Carrie Jones (2003-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — Uelslik futbolchi, „Manchester United“ va Uels terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1]. U 2019-yilda 15 yoshida Uels terma jamoasi safida debyut qilgan.

Carrie Jones
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-sentyabr 2003-yil (2003-09-04) (20 yosh)
Tavallud joyi Newtown, Wales
Ampluasi Midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Newtown White Stars
Berriew Juniors
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019-2020 Cardiff City Ladies 9 (3)
2020- Manchester United 5 (0)
Milliy terma jamoa
Wales U15
2018-19 Wales U17 6 (0)
2019- Wales 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-yanvar uchun)

Yoshlik yillari tahrir

Jones 2003-yil 4-sentyabrda[2] Uelsda Andrew va Joyce Jones oilasida tugʻilgan. U Newtown shahrida (Pauys) oʻsgan va katta opasi Maia va ukasi Ioan bor.[3] U Newtown oʻrta maktabida oʻqigan[4].

Jones bolaligida amakivachchalari bilan Pauisdagi buvisining fermasida futbol oʻynay boshlagan va yoshlik faoliyatining asosiy qismini mahalliy oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynagan. U yetti yoshida oʻzining birinchi yoshlik jamoasi — Newtown Oq yulduzlariga qoʻshildi. Qizlar 12 yoshga toʻlgunga qadar oʻgʻil bolalar jamoasida oʻynashni taqiqlovchi qoida joriy qilinganidan keyin u klubni tark etishga majbur boʻlgan. Oxir-oqibat bu qoida bekor qilindi va Jones oʻgʻil bolalar safida oʻynashni davom ettirdi. Keyinchalik u Berryu Junior Boys jamoasida oʻynagan[3].

Klubdagi faoliyati tahrir

Cardiff City Ladies tahrir

Jones 2019-20-yilgi mavsumda Angliya ayollar milliy ligasining janubiy jamoasi Cardiff City Ladies jamoasiga qoʻshilgan[5]. U jamoa safida 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan[6].

Manchester United tahrir

2020-yil iyun oyida Jones Manchester Unitedga koʻchib oʻtishi va klubning U21 FA WSL Akademiyasi jamoasiga qoʻshilishi eʼlon qilindi[7][8]. dastlabki ikki oʻyinda u zahiraga kiritilgan lekin maydonga tushmagan, u birinchi jamoadagi debyutini 2021-yil 7- martda 88-daqiqada Jessika Sigsvort oʻrniga FA WSL 3:0 hisobida Aston Villaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda maydonga tushgan[9].

2021-yilning 19-noyabrida Jones „Manchester united“ bilan professional shartnomasini yana bir yilga yaʼni 2023-yilgacha imzolagani eʼlon qilindi[10].

Xalqaro faoliyati tahrir

Ilgari Uels terma jamoasini 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida sardorlik qilgan[4][5].. 2019-yil 29-avgustda Emma Jons oʻrniga 83-daqiqada zahiradan maydonga tushib Uels terma jamoasida debyut qilgan. 15 yoshu 359 kunligida UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2021 saralashida Farer orollariga qarshi gʻalaba qozongan[1][11]. Jones oʻtgan yili tajriba oshirish mashqlari sifatida kattalar tarkibiga chaqirilgan edi, ammo yosh cheklovi tufayli tarkibga qoʻshila olmagan[5]. U 2021-yil 15-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) 77 daqiqa oʻynab, ikkinchi oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Cardiff City Ladies 2019-20[6] WNL Janubiy 9 3 1 0 0 0 10 3
Manchester United 2020-21 WSL 2 0 2 0 0 0 4 0
2021-22 3 0 1 0 2 0 6 0
Jami 5 0 3 0 2 0 10 0
Karyera jami 14 3 4 0 2 0 20 3

Xalqaro tahrir

Uels
Yil Oʻyin Gol
2019 1 0
2020 0 0
2021 6 0
2022 5 0
Jami 12 0

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Women's Euro 2021 qualifier: Wales ease to victory over Faroe Islands“. BBC News (29-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  2. „Carrie Jones“. UEFA. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 Sands, Katie. „Carrie Jones: The 15-year-old schoolgirl whose life has taken an extraordinary turn“. WalesOnline. Media Wales (24-avgust 2019-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2019-yil.
  4. 4,0 4,1 Grosvenor, Gavin. „Powys quintet represent Wales in UEFA Under 16s tournaments“. County Times. Qaraldi: 1-sentabr 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 Pearlman, Michael. „Carrie Jones: Too young to play for her club but not her country“. BBC Sport (23-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  6. 6,0 6,1 „Carrie Jones – Player Stats 2019–20“. thefa.com. Qaraldi: 21-iyun 2020-yil.
  7. „Manchester United: Wales teenager Carrie Jones joins club's academy“ (en-gb). BBC Sport (21-iyun 2020-yil).
  8. „Dream come true as Jones heads to Manchester United“ (en). County Times.
  9. „United Women 3 Aston Villa Women 0“. www.manutd.com.
  10. „Archived copy“. 19-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  11. Wrack, Suzanne. „Carrie Jones: too young to play for Cardiff but set to play for Wales Women“. The Guardian (29-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.