Central Asians under Russian Rule
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
„Central Asians under Russian Rule: A Study in Culture Change“ („Markaziy osiyoliklar Rossiya hukmronligi ostida: Madaniy oʻzgarishlar boʻyicha tadqiqot“) — amerikalik antropolog Elizabeth Bacon qalamiga mansub kitob. Kitobda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va ularning madaniyatida Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi hukmronligi davrida sodir boʻlgan oʻzgarishlar haqida hikoya qilinadi.
Muallif(lar) | Elizabeth Bacon |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i |
tarix antropologiya |
Nashriyot | Cornell universiteti nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1966 (qattiq jild) 1968 (qattiq jild) 1980 (yumshoq jild) 1982 (yumshoq jild) |
Sahifalar soni |
273 (1980) 314 (1982) |
ISBN |
ISBN 0-8014-9211-4 (1980) ISBN 978-0801-4921-12 (1982) |
Kitob ilk marotaba 1966-yil Cornell universiteti nashriyotida chop etilgan. 1968-yil ayni nashriyotda qayta nashr qilingan. 1980-yil Michael Fischer koʻp sahifali kirish soʻz yozgan yangi nashri chop etilgan. Yangi nashr 1982-yil qayta chop etilgan. Asardan 12 fotosurat va 2 xarita, shuningdek, izohlar, bibliografiya va indeks oʻrin olgan. Bacon kitobni turkshunos olim Aleksandr Samoylovichga bagʻishlagan.
Muallif 1934–1935-oʻquv yilida Yale universiteti hamda SSSR Fanlar akademiyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida Sovet Ittifoqida yashagan. Bacon Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat Qozogʻiston SSRga borishga muvaffaq boʻlgan. Bacon kitobni Sovet Ittifoqida boshdan kechirganlari va AQSHga qaytganidan keyin oʻtkazgan chuqur tadqiqotlari asosida yozgan.
„Central Asians under Russian Rule“ kitobi Rossiya imperiyasi va SSSR hukmronligi ostida Markaziy Osiyoda sodir boʻlgan madaniy oʻzgarishlar mukammal yoritilgan va tahlil qilingan asar oʻlaroq yaxshi kutib olindi.[1] Ammo 1960-yillarda kitobga taqriz yozganlar ham, 1980-yilgi yangi nashrga kirish soʻzini yozgan Fischer ham Baconni Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va mintaqadagi tarixiy oʻzgarishlarni yetarlicha chuqur tahlil qilmaslikda hamda murakkab masalalarni oshiqcha soddalashtirgani uchun tanqid qilishdi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Pierce, Richard (1-avgust 2014-yil). „Central Asians under Russian Rule. A Study in Culture Change. By Elizabeth E. Bacon. (Ithaca, New York: Cornell University Press, 1965. Pp. xi, 273. 12 plates, 2 maps. $6.50.)“. The American Historical Review (inglizcha). 61-jild, № 3. 832–833-bet. doi:10.1017/S0003055400201792. Qaraldi: 27-noyabr 2020-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Treadgold, Donald (1967-yil). „Central Asians under Russian Rule: A Study in Culture Change. By Elizabeth E. Bacon. (Ithaca, N. Y.: Cornell University Press. 1966. Pp. xi, 273. $6.50.)“. The American Historical Review (inglizcha). 72-jild, № 4. 1449-bet. doi:10.1086/ahr/72.4.1449. Qaraldi: 27-noyabr 2020-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
tahrir