Chad Marshall — amerikalik futbolchi hisoblanib, „Columbus Crew“ va „Seattle Sounders“ klublari va AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Chad Marshall Futbol
Marshall v sostave „Kolambus Kryu“ (2008 god)
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

22-avgust 1984-yil(1984-08-22) (38 yosh)
Riversayd, Kaliforniya

Fuqaroligi

Flag SShA AQSh

Boʻyi

191 cm

Vazni

89 kg

Pozitsiyasi

himoyachi

Klub haqida maʼlumotlari
Klub

faoliyatini tugatgan

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyatiTahrirlash

Marshall futbolchilik faoliyatini Stanford universiteti futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan[1].

Marshall 2004 MLS Super loyihasida „Columbus Crew“ tomonidan tanlangan[2]. Birinchi mavsumda Chad jamoa faxriysi Robin Freyzer bilan birga chempionlik uchun eng ishonchli himoya chizigʻini tashkil etgan. U „Yilning eng yaxshi yangi futbolchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan edi, ammo Klint Dempsiga yutqazib qoʻydi. 2007-yilda Chad miya chayqalishi tufayli atigi 12 uchrashuvda qatnashdi, bu jarohat uning faoliyatiga jiddiy tahdid soldi. 2008-yilda Marshall MLS kubogini yutishda yordam berdi. U finalda „New York Red Bulls“ga qarshi oʻyinda gol urgan va yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi va mavsum oxirida MLS yulduzlar jamoasiga kiritilgan.

2019-yil 22-may kuni Chad Marshall futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[3][4].

Xalqaro faoliyatiTahrirlash

2003-yilda Marshall BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan[5].

2005-yil 10-martda Chad Kolumbiyaga oʻrtoqlik oʻyinida AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan[6]. Oʻsha uchrashuvda u terma jamoadagi ilk golini urgan[7]. 2009-yilda Marshall KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etgan[8]. U Gonduras, Meksika, Grenada va Panamaga qarshi oʻynagan. Marshall Oltin kubokning kumush medali sohibiga aylangan[9][10].

Marshall AQSHning 2010-yilgi Jahon chempionatining dastlabki roʻyxatiga 30 nafar futbolchi kiritilgan, ammo 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilmagan[11][12].

2017-yilning 6-yanvarida Marsyal 29-yanvar kuni Serbiya va 3-fevral kuni Yamayka bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida deyarli yetti yil ichida birinchi marta terma jamoaga chaqiruv olgan[13].

StatistikasiTahrirlash

Klub Mavsum MLS Playoff bosqichida Kubog Chempionlar Ligasi Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Columbus Crew 2004 28 0 2 0 0 0 30 0
2005 30 1 0 0 30 1
2006 26 1 0 0 26 1
2007 12 2 0 0 12 2
2008 29 4 4 2 0 0 33 6
2009 18 4 2 0 0 0 2 0 22 4
2010 24 2 2 0 3 0 3 0 32 2
2011 32 0 1 0 0 0 33 0
2012 24 2 0 0 24 2
2013 30 1 0 0 30 1
Jami 253 17 11 2 3 0 5 0 272 19
Seattle Sounders FC 2014 31 1 4 0 3 0 38 1
2015 29 0 3 1 1 0 1 0 34 1
2016 30 4 6 0 0 0 2 0 38 4
2017 28 1 5 0 0 0 33 1
2018 30 4 1 0 0 0 4 1 35 5
2019 8 0 0 0 0 0 8 0
Jami 156 10 19 1 4 0 7 1 186 12
Jami 409 27 30 3 7 0 12 1 458 31

YutuqlariTahrirlash

 Columbus Crew

  • 1  MLS kubogi — 2008
  • Supporters’ Shield sohibi— 2004, 2008, 2009

 Sietl Sounders

  • 1  MLS kubogi — 2016
  • Supporters’ Shield sohibi — 2014
  • 1  AQSh ochiq futbol kubogi — 2014

Xalqaro yutuqlari

  AQSh

Shaxsiy yutuqlari

  • MLSda yilning eng yaxshi himoyachisi — 2008, 2009, 2014
  • MLS ramziy jamoasi aʼzosi — 2008, 2009, 2014, 2018

ManbalarTahrirlash

  1. „Player Bio: Chad Marshall“ (en). Stanford University Athletics. 2-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  2. „2004 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (16-yanvar 2004-yil). 24-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  3. „Chad Marshall announces retirement from professional soccer“ (en). Seattle Sounders FC (22-may 2019-yil). 23-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  4. Tom Bogert. „Three-time MLS Defender of the Year Chad Marshall announces retirement“ (en). MLSsoccer.com (22-may 2019-yil). 23-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  5. „США VS. Колумбия 3:0“ (en). soccerway.com (10-mart 2005-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  6. „Гондурас VS. США 0:2“ (en). soccerway.com (24-iyul 2009-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  7. „Гренада VS. США 0:4“ (en). soccerway.com (5-iyul 2009-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  8. „США VS. Гондурас 2:0“ (en). soccerway.com (9-iyul 2009-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  9. „США VS. Мексика 0:5“ (en). soccerway.com (26-iyul 2009-yil). 29-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  10. „США VS. Панама 2:1“ (en). soccerway.com (19-iyul 2009-yil). 14-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  11. Steven Goff. „U.S. soccer roster for World Cup features unlikely trio“ (en). The Washington Post (27-may 2010-yil). 23-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  12. „Bradley Announces 30-Man Preliminary Roster for 2010 FIFA World Cup in South Africa“ (en). U.S. Soccer (11-may 2010-yil). 14-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2010-yil.
  13. „Arena Calls 32 Players for MNT January Camp“ (en). U.S. Soccer (5-yanvar 2017-yil). 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2017-yil.