Dardanell boʻgʻozi

Marmar va Egey dengizlarini qoʻshib turuvchi boʻgʻoz
(Chanoqqal'a bo'g'ozidan yoʻnaltirildi)

Xato: blok «Vikiomborda» andoza Geokarda yoʻq.

Dardanell boʻgʻozi
turkcha: Çanakkale Boğazı
40°12′0″N 26°24′0″E / 40.20000°N 26.40000°E / 40.20000; 26.40000
MamlakatTurkiya Turkiya
Kengligi1,2 km
Uzunligi61 km

Dardanell boʻgʻozi (turkcha Çanakkale boğazı, yun. Δαρδανέλλια,

Gellespont - Gellar dengizi) - Yevropa (Bolqon yarim orol) bilan Osiyo (Kichik Osiyo yarim orol) oʻrtasidagi boʻgʻozlardan biri. Marmar va Egey dengizlarini qoʻshib turadi. Dardanell boʻgʻozi aslida daryo vodiysi boʻlib, quruklikning choʻkishi natijasida dengiz boʻgʻoziga aylangan. Uz. 120,5 km, eni 1,3—27 km, chuq. 29—153 m. Qirgʻoqlari qumtosh, ohaktoshlardan tarkib topgan boʻlib, siyrak oʻsimlik bilan qoplangan. Shim.sharqdan jan.-gʻarbga oqadigan yuza oqim Marmar dengizidan chuchukroq (shoʻrligi 25,5%o) suv olib ketadi, tezligi 2-6 km/soat. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa oqadigan suv osti oqimi Egey dengizidan shoʻr (shoʻrligi 38,5%O gacha) suv keltiradi. Dardanell boʻgʻozining Yevropa sohilida Gelibolu, Osiyo sohilida Chanoqqalʼa portlari joylashgan (Dardanell boʻgʻozining xalqarohuquqiy va iqtisodiy ahamiyati haqida Qora dengiz boʻgʻotzlari maqolasiga q.).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil