Changsha

Hunan provinsiyasi poytaxti

ChangshaXitoyning markaziy qismidagi shahar. Xunan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,1 million kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Syanszyan daryosi boʻyidagi port. Rivojlangan qishloq xoʻjaligi rayonining (sholi va boshqalar) markazi. Yengil va oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Poʻlat, alyuminiy, stanoklar, elektr va sanoat jihozlari, vagonlar, oʻgʻitlar ishlab chikariladi. Yirik sholi bozori. Xoz. shahar oʻrnidagi aholi yashaydigan manzil miloddan avvalgi 5-asrdan maʼlum.