Cherik (sanskritcha ksatrika — koʻshin, lashkar) — 1) Turk xoqonligi (6—8-asrlar), Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar, Xiva va Buxoro xonliklarida harbiy yurish vaqgida tuman, viloyat, oʻlka va uluslardan oliy hukmdor tomonidan chiqarilgan farmonga muvofiq yigʻiladigan muntazam koʻshin. Cherik, asosan, otliq, qisman piyoda qismlardan tashkil topgan. Cherikni belgilangan joy (miod yeri)ga toʻplash vazifasi oliy bosh qoʻmondon adʼyutanti — tavochi zimmasiga yuklatilgan. Cherik oʻnlik, yuzlik, minglik va tumanlarga taqsimlangan va ularga oʻnbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. Buxoro xonligida nomuntazam qoʻshin qora Cherik deb nomlangan; 2) Usmoniylar saltanatida 1362-yil Murod I tomonidan jangda asirga olingan va maxsus tarbiyalangan nasroniy oʻsmirlardan tuzilgan alohida muntazam harbyy qism. Tarixda "yeni cheri" ("yangi qoʻshin") nomi bilan shuhrat topgan (qarang Yanicharlar).