Chatishtirish - urugʻlanish jarayonida irsiy jihatdan birbiriga oʻxshamaydigan ikkita jinsiy hujayra (gameta)ning tabiiy yoki sunʼiy qoʻshilishi. Ch. natijasida paydo boʻlgan nayel gen boʻyicha geterozigotali holatda turadi. Uning birbiriga oʻxshash boʻlmagan otaona gametalari bilan turli allellari duragay murtakka (zigotaga) oʻtgan boʻladi. Duragay organizm otaonasining belgi va xususiyatlariga ega boʻlish bilan birga, otaonasining jinsiy hujayralari orqali ularga oʻtgan irsiy imkoniyatlarning muayyan juftlashishi, rivojlanishi va namoyon boʻlishi kabi xususiyatlarga ham ega boʻladi. Tanlash, odatda, duragaylarning ikkinchi boʻgʻinida oʻtkazilib, koʻpincha beshinchioltinchi boʻgʻinlargacha, gomozigotali nusxalar olingungacha takrorlanadi (qarang Gomozigotalik). Duragayda otaonadan birortasining belgi xususiyatlarini kuchaytirish uchun takroriy (bekkross) Ch. (avlodni ota yoki ona shakli bilan kayta Ch.) oʻtkaziladi.

Oʻsimliklar amaliy seleksiyasida oddiy va murakkab Ch. qoʻllaniladi. Ikkita onaona shakllari oʻrtasida bir marotaba oʻtkazilgan chatishtirish oddiy Ch.ga kiradi (qarang Juft chatishtirish). Ch.ga birinketin ikkitadan ortiq otaona shakllari jalb etilsa, murakkab Ch. hisoblanadi (qarang Duragaylash).

Chorvachilikda mollarning nayel sifatini oshirish hamda yangi sermahsul zotlarni yaratishda Ch.ning: a) qon quyish; b) qon singdirish; v) zavod chatishtirishi; g) sanoat chatishtirishi; d) navbatli chatishtirish usullari qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston chorvachiligida mahalliy qoramollarni shvits zoti b n Ch.ning qon singdirish usulida qoʻngir tusli qoramol podalari shakllashirilgan. Ch.ning murakkab zavod usulida bushuyev zoti yaratilgan. Ch.ning qon quyish usulida respublikada rnlashtirilgan barcha zotlar "yaxshilovchi" zotlar bilan takomillashtirilmoqda. Ch.ning sanoat usuli sut yoʻnalishidagi qoraola va qizil choʻl zotlari, goʻsht yoʻnalishidagi gereford, aberdinangus, sharole, kian, santagertruda va boshqa zotlar bilan juftlashtirishda qoʻllanilib, tez yetiluvchan va serpusht boʻlgan birinchi chatishma avlodlari olingan.

Duragay va chatishmalar oʻsimlik hamda hayvonlarning xoʻjalik jihatidan foydali belgilari boʻyicha tanlash, saralash, yangi zotlar va navlar yetishtirish uchun dastlabki material boʻladi.

Bahodir Normatov, Ubaydulla Nosirov.