Charx ilonlar
Charx ilonlar, efalar (Echis) – qora ilonlar oilasiga mansub ilonlar urugʻi. Uzunligi 80 sm gacha. Kulrang yoki qoʻngʻir tusli tanasida oqish ilon izi hoshiyasi bor. Tanasining 2 yonidagi tangachalari kirrasida tishchalari boʻladi. Charx ilonlar tanasini halqa qilib oʻraganida tangachalar ishqalanishi natijasida charx toshi aylanishiga oʻxshash tovush chiqadi. 3 turi, jumladan, qum charx iloni va chipor charx iloni Shimoliy Afrika, Janubiy, Janubiy-Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyoda tarkalgan. Oʻzbekistonda qum charx iloni Buxoro, Surxondaryo viloyatlari hamda Qizilqum choʻlida uchraydi. Shomda va tunda faol hayot kechiradi. Mayda umurtqalilar, yosh charx ilonlar, asosan, hasharotlar va oʻrgimchaksimonlar bilan oziqlanadi. Tuxumdan tirik tugʻadi. Urgʻochisi 3 tadan 18 tagacha bola tugʻadi. Zaxarli hisoblanadi va chaqishi oʻlimga olib kelishi mumkin. Zaxaridan immun zardob tayyorlashda va ilmiy tadqiqot ishlarida foydalaniladi.
Charx ilonlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |