Cameron Terry Coxe (1998-yil, 18-dekabrda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi, „Boreham Wood“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi, „Colchester United“ klubidan ijaraga olingan.

Cameron Coxe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cameron Terry Coxe[1]
Tavallud sanasi 18-dekabr 1998-yil (1998-12-18) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Merthyr Tydfil,  Uels
Boʻyi 6 feet 1 dyum (1.85 m)[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Boreham Wood klubida ijara
Colchester United klubidan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005-2017 Cardiff City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2020 Cardiff City 0 (0)
2020-2022 Solihull Moors 23 (0)
2021-2022Colchester United (ijara) 15 (0)
2022- Colchester United 23 (0)
2022-Boreham Wood (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014-2015 Wales U17 6 (0)
2015-2016 Wales U19 6 (0)
2017 Wales U20 2 (0)
2017-2022 Wales U21 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-oktyabr uchun)

Yoshligi tahrir

Coxe Merthyr Tydfil shahrida tugʻilgan va Afon Taf oʻrta maktabida oʻqigan[4].

Klubdagi faoliyati tahrir

  Cardiff City tahrir

Coxe oʻz faoliyatini Cardiff City klubida boshlagan, 2017-yilning fevralida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolashdan oldin etti yoshida klubning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[5][6]. U professional debyutini 2017-yilning 22-avgustida EFL kubogining ikkinchi bosqichida "Burton Albion" klubiga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazdi[7]. Ammo, Coxe kegingi ikki yil davomida asosiy jamoada maydonga tushmadi. U 2020-yil yanvar oyida yangi bosh murabbiy Neil Harris qoʻl ostida Angliya kubogining ikkita oʻyinida maydonga tushdi, ammo keyinchalik 2019-20-yilgi mavsum oxirida qoʻyib yuborildi[8].

  Solihull Moors tahrir

2020-yil avgust oyida Coxe Milliy Liga jamoasi Solihull Moors bilan shartnoma imzoladi[9].

  Colchester United (ijara) tahrir

2021-yilning 2-iyulida Coxe Ikkinchi liganing „Colchester United“ jamoasiga 2022-yilning yanvarigacha ijara asosida qo‘shildi[10]. U 2021-yil, 7-avgustda „Colchester“ning „Carlisle United“ klubiga qarshi o‘yinida[11] debyut qildi.

  Colchester United tahrir

2022-yil, 7-yanvarda Coxe Colchester United bilan doimiy shartnoma imzoladi[12][13].

  Boreham Wood (ijara) tahrir

2022-yil, 13-oktyabrda Coxe Milliy ligaga qaytdi va u qisqa muddatli ijara shartnomasi asosida Boreham Wood klubiga qoʻshildi[14].

Xalqaro faoliyati tahrir

Coxe 19 yoshgacha boʻlgan Uels yoshlar terma jamoasi safida oʻynagan[15]. 2017-yil may oyida Coxe 2017-yilgi Tulon turniri uchun Uels U-20 terma jamoasiga kiritilgan. Kot -d’Ivuarga qarshi turnirning ochilish oʻyinida jamoa safida debyut qilganidan soʻng[16], Coxe Uelsning Fransiyaga qarshi ikkinchi guruh oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo Bahraynga qarshi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Uels terma jamoasi musobaqadan chiqib ketganligi sababli maydonga tushmadi[17][18].

Coxe 2017-yilning 1-sentyabrida Shveysariya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida debyut qilgandi[19]. U 2018-yilning may oyida Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Uels terma jamoasining dastlabki kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo yakuniy roʻyhatga kira olmagan edi[20].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil, 4-oktabr holatiga ko'ra
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
  Cardiff City 2017-18[21] Championship 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2018-19 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2019-20[22] Championship 0 0 2 0 1 0 0 0 3 0
Jami 0 0 2 0 2 0 0 0 4 0
  Solihull Moors 2020-21[23] Milliy liga 23 0 2 0 0 0 1 0 26 0
  Colchester United (ijara) 2021-22[24] Ikkinchi liga 15 0 2 0 1 0 4 0 22 0
  Colchester United 2021-22[24] Ikkinchi liga 16 0 0 0 0 0 0 0 16 0
2022-23[25] Ikkinchi liga 7 0 0 0 1 0 2 0 10 0
Jami 23 0 0 0 1 0 2 0 26 0
Karyera jami 61 0 6 0 4 0 7 0 78 0

Manbalar tahrir

  1. „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (2017-yil 13-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  2. „Cameron Coxe“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2018-yil 10-yanvar.
  3. „Colchester United“. FootballSquads. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  4. Terry Phillips. „Cardiff City's 20 best players under 20: The hottest young talent the Bluebirds fans should keep an eye out for“. WalesOnline (2015-yil 20-may). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  5. „Cameron Coxe“. Cardiff City F.C.. 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
  6. Dominic Booth. „Who is Cameron Coxe? The lowdown on Cardiff City's latest prospect and Neil Warnock's verdict on his Burton Albion debut“. WalesOnline (2017-yil 23-avgust). Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  7. „Cardiff City 1–2 Burton Albion“. BBC Sport (2017-yil 22-avgust). Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  8. Williams, Glen. „Cardiff City wield the axe as Cameron Coxe one of eight youngsters told they have no future at the club“. WalesOnline. Media Wales (2020-yil 22-aprel). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  9. Moakes, Liam. „Moors net exciting Welsh ace Coxe“. Solihull Observer (2020-yil 3-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  10. „Coxe Signs U's Loan“. www.cu-fc.com (2021-yil 2-iyul).
  11. „Carlisle United 0–0 Colchester United“. BBC Sport (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  12. „Colchester United have signed Cameron Coxe on a permanent basis“. Essex County Standard (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  13. „Colchester seal permanent Coxe signing“.
  14. „WELCOME, CAMERON COXE!“. www.borehamwoodfootballclub.co.uk (2022-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
  15. Ian Mitchelmore. „Son of former Bluebirds legend among academy trio to be offered professional contracts with Cardiff City“. WalesOnline (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  16. „Wales U20 2–2 Cote D'Ivoire“. Foot Espoirs. 2017-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  17. „Toulon Tournament: France U20 0–0 Wales U20“. BBC Sport (2017-yil 30-may). Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  18. „Toulon Tournament: Wales U20 1–0 Bahrain U20“. BBC Sport (2017-yil 23-avgust).
  19. „Switzerland U21 0–3 Wales U21“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
  20. „Hal Robson-Kanu not included in Wales squad for Mexico friendly“. BBC Sport (2018-yil 20-may). Qaraldi: 2018-yil 21-may.
  21. „Games played by Cameron Coxe in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm.
  22. „Games played by Cameron Coxe in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
  23. „Games played by Cameron Coxe in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
  24. 24,0 24,1 „Games played by Cameron Coxe in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
  25. „Games played by Cameron Coxe in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.