Chashmayi Ayub koʻchasi
Chashmayi Ayub koʻchasi – Ayub paygʻambar nomi bilan bogʻliq toponim. Chashmayi Ayub „Ayub chashmasi, qudugʻi“ maʼnosini bildiradi. Bu yerdagi quduqning paydo boʻlishi toʻgʻrisida xalq orasida rivoyat mavjud[1]. Unga koʻra, shaharda qurgʻoqchilik boʻlgan davrda Ayub paygʻambar tashrif buyurgan va aholi iltijosi bilan qoʻlidagi hassasini yerga urgan. Shu joyda chashma – quduq hosil boʻlib, aholi najot topgan. Shuningdek, „Tarixi Mullozoda“ asarida ham maʼlumot keltirilgan[2].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Kim sharafiga nomlangan | Ayub paygʻambar |
Manbalar
tahrir- ↑ To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.