Charlie Bilodeau (talaffuzi: Charli Bilodo; 1993-yil 6-avgustda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi.

Charlie Bilodeau

Séguin va Bilodeau
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 6-avgust 1993-yil (1993-08-06) (30 yosh)
Rimouski, Quebec, Kanada
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Oldingi sheriklari Lyubov Ilyushechkina Julianne Séguin, Krystel Desjardins
Murabbiyi Richard Gauthier
Uchishni boshlagan 1996
Yakunlagan 2020
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 68.62
Erkin dastur 125.51

Sobiq sherigi Julianne Séguin bilan birga 2016 Skate America turnirining chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va uch karra Kanada milliy chempionatining medal sovrindori. Juftlik Kanada vakili sifatida 2018-yilgi Qishki Olimpiada ishtirok etib, o‘yinlarida 9-o‘rinni egallagan.

Charlie yana bir sobiq sherigi Lyubov Ilyushechkina bilan birga 2019 Chinese Cup turnirida, 2019 CSFinlandia Trophy turnirida hamda 2020-yilda Kanada milliy chempionatida ishtirok etib bronza medali sohibi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Charlie Bilodeau 1993-yil 6-avgustda Kanadaning Kvebek shtatidagi Rimouski shahrida tugʻilgan.

Faoliyati tahrir

Bilodeau 1996-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2012-yil noyabr oyida Segin bilan juftlik hosil qilgan[1].

2013—2014-yilgi mavsum tahrir

Séguin / Bilodeau juftligi xalqaro miqyosdagi musobaqada 2013-yilning kuzida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Chexiyada boʻlib oʻtgan musobaqada to‘rtinchi, Belarusiyada da esa beshinchi o‘rinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar toifasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada vakili sifatida ishtirok etgan[2].

2014—2015-yilgi mavsum tahrir

2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi davomida Seguin / Bilodeau juftligi Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada rossiyalik Lina Fyodorova / Maksim Miroshkin juftligini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-prida ham yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan juftlikka Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilgan. 2014-yil dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan soʻnggi Gran-pri musobasida juftlik Fedorova / Miroshkin juftligidan 9,79 ball farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].

Dasturlari tahrir

Segin bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017—2018

  • Everybody Wants to Rule the World

    Lorde
  • Whereʼs My Love

    SYML
2016—2017

  • Monde Inversé

    Raphaël Beau, Guy Dubuc, Marc Lessard

2015—2016

2014—2015

  • The Grand Budapest Hotel

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Segin bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 13—14 14—15 15—16 16—17 17—18 18—19
Olimpiada 9
Jahon chempionati 8 WD 11 22
Toʻrt qitʼa WD
GP finali 4 5
GP Finlandiya WD
GP Fransiya 3 WD
GP NHK 4
GP Rostelecom 5 5
GP Skate America 3 1
CS Autumn Classic 1 3
CS Nebelhorn 5
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati WD 2
JGP finali 1
JGP Belarusiya 4
JGP Chexiya 4 1
JGP Germaniya 1
Milliy
Kanada chempionati 2-J 3 2 WD 2
J = Oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir

  1. Golinsky, Reut. „Julianne Séguin and Charlie Bilodeau: "Let's have fun! Let's be crazy!"“. Absolute Skating (2016-yil 8-dekabr).
  2. „Séguin & Bilodeau withdraw from the 2017 Canadian Tire National Skating Championships“. Skate Canada (2017-yil 18-yanvar). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Yoshida, Hiro. „Julianne Séguin & Charlie Bilodeau Back on Track“. Europe on Ice (2017-yil 26-mart).