ChelekenKaspiy dengizining sharqiy qirgogʻidagi yarim orol, Turkmaniston hududida. Dastlab (20-asrning 30-yillarida) orol boʻlgan. Kaspiy dengizi suv sathining pasayishi natijasida 1937-yildan yarim orolga aylangan. Maydoni 500 km². Yer yuzasi tekislik. Markaziy kismida Chuxrak qirlari (100 m) joylashgan. Ch.ning koʻp kismini shoʻrxoktaqirlar, doʻng va barxan qumlar egallagan. Iklimi quruq, yozi issiq, qishi nisbatan iliq. Tuproqoʻsimlik qoplami jihatidan tipik choʻl. Neftgaz, ozokerit konlari; tarkibida yod, brom boʻlgan mineral buloqlar bor, dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. Gʻarbiy qismida (dengiz boʻyida) Cheleken shahri joylashgan.