igor Chestin — Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasining Rossiya boʻlimi direktori
  4. Valentina VladimirovnaTereshkova — birinchi ayol kosmonavt
  5. Leonid Vasilevich Tyagachev — Rossiya Olimpiya qoʻmitasining sobiq rahbari
  6. German Oskarovich Gref — Rossiya Federatsiyasi Sber bank prezidenti va boshqaruvi raisi
  7. Andrey Leonidovich Kostin — rossiyalik bankir, VTB OAJ bankprezidenti va boshqaruvi raisi
  8. Leonid Borisovich Melamed — rossiyalik tadbirkor
  9. Aleksey Konstantinovich Yagudin — Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
  10. Evgeniy Viktorovich Plushenko — Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
  11. Anton Tarielevich Sixarulidze — Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi
  12. Tamara Nikolaevna Moskvina — figurali uchish boʻyicha murabbiy
  13. Alisa Brunovna Freindlich — SSSR xalq artisti
  14. Evgeniy Aleksandrovich Chichvarkin — rossiyalik tadbirkor, Euroset uyali aloqa tarmogʻining asoschisi va sobiq hammuassisi
  15. Aleksandr Vladimirovich Popov — suzish boʻyicha 4 karra Olimpiya chempioni
  16. Lev Nikolaevich Karlin — Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti rektori
  17. Robert Swan — mashhur sayohatchi
  18. Aleksandr Abramovich Druz — „Nima? Qayerda? Qachon?“ oʻyini magistri

2012-yil tahrir

2014-yil tahrir

2016-yil tahrir

2020 tahrir

Yana qarang tahrir

Manba tahrir

  Vsemirnaya estafeta olimpiyskogo ognya 2008 Google Maps  KMZ (fayl metok KMZ dlya Google Earth)