CNCO — musiqiy guruh, ( oʻqilishi si-en-si-ou) ispancha "cinco" (oʻzbekcha — besh) yaʼni guruh beshta aʼzodan iborat boʻlganligi tufayli uning nomi besh soʻziga ishorat oʻlaroq tanlangan. Musiqiy lugʻatda besh aʼzodan iborat guruhni kvintet deb ham atash mumkin. Aslida esa boy-bend (inglizcha atama „boy — oʻgʻil bola“ va „band — yigʻin“) deb yuritiluvchi CNCO guruhiga Lotin Amerikasi Mayami shahrida asos solingan. Kvintet Joel Pimentel (sobiq), Richard Kamacho, Erik Brayan Kolon, Kristofer Velez va Zabdiel De Xesus kabi yosh debyutchi vokalistlardan tashkil topgan. CNCO guruhi faoliyat boshlagandan soʻng ilk marta La Banda musiqiy tanlovining birinchi mavsumida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Aynan ushbu gʻalaba ularni Sony Music Latin ovoz yozish kompaniyasi bilan besh yillik shartnomani qoʻlga kiritishlariga imkoniyat yaratdi. Ketma-ket erishilgan gʻalabalar CNCO guruhi aʼzolarini Lotin Amerikasidagi mashxur ijodkorlar orasidagi shov-shuviga sabab boʻldi. Koʻplab mashxurlar ushbu yosh va iqtidorli yigitlardan iborat musiqiy guruh bilan birgalikda ijod qilishga qiziqish bildirishdi. Jumladan, Riki Martin CNCO guruhi bilan bir necha shaharlarda gastrol safarida boʻldi. CNCO kvinteti yaratgan „Tan Fácil“ va „Quisiera“ deb nomlanuvchi birinchi debyut qoʻshiqlari qisqa muddat ichida yaxshi natijalarga erishib, musiqiy chartlarda yuqori poʻgonalarni egalladi.[1][2] CNCO guruhi ijodkorlari 2016-yil 26-avgustda oʻzlarining birinchi " Primera Cita " albomini chiqardilar, birinchi musiqiy toʻplamda " Reggaeton Lento (Bailemos) " nomli asosiy xit qoʻshiq joy oldi.[3][4][5][6]

CNCO guruhining Fillmor Mayami-Bichdagi debyut konserti, 2016-yil 30-yanvar. Chapdan o'ngga : Joel, Erik, Richard, Kristofer, Zabdiel
CNCO guruhining Fillmor Mayami-Bichdagi debyut konserti, 2016-yil 30-yanvar. Chapdan o'ngga : Joel, Erik, Richard, Kristofer, Zabdiel
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Lotin Amerika
Faoliyat yillari 2015-yildan hozirgi kungacha
Janr pop-latino, reggeton, ballada, pop-musiqa
Leybl Sony Music Latin
Tarkib Kristofer Veles, Richard Kamacho, Zabdiel de Xesus, Erik Brayan Kolon
Vebsayt Rasmiy sayt


Guruh 2018-yil 6-aprelda „Mamita“ va „Se Vuelve Loca“ qoʻshiqlarini oʻz ichiga oluvchi „CNCO“ deb nomlangan ikkinchi mualliflik albomini chiqardi. [7] Biroz tanaffusdan soʻng ijodga qaytgan guruh aʼzolari bittaga kamaydi. CNCO kvintetini Joel Pimentel nomaʼlum sabablarga koʻra tark etdi. Guruhda qolgan aʼzolar Manuel Turizo bilan birgalikda ijod qilib 2019-yil 11-oktabrda „Que Quiénes Somos“ nomli mini-albomni yaratishdi.

Guruh aʼzolari

tahrir

Kristofer Veles

tahrir

Kristofer Brayant Velez Munyos, 1995-yil 23-noyabrda Nyu-Jersida tug‘ilgan . Kristofer uch yoshida oilasi bilan vatani Ekvadorga koʻchib kelgan. 18 yoshga toʻlganida, Velez oilasiga iqtisodiy yordam berish umidida AQShga qaytib keldi; U bir nechta ish bilan shugʻullangan, xattoki yashashga pul topish uchun poyabzal tozalash xizmatida ham ishlagan. Kristofer dastlab musiqa oʻrganish uchun maktabga bormoqchi edi, lekin La Banda eng yaxshi imkoniyat ekanligini koʻrdi. Shuningdek,Kristofer CNCO ning eng yoshi katta aʼzosi. [8]

Richard Kamacho

tahrir

Richard Yashel Kamacho Puello 1997-yil 22-yanvarda Nyu-Yorkda tugʻilgan va Dominikan Respublikasida voyaga yetgan. Richardning otasi musiqachi va operator, onasi esa raqqosa. Bolalikdan musiqa sevarlar oilasida ulgʻaygani sababli Xoreografiya ham Richardning sevimli mashgʻulotlaridan biri. Richard atigi uch yoshidan beri kuylaydi va raqsga tushadi va u tinglagan birinchi qoʻshigʻi Kris Braunning „Siz bilan birga“ qoʻshigʻi edi. Richardning yana uchta ukasi bor: Yashua Kamacho, u ham qoʻshiq aytish bilan shugʻullanadi va yakkaxon sanʼatkor, Dairan Kamacho va Yarliza Kamacho. Richard Instagram modeli Yoselin Aleksandra bilan ishqiy munosabatda boʻlgan va sevgilisi 2016-yil 1-avgustda Aliya Sofiya Kamacho ismli qizini dunyoga keltirgan. [8]

Zabdiel De Xesus

tahrir

Zabdiel de Jesus 1997-yil 13-dekabrda Puerto-Rikoning Bayamon shahrida tugʻilgan. U oʻn ikki yoshida qoʻshiq aytishga, cherkov guruhi bilan hip-hop va salsa kuylashga, Puerto-Rikodagi Ballet Concierto deb ataladigan nufuzli akademiyada balet raqsiga tushishga qiziqib qolgan. Zabdielning otasi musiqachi boʻlganligi tufayli, otasidan musiqaga boʻlgan muhabbatni oʻzlashtirdi. De Jezus juda yoshligidan musiqa asboblariga mehr qoʻygan va bu borada qobiliyatli edi. U oʻz mahoratini bitboksingda koʻrsatdi. Qizig‘i, Zabdielning tug‘ilgan kuni guruhning tug‘ilgan kuni bilan bir kunga to‘g‘ri keladi. [9]

Joel Pimentel

tahrir

Joel Pimentel De Leon 1999-yil 28-fevralda Kaliforniyaning Viktorvil shahrida tug‘ilgan, ammo Gesperiyada o‘sgan. Joel asli meksikalik boʻlib, uni sanʼat sohasida faoliyat yuritishga marhum bobosi ilhomlantirgan. U Gesperiya oʻrta maktabining drama klubi aʼzosiga aylanib, aktyorlik mahoratini oshirdi. Boʻsh vaqtida Joel futbol oʻynashni, qoʻshiq yozishni va sahnaviy chiqish qilishni yaxshi koʻradi. Uning kelib chiqishi lotin-ispan millatiga mansub boʻlsa-da, ispan tili uning ona tili emas edi va u ispanchada yaxshi gapira olmas edi. Joelning aytishicha, uni La Banda tanlovidan aynan ispan tilida juda yaxshi gapira olmagani yoki qoʻshiq aytmagani uchun uni chetlatib yuborishlari mumkinligiga ishongan. Biroq, uning isteʼdodi CNCO aʼzosi boʻlishiga yordam berdi. [8]

2021-yil 9-may kuni Joel guruhdan ketishini eʼlon qildi. 14-may kuni CNCO guruhining 5 nafar aʼzosi soʻnggi bor onlayn konsertda birgalikda chiqish qilishdi.

Erik Brayan Kolon

tahrir

Erik Brayan Kolon Arista 2001-yil 3-yanvarda Kubaning Gavana shahrida tugʻilgan. U 2012-yil, 11 yoshida oilasi bilan Florida shtatining Tampa shahriga koʻchib oʻtgan. Bolalikda Erik futbol bilan shugʻullangan, raqsga tushish, xoreografiyaga qiziqqan. va maktabdagi musiqiy tadbirlarda qatnashgan. Erikning Yanelis ismli singlisi bor. Erik CNCO guruhining eng yosh aʼzosi va atigi 14 yoshida La Banda tanlovida qatnashgan edi. [9]

Havolalar

tahrir
  1. „CNCO – Billboard chart history“. Billboard. 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  2. Flores, Griselda „CNCO Tops New Latin Boy Band Reader Poll“. Billboard (2016-yil 9-avgust). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  3. Irizarry, Doris „CNCO's first album 'Primera Cita' on pre-sale now“. AXS (2016-yil 10-avgust). 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  4. Civita, Alicia „CNCO reivindica su autenticidad con su primer disco, "Primera cita"“ (ur). Fox News Latino (2016-yil 25-avgust). 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
  5. Cabo, Leila „Little Mix Team Up With CNCO for 'Reggaeton Lento' Remix“. Billboard (2017-yil 16-avgust). 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  6. Raygoza, Isabela „Best: Introducing CNCO, the K-pop idols of Latin music“. Rolling Stone (2017-yil 17-noyabr). 2018-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  7. „CNCO lanza álbum con música "más fresca y madura"“ (es). Ecuavisa (2018-yil 6-aprel). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  8. 8,0 8,1 8,2 Irizarry, Doris „First 'La Banda' winners form CNCO: the newest Latin boy band“. AXS (2015-yil 16-dekabr). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  9. 9,0 9,1 „CNCO Music“. CNCOMusic.com. 2018-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.