Celso Borges
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Celso Borges Mora[1] | ||
Tavallud sanasi | 27-may 1988-yil | ||
Tavallud joyi | San José, Kosta-Rika | ||
Boʻyi | 1.87 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Alajuelense | ||
Raqami | 32 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Saprissa | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2009 | Saprissa | 86 | (7) |
2009—2012 | Fredrikstad FK | 76 | (29) |
2012—2015 | AIK | 79 | (22) |
2015 | → Deportivo La Coruña (Ijara) | 17 | (3) |
2015—2018 | Deportivo La Coruña | 107 | (15) |
2018—2020 | Göztepe | 53 | (2) |
2020—2021 | Deportivo La Coruña | 20 | (2) |
2021- | Alajuelense | 10 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2005 | Kosta-Rika U17 | 4 | (1) |
2007 | Kosta-Rika U20 | 3 | (0) |
2008- | Kosta-Rika | 153 | (27) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 14-iyun uchun) |
Celso Borges Mora (talaffuzi: Selso Borxes) (1988-yil 27-mayda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, Liga FPD klubi "Alajuelense" va Kosta-Rika terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi
Dastlabki yillar
tahrirUning otasi Aleksandr Gimaras[3] asli braziliyalik, Kosta- Rikada taʼlim olgan sobiq futbolchi va murabbiy. U Kosta-Rikaning poytaxti San-Jose shahrida tugʻilgan va oʻrta maktab yillarida Sistema Educativo Saint Clare oʻrta maktabida oʻqigan, u yerda maktab jamoasida ishtirok etgan va Kosta-Rika futboli afsonasi don Juan Varela tomonidan futbol haqida hamma narsani oʻrgatilgan. Uning oʻqishi koʻpincha uning futbol mashgʻulotlari va mamlakat tashqarisida oʻynashi tufayli toʻxtatilgan.
Jamoalardagi faoliyati
tahrirSaprissa
tahrir18 yoshida Borges 2006-yilning 15-yanvarida Saprissa safida professional debyut qilgan[4]. U Saprissa bilan beshta martta milliy chempionatda gʻolib chiqqan.
Fredrikstad FK
tahrir2009-yilning 18-yanvarida Fredrikstad FK sport direktori Tor-Kristian Karlsen Borges ular bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlagan va 1-iyulda Borgesning Saprissa bilan shartnomasi tugagach, kelib qoʻshilgan. Keyinchalik Fredrikstad " Deportivo Saprissa "ga 1 million kron (125 000 evro) toʻlashga rozi boʻlgan, shunda Borges zudlik bilan jamoaga qoʻshilib, Fredrikstadda mavsum boshlanganida, 14-aprelda sobiq liga chempioni Stabekka qarshi oʻynay olgan[5]. 2011-yilning mart oyida Borges 2011-yilgi mavsum davomida yoki undan keyin Fredrikstadni tark etishini aytgan[6].
AIK
tahrir2012-yil 1-yanvarda Borges erkin agent sifatida Fredrikstad FKni tark etishi va Shvetsiyaning AIK Stokgolm futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashi tasdiqlagan[7].
U oxirgi marta Martin Kayongo-Mutumba kiygan boʻsh 10-raqamli libosni olgan.
2012-yil 1-aprelda Borges AIK uchun birinchi oʻyinini Mjällby AIFga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klub uchun oʻzining birinchi golini keyingi oʻyinda kiritgan. Kalmar FFga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan golni urgan. Mavsumning birinchi yarmida u murabbiy Andreas Alm tomonidan hujumchi sifatida foydalanilgan. Ammo yozgi taʼtildan soʻng u hujumni tashlab, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay boshlagan va keyinchalik markaziy yarim himoyada jamoaning birinchi raqamli oʻyinchisi boʻlgan. U mavsumni jamoaning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan.
Deportivo La Coruña
tahrir2015-yilning 14-yanvarida Borges " Deportivo La Coruña "ga qoʻshilgan va ular bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan, u ikki yilga uzaytirish huquqiga ega boʻlgan[8]. U „Deportivo“ safidagi ilk rasmiy oʻyinida ikkita gol urgan. 30-yanvar kuni " Rayo Vallecano "ga qarshi safarda 1:2 hisobida gʻalaba qozonib, La Ligadagi debyutini ham nishonlgan[9].
Xalqaro faoliyati
tahrirBorges ayni damda Kosta-Rika milliy futbol jamoasi safida 153 ta oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan holda rekordchi hisoblanadi[10]. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi 50 dan ortiq oʻyinda va 2014 va 2018 FIFA Jahon chempionati finallarida himoya qilgan. U 2011 va 2013-yilgi Copa Centroamericana[11] hamda 2009, 2011, 2013[12] 2015, 2019 va 2021 KONKAKAF Oltin Kubogi va Copa Amerika musobaqalarida oʻynagan.
U Kosta-Rika terma jamoasi uchun debyutini 2008-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Grenadaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[10] va oʻsha yilning sentyabr oyida Surinam darvozasiga birinchi xalqaro golini urgan.
Jamoaning 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi omadsiz ishtirokida koʻzga koʻringanidan soʻng, Borges jamoaga 2011-yilgi Amerika Kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan, shuningdek, oʻsha yilning oxirida KONKAKAF Oltin kubogining chorak finalida ham qaatnashgan[10].
2014-yil iyun oyida Borges Kosta-Rika terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga chaqiruviga kiritilgan[13]. 1/8 finalda Borges Gretsiya ustidan penaltilar seriyasida gol urgan beshta Kosta-Rika oʻyinchisidan birinchisi boʻlgan[14].
2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[15].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Saprissa | 2005—2006 | Kota-Rika premier Divizioni | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |||
2006—2007 | 35 | 2 | — | 35 | 2 | |||||
2007—2008 | 25 | 0 | — | 6 | 1 | 31 | 1 | |||
2008—2009 | 24 | 5 | — | 5 | 1 | 29 | 6 | |||
Jami | 86 | 7 | — | 11 | 2 | 97 | 9 | |||
Fredrikstad FK | 2009 | Tippeligaen | 22 | 7 | 2 | 1 | 1 | 1 | 25 | 9 |
2010 | Adeccoligaen | 29 | 14 | 2 | 1 | — | 31 | 15 | ||
2011 | Tippeligaen | 25 | 8 | 5 | 7 | — | 30 | 15 | ||
Jami | 76 | 29 | 9 | 9 | 1 | 1 | 86 | 39 | ||
AIK | 2012 | Allsvenskan | 29 | 8 | — | 12 | 1 | 41 | 9 | |
2013 | 24 | 8 | 3 | 0 | — | 27 | 8 | |||
2014 | 26 | 6 | — | 3 | 0 | 29 | 6 | |||
Jami | 79 | 22 | 3 | 0 | 15 | 1 | 97 | 23 | ||
Deportivo La Coruña | 2014—2015 | La Liga | 17 | 3 | — | 17 | 3 | |||
2015—2016 | 24 | 3 | — | — | 24 | 3 | ||||
2016—2017 | 34 | 6 | 4 | 0 | — | 38 | 6 | |||
2017—2018 | 32 | 3 | — | — | 32 | 3 | ||||
Jami | 107 | 15 | 4 | 0 | — | 111 | 15 | |||
Göztepe | 2018—2019 | Süper Lig | 32 | 1 | 3 | 1 | — | 35 | 2 | |
2019—2020 | 21 | 1 | 6 | 0 | — | 27 | 1 | |||
Jami | 53 | 2 | 9 | 1 | — | 62 | 3 | |||
Deportivo La Coruña | 2020—2021 | Segunda División B | 20 | 2 | 2 | 0 | — | 22 | 2 | |
Deportivo jami | 127 | 17 | 6 | 0 | — | 133 | 17 | |||
Karyerada jami | 421 | 77 | 27 | 10 | 27 | 4 | 475 | 91 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gollar |
---|---|---|---|
Kosta-Rika | 2008 | 7 | 2 |
2009 | 15 | 5 | |
2010 | 3 | 0 | |
2011 | 10 | 1 | |
2012 | 5 | 1 | |
2013 | 20 | 5 | |
2014 | 13 | 5 | |
2015 | 14 | 0 | |
2016 | 11 | 2 | |
2017 | 10 | 0 | |
2018 | 10 | 0 | |
2019 | 12 | 2 | |
2020 | 1 | 0 | |
2021 | 15 | 3 | |
2022 | 7 | 1 | |
Jami | 153 | 27 |
Yutuqlari
tahrirDeportivo Saprissa
- Primera División de Kosta Rica : Apertura 2005, Clausura 2006, Apertura 2006, Clausura 2007, Apertura 2007, Clausura 2008, Apertura 2008
Kosta-Rika
- Markaziy Amerika kubogi : 2013-yil
Shaxsiy yutuqlar
- KONKAKAF Oltin kubogi barcha turnirlar jamoasi: 2009-yil
- KONKAKAF Oltin kubogi eng yaxshi 11lik: 2021[16]
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Costa Rica“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ „Celso Borges, new Tico idol“. FIFA.com (10-fevral 2009-yil). 4-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Celso Borges“. Saprissa. 22-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Fredrikstad sign "young ballack"“ (no). VG.no (18-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Borges to leave FFK“ (no). TV2.no (14-mart 2011-yil). Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Bekräftat: AIK värvar landslagsstjärna“ (sv). aftonbladet.se (1-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Celso Borges nuevo jugador del Deportivo“ (es). Deportivo's official website (14-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Celso Borges da pura vida al Dépor en Vallecas (1-2)“ (es). Deportivo's official website (30-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2015-yil.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Celso BORGES“. FIFA. 16-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
- ↑ Copa Centroamericana 2013 (UNCAF Nations Cup) — RSSSF
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 2013 — Full Details — RSSSF
- ↑ „Costa Rica World Cup 2014 squad“. The Telegraph (2-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
- ↑ „Costa Rica 1-1 Greece“. BBC (29-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
- ↑ „Costa Rica national team World Cup squad: Oscar Ramirez names 23-man roster featuring Keylor Navas, six MLS players | Goal.com“.
- ↑ „Turner, Funes Mori named to Best XI“. CONCACAF (3-avgust 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.