Chaim Soutine
Chaim Soutine (1893-yil 13-yanvar — 1943-yil 9-avgust) — belarussiyalik yahudiy ekspressionist rassom. U mavhum ekspressionizmning salafi hisoblanadi. U, shuningdek, Rembrandt va Chardenning misoli boʻlgan anʼanaviy Yevropa rasmlari tarafdori sifatida tanilgan. [1]
Chaim Soutine | |
Tavalludi | 13-yanvar, 1893 |
Vafoti | 19-avgust, 1943 |
Hayoti
tahrirSoutine Minsk yaqinidagi Smilavichy qishlogʻida tugʻilgan. U o‘n bir farzandi bor tikuvchining o‘ninchi o‘g‘li edi.
1910-1913-yillarda Vilnyusdagi Vilna tasviriy sanʼat akademiyasida tahsil oldi. 1913-yilda u doʻstlari Pinchus Kremegne va Mishel Kikoine bilan Fransiyaga hijrat qildi. U Parijdagi Tasviriy sanʼat maktabida (École des Beaux-Arts) Fernand Kormon ustozligida oʻqidi. Oʻqish davrida u shaxsiy nuqtai nazarni va rasm chizish texnikasini rivojlantirdi.
Bir muncha vaqt u doʻstlari bilan Monparnas tumanidagi La Rucheda qoldi. Bu yerda u Amedeo Modigliani bilan doʻstlashdi. Modigliani rassomning koʻplab portretlarini yaratdi. Ushbu portretlarning eng mashhuri 1917-yilda sanʼat tujjori Leopold Zborovski oʻz kvartirasi eshigida chizgan portretidir. [2] Zoborowski Birinchi Jahon urushi paytida Soutine-ni qoʻllab-quvvatlashda davom etdi. Nemislar Parijni bombardimon qilganda, u oʻzi bilan Sutinni olib, Nitssaga qochib ketdi.
Baʼzi ishlari:
- Ceret manzarasi — (1919)
- Qandolatchi — (1922), Parij
- Cagnes-sur-Mer koʻchasi — (1923-1924)
- Mol tanasi — (1925), Olbrayt-Noks sanʼat galereyasi, Buffalo, Nyu-York
- Sinister Street — (1921), Kunstmuseum, Lucerne, Shveysariya
- Shamolli koʻcha — (1939)
Havolalar
tahrir- Hecht muzeyi
- Amedeo Modigliani, „Chaim Soutine“ (1917) 1 Ağustos 2008 tarihinde
- Marevna, „Chaim Soutine“ (taxminan 1916/7), Erich Lessing toʻplami 13 Ocak 2006 tarihinde
Manba
tahrir- Kleeblatt, Norman L., „Parijdagi ekspressionist: Chaim Sutinning rasmlari“, 1998, Prestel, Nyu-York, isbn = 3-7913-1932-9