Xettlar davlati

tahrir

Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Kichik Osiyoda,qabilalar ittifoqi asosida hududiy jihatdan uncha katta bo‘lmaganshahar - davlatlar vujudga keldi. Bu davlatlar safiga Kanes, Kussar (Kushshar), Burusxand (Burushxand), Nesa (Nesha), Xalpa (Zalpuva) va Xattusa (Xattushash) shaharlari kirardi. Bunday shahar -davlatlar shakllanishida Kichik Osiyoda miloddan avvalgi XX-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan savdo koloniyalari muhim rol o‘ynagan.Xalqaro savdo aloqalari shu kabi koloniyalar orqali amalga oshirilaredi.Savdoishlarida oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis kabi tabiiyboyliklar asosiy o‘rin tutgan. Xalqaro savdo aloqalari - KichikOsiyoning iqtisodiy rivojida muhim omil bo‘lgan. Shuningdek, buyerda sudxo‘rlikning turli shakllari mavjud bo‘lgan. Shahar-davlatlarshohlar tomonidan boshqarilishiga qaramay, ularning ichki ishlariozod aholining umumiy majlislarida hal qilingan. Ozod aholi o‘rtasidaboy savdogarlar, sudxo‘rlar katta mavqyega ega bo‘lgan. 137Kichik Osiyoda ilk bor alohida yirik davlat tuzishga intilish miloddan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmidan boshlanganiniko‘ramiz. Kussar shahri hokimi Pitxan (Putxan) qo‘qqisdan tunda Nesa shahriga hujum qilib uni bosib oladi. Pitxanning vorisi shoh Anitta poytaxtni Nesaga ko‘chirib, bu yerda istehkomlar,ibodatxonalar barpo etadi. Ko‘p o‘tmay, Xalpa shiddatli janglardanso‘ng, Xattusa shahrini bosib oladi. Bundan xabar topgan Burusxandshahri hokimi Anittaga o‘z xohishi bilan taslim bo‘ladi va taxtni topshiradi. Tez orada Kanes shahri ham Anitta ixtiyoriga o‘tadi.Shunday qilib, Anitta yirik davlat hokimi - shohi bo‘lib qoladi.Tadqiqotchilar bu davlatga Qadimgi Xett saltanati deb nom berganlar (miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar). Bu davlatda urug‘ - qabila tuzumi sarqitlari juda kuchli bo‘lgan. Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan eng muhim masalalarni hal etishda zodagonlar deb atalgan kengash “tuliya” ga yig‘ilgan. Zodagonlar ichida shoh oilasi a'zolari, o‘g‘illari, yaqin qarindoshlari alohida o‘rin tutgan. Qadimgi an'analarga ko‘ra shohlar shoh oilasi a'zolaridan, ko‘proq shoh nabiralaridan, xususan, singillarining o‘g‘illaridan saylanardi. Xett saltanatini birlashtirish siyosati Anittaning to‘rtinchi vorisi shoh Labarna (Tabarna) hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 1680-1650 yillar) tugallandi. qudratiga ishongan Labarna mavjud an'anani buzib, taxt vorisi etib o‘g ‘li Xattusili I (miloddan avvalgi 1650-1620 yillar) ni tayinlaydi. Xattusili I poytaxtni Xattusaga ko‘chiradi. U o‘zidan avvalgi shohlarga xos siyosat yuritib, Shimoliy Suriyaning yirik savdo markazi - Xalpa (Aleppo)ni bosib olishga urinadi.Shoh Mursili I davrida (miloddan avvalgi 1620-1590-yillarga yaqin) Xett saltanatida mamlakatni markazlashtirish jarayoni kuchayadi. Xattusa mamlakatning yagona poytaxti bo‘lib qoladi.Boshqa yirik shaharlar, hatto Kussar ham ikkinchi darajali shaharga aylanadi. Mursili I Xalpani egallashga muyassar bo‘lib, so‘ng u janubiy-Sharqqa - Bobil tomon yo‘l oladi va miloddan avvalgi 1595- yilda Old Osiyoning bosh markazi1 ni osonlik bilan bosib oladi. O‘zaro ichki kurashlar bir necha o‘n yillar davom etib, bu hol Xett davlatining siyosiy mavqyeiga putur yetkazadi. Siyosiy beqarorlikka shoh Telepin davrida (1520-1490-yillar) chek qo‘yildi. U qabul qilgan farmonga ko‘ra taxt vorisi etib, asosan, shoh farzandi - shahzoda tayinlanar edi. Xett davlatida shoh hokimiyati cheklangan. Telepinning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li hukmdorlik qilgan qisqa vaqt ichida Xett davlatida siyosiy beqarorlik boshlanib, taxtni bir necha shahzoda egallaydi. Natijada Xett davlati ancha zaiflashadi. Bu davr O‘rta Xett saltanati (taxminan miloddan avvalgi XV asr) nomini oladi. Miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Xett saltanatining tiklanish davri boshlanadi. Bu tiklanish Xett hukmdorlari ichida eng ko‘zga ko‘ringan, tajribali diplomat, qobiliyatli sarkarda shoh Suppiluliumma nomi bilan chambarchas bog‘liq. Old Osiyoda qudratli Misr saltanati, Bobil va Mitanni davlatlarining zaiflashuvi oqibatida vujudga kelgan qulay xalqaro vaziyatdan Suppiluliumma ustalik bilan foydalanib, Xett saltanatining qudratini yanada oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Xettlar harbiy qo‘shinida ot qo‘shilgan yengil va tezyurar aravalar joriy qilindi. Aravalarda uch jangchi: haydovchi, yoyandoz, qalqon ko‘targan askar joylashib, ular dushmanga qaqshatqich zarba berish imkoniga ega bo‘lgan. Suppiluliumma poytaxt Xattusu va boshqa shaharlar atrofini qal'alar bilan o‘rab mustahkamladi. Mursili II hukmdorligi davrida (miloddan avvalgi 1340-yilga yaqin) Xett davlati yanada kuchaydi. Ushbu hukmdor asosiy dushmani - Arsavi podsholigi bilan keskin kurash olib bordi. Ular o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Janubiy Frigiyadagi Valma shahrida yuz berdi. Jangda Arsavi qo‘shinlari mag‘lub bo‘lib, shoh Arsavi va uning vorisi qo‘shni Axxiyava davlatiga qochib ketishadi. Xett qo‘shini Apasu shahrini qo‘lga olib, Egey dengiziga qadar chiqadi. Arsavi davlati Xett shohiga tobe bo‘lib qoldi. Shunday qilib, Kichik Osiyoning yirik qismi xettlar qo‘l ostiga o‘tadi. Bu - Xett davlati harbiy qudratining eng yuksalgan davri sifatida tarixda qoldi. Misr va Xett saltanati o‘rtasida miloddan avvalgi 1296-yilda tuzilgan sulh Shartnomasiga binoan, Suriyaning katta qismi va

Buyuk Xett davlati

tahrir

Shimoliy Finikiya xettlar ixtiyoriga, Falastin va Janubiy Finikiya esa, Misr ixtiyoriga o‘tdi. Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatildi. Xett hukmdorining qizi Ramzes II nikohiga o‘tdi. Xattusili III bilan Ossuriya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. XIII asrning oxirlariga kelib ”dengiz xalqlari” (Egey dengizi orollari aholisi) nomini olgan qudratli koalitsiya vujudga keldi. Ular Old Osiyoga to‘fon kabi yopirildilar. Misr ular hujumini bir amallab qaytargan bo‘lsa, Xett davlati ular xurujiga dosh berolmadi. Poytaxt - Xattusa dushman hujumi natijasida taslim bo‘ldi. Miloddan avvalgi 1190-yilga yaqin Buyuk Xett davlati inqirozga yuz tutdi. Miloddan avvalgi XII-VIII asrlarda omon qolgan kichik-kichik xett davlatlari Ossuriya tomonidan bosib olindi. Natijada, vaqt o‘tishi bilan Xett tili va yozuvi yo‘qolib, ularning nomi butunlay unut bo‘ldi. Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlar. Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiy, xo‘jalik vaijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdagi asosiy manba - o‘sha davrda qabul qilingan qonunlar to‘plamidir. Undan ma'lum bo‘lishicha, iqtisodiyot asosini chorvachilik tashkil etgan. Xo‘jalik ishlarida ishchi qoramollar va yuk tashuvchi ho‘kizlarning ahamiyati katta edi. Otlardan, asosan, harbiy maqsadda foydalanilgan adabiyot

Dehqonchilik

tahrir

Xettlarda dehqonchilik ikkinchi o‘rinda turar va u ob-havoga bog‘liq edi. Sun'iy sug‘orishdan deyarli foydalanishmagan. Xett saltanatida yirik sun'iy sug‘orish inshootlari juda oz bo‘lgan. Dehqonchilikda, ko‘pincha, arpa yetishtirilgan bo‘lib, ba'zan arpa qiymat me'yori vazifasini o‘tagan. Arpadan tashqari bug‘doy navlari yetishtirilgan, shuningdek, bog‘dorchilik, uzumchilik ham bir qadar rivoj topgan. Kichik Osiyoda Shumer, Akkad va Misrdan farqli o‘laroq, xurmo daraxtidan faqat manzarali o‘simlik sifatida foydalanilgan, chunki tabiiy Sharoitda uning mevasi pishib ulgurmasdi. Shoh mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblanib, ularning ma'lum qismi hukmdorning xususiy mulki bo‘lgan. Bundan tashqari ibodatxonalar, jamoalarga tegishli hududlar bor edi. Jamoa yerlarining bir qismi amalda xususiy mulkka aylangan.

Hunarmandchilik

tahrir

Hunarmandchilik ancha rivojlanib, qonunlar va boshqa hujjatlarning guvohlik berishicha, Xett davlatida temirchi, duradgor, konchi, kulol va tikuvchilar bo‘lgan. Qurol-aslaha yasashda, asosan misdan, keyinchalik, bronzadan foydalanilgan. Temir, dastlab Kichik Osiyoda topilgan bo‘lishiga qaramay, bu davrda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan. Temirdan, ko‘pincha (xaykalcha) diniy urflar maqsadida hamda harbiy qurollar tayyorlanar edi. Hunarmandlar ichida ozod ishchilardan tashqari qullar ham anchagina bo‘lgan. Ko‘p hunarmandlar shaxsiy ehtiyojlari maqsadida yoki davlat xizmati uchun xo‘jalik ishlari bilan ham shug‘ullanganlar. Yangi Xett davlatida tashqi savdo rivoj topdi. Uning ustidan davlat nazorati o‘rnatildi. Oliy hokimiyat keng miqiyosda iqtisodiyotga aralashar edi. Bu yerda diniy-xo‘jalik mahkamalari katta rol o‘ynagan. Ular odatda “tosh uylar” deb atalib, ular vafot etgan shohlar tomonidan tashkil qilingan. Mahalliy “tosh uylar” markaziy “tosh uylar”ga bo‘ysungan. Ularning ixtiyorida ibodatxona xazinalari, oldi-sotdi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mirshablar bo‘lgan. Rasman bu “tosh uylar” biron-bir ibodatxonaga tegishli bo‘lsa-da, amalda podsho yoki uning rafiqasi qaramog‘ida edi. “Tosh uy”, nafaqat, ma'muriy-moliya ishlari, balki, qisman, harbiy ishlar bilan ham shug‘ullangan. Katta-kichik yer egalariga tegishli yerlar ayrim hollarda sotib olingan va sotilgan. Egasi jinoiy ish qilgan yerlar shoh foydasiga musodara qilingan. Muqaddas shaharlarning boshida shoh yoki malika turar, bu shaharlar yerlari podsho mulki hisoblangan. Yangi xett davlatida hukmdorlarni ilohiylashtirish yana kuchaydi. Hukmdor mulkiga qasd qilgan odam qattiq jazo olar, “tosh uy”ni buzgan kishi esa, o‘limga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilingan. Xett madaniyatiga qadimgi Misr va Mesopatamiya sivilizatsiyalari muayyan ta'sir ko‘rsatdi. Xettlar mamlakatida xudolar haqida minglab esdaliklar uchraydi. Masalan, momaqaldiroq xudosi Xattusa shahrining oliy himoyachisi hisoblanib, u bir qo‘lida chaqmoq, ikkinchi qo‘lida oy bolta tutgan holda tasvirlangan. Xattusada ayol xudo momaqaldiroq xudosining rafiqasi sifatida izzatlangan. Hosildorlik xudolariga e'tiqod keng quloch yoygan. Muqaddas jonivorlar - ho‘kiz, sher hamda qushlarga e'tiqod muhim o‘rin tutgan. Ba'zan shohlar quyosh xudosiga o‘xshatilgan.

Qadimgi Xett madaniyati

tahrir

Xett yozma manbalari orasida hukmdorlarning o‘ziga xos tarjimai hollari saqlanib qolgan. Ular saroy mirza (kotib)lari tomonidan bitilgan. Xett solnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo‘lib tasvirlashga harakat qilingan. Arxivlarda miloddan avvalgi XXIII asr oxirida Kutiy shohi Impakruning Aqqodga qilgan yurishi haqidagi tarixiy doston saqlangan. Xett saltanatida sakkiz mahalliy va chet tillarida so‘zlashilgan. Shuning uchun bu yerda uch tilli: shumer - bobil - xett lug‘atlari mavjud bo‘lgan. Shuningdek, ismlarga oid mashhur darslik yozib qoldirilgan. Bu darslik xett tilida yozilib, unda ko‘plab qadimgi hind tiliga oid atamalar uchraydi. Xett davlati avvalo harbiy davlat bo‘lgani uchun mudofaa, harbiy istehkomlar qurish ishlariga alohida e'tibor berilgan. Shaharlar ikki qatorlik devorlar bilan o‘ralgan. Shahar devorlari yirik tosh bloklardan tuzilgan. Xett haykalchalari, bo‘rtma naqshlari xurrit haykalchalarini eslatib turgan. Bo‘g‘oz-Qoya yaqinida arxeologlar tomonidan Xett davlati poytaxti - Xattusa shahri qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu shahar antiqa me'morchilik namunalari bilan ajralib turadi. Shohlar qo‘lida quyosh xudosi hassasini tutgan holda tasvirlangan. Yazili - Qoyadagi bo‘rtma rasmlarda momaqaldiroq xudosi Teshubning shohni o‘z o‘g‘li kabi quchog‘iga olib turgani tasvirlangan. Saroy taomillariga muvofiq Xett shohini “quyoshim” deb atash lozim bo‘lgan. Xuddi shu kabi unvonlar Suriya hukmdorlarining miloddan avvalgi XIV asrga oid diplomatik xatlarida uchraydi. Xett davlatida xudo darajasiga ko‘tarilgan shohga e'tiqod qilish ana shu tariqa tashkil topgan. So‘nggi vaqtlarga qadar saqlanib kelgan ba'zi bir ibtidoiy xususiyatlar xett dinida mavjud bo‘lgan. Matriarxatning qadimgi shakllaridan biri bo‘lgan xett dinida hosildorlik kuchlarini o‘zida aks ettirgan tabiat onasi - ulug‘ ma'buda e'tiqodi asosiy o‘rin tutadi. Xett san'atida bu ma'buda, odatda, uzun kiyim va silindr shaklidagi bosh kiyimidan parda tushib turgan holda tasvirlangan. Shu bilan birga Xett o‘lkalarida tog‘lar, tabiat kuchlari momaqaldiroq, yashin, shu bilan bir vaqtda yog‘in tufayli yuzaga keladigan hosildorlik xudosi Teshubga sig‘inilgan. Shu bilan birga, biz xett dinida yana bir xudo, ya'ni o‘lib, qayta tiriluvchi tabiat xudosi Telepin obrazini uchratamiz. Ushbu xudo, odatda, kalta kiyimda,yoniga xanjar taqqan va ikki tomonli bolta tutgan, soqol-mo‘ylovi chiqmagan yosh yigit qiyofasida tasvirlangan.

Din va adabiyot

tahrir

Xett xudolari ko‘proq yovvoyi hayvonlar ustida yoki tog‘ cho‘qqilarida tasvirlangan. Bu hol tog‘lik xalq va ovchilarga oid dinning o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Xettlar uzoq vaqt oliy davlat xudolari hamda turli mahalliy xudolarga e'tiqod qilib keldilar, bu esa qadimgi urug‘chilik tuzumining qoldig‘idir. Masalan, Xett davlati bitimlarida oliy xudolar bilan birga “Xett mamlakatining 1000 ta xudosi” tilga olinadi. Jodugarlik Xett dinidagi ibtidoiy zamondan qolgan sarqitlardan biri bo‘lib, uzoq vaqtga qadar o‘z ahamiyatini saqlab kelgan. Haqiqatda, jodugarlik xett adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Xett davlati qonunlarida yomon niyatli jodugarlik bilan shug‘ullanish jinoyat hisoblanib, bunday jodugarlar qattiq jazolangan. Jodudan kasalliklarni haydash, odam a'zolarining ishdan chiqqan a'zolarini qayta tiklash uchun foydalanilgan. Bo‘g‘oz qoya arxivlarida Gisgimmas haqidagi rivoyatlar saqlanib qolgan. Bu rivoyatlar matnini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Gisgimmas afsonalari Shumer va Aqqoddagi Gilgamesh haqidagi afsonaning aynan o‘zi. Garchi qahramonning ismi xett tiliga moslashtirilganiga qaramay, Gilgamesh va Gisgimmas yagona obraz bo‘lib qolavergan. Xett davlati tarixi va madaniyati Kichik Osiyoda yashagan xettlar Old Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, xett madaniyatining o‘ziga xosligi, harbiy monarxiya ehtiyojlarigamuvofiqligi bilan ajralib turgan.

Adabiyotlar Ro'yxati

tahrir

Jahon tarixi. Abdullayev.U.A T. 2017. Y