Buxoro tunshapalagi
(Бухарская ночница,Bokhara Whiskered Bat,Myotis bucharensis Kuyakin,1950) — Butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan(balki yoʻq boʻlib ketgan), lokal tarqalgan oʻtroq tur. TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan.
Buxoro tunshapalagi | ||||
---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||
|
Buxoro tunshapalgi
tahrirTarqalishi
tahrirOloy tizmasi(Shohimardon qishlogʻi atroflari),Nurota,Zarafshon tizmasi,Ugom,Piskom daryosi vodiylari,Toshkent shahar atroflari.O'zbekistondan tashqarida:
- Oʻrta Osiyo mamlakatlari
- Qozogʻiston
- Eron
- Afgʻoniston
- Pokiston
- Yevropa
- Shimoliy Afrika
- Turkiya
- Arabiston
Kabi davlatlarda boshqa kenja turlari mavjud.
Tashqi ko'rinishi
tahrirTanasining uz. 3,5— 8 sm, yungi qoʻngʻirjigarrangda. Qulogʻi uzun va uchli. Tunda faol.Markaziy Osiyo hududida taqaburun,mitti ko’rshapalak, shalpangquloq ko’rshapalak, quloqdor shomshapalak va
tunshapalak tarqalgan.
Yashash joylari
tahrirTeksiliklar, togʻ etaklari va 2500 metrgacha boʻlgan oʻrta qismlari, vohalarda yashaydi.
Soni
tahrirDoimo kam boʻlgan. Odatda, yakka holda eki kichik galallarda(3-15 ta) uchraydi, baʼzan 300 tagacha qushdan iborat koloniya hosil qiladi. Soʻnggi oʻnyilliklarda soni keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi
tahrirAprel-oktyabr oylarida kechalari faol, kunduzi tashlandiq binolarda, gʻorlarda, qoyalar kovaklarida, qiya kovlangan eski yer osti yoʻllarida berkinadi, oʻsha yerda qishlaydi. Bahorgi va kuzgi koʻchish doirasi — 10 km gacha. Sentyabr-oktyabrda, baʼzan aprel oyida uftlashadi. Urgʻochilar bahor va yozda koloniyalar hosil qiladi. Iyul oyida blalaydi(1-2).Bolalari iyul-avgust oyida uchirma boʻladi,2 qishlovdan soʻng jinsiy voyaga yetadi. Qoʻshqanotlilar, mayda tangaqanotlilar va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
tahrirYashirinadigan joylarida bezovta qilinishi, yashash joylariningdegradatsiyasi.
Buxoro tunshapalagi va shu turkumga mansub bo'lgan kichik taqaburun,oq qorinli o'q quloq va keng quloqli qat-qat lab O'zbekiston Respublikasi Qizil(Fauna) kitobiga kiritilgan.
Koʻpaytrish
tahrirKoʻpaytirlimagan
Muhofaza choralari
tahrirUgom-Chotqol milliy tabiat bogʻi,Nurota,Hisor qoʻriqxonalarida muhofaza ostiga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmedov. Buxoro tunshapalagi. Chinor ENK — 297-bet.
- ↑ „Oʻzbekistonning hayvonot dunyosi“. wikiwand.com. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.