Chimyon lolasi (lotincha: Tulipa tschimganica) – bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati Katta Chimyon togʻi,Chatqol tizmasi, Qorangko‘lsoy va Oqbuloq vodiysi, uchratish mumkin. Dengiz sathidan 1400 metr balandlikda oʻsadi[1]

Chimyon lolasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Lola
Oila: Loladoshlar
Binar nomi
Tulipa tschimganica

Tavsifi

tahrir

Boʻyi 25 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozchasining uzunligi 2,5-3,5 sm, tashqi qobigʻi toʻq jigarrang, terisimon, ichki qismi ayniqsa uchida yaqin joylari sertuk. Poyasi tik oʻsadi, yuzasi tukli, koʻk rangda koʻrinadi. Barglari 3-4 dona, poyada navbatma-navbat joylashgan, bandsiz, lansetsimon, koʻk yashil, chetlari gʻadir budur, uzunligi 7,5-8 sm. Guli ikki jinsli, yagona, poya uchida joylashgan. Gultojibarglari osti keng yuqori qismi toraygan, sargʻish qizil tusda, uzunligi 2,5-3,2 sm, ichki yuzasi tashqi tomonidan koʻra yorqinroq tusga ega. Changchi iplari sariq, changdonlari och jigarrang tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mart aprel oylarida gullab mevasi mayda pishib yetiladi. Mevasi quruq koʻsak meva, uzunligi 1,1-2,7 sm gacha. Urug‘i va piyozchalari orqali koʻpayadi[2].

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Toshkent viloyati uchun endemik tur. Gʻarbiy Tyan-Shanning koʻplab qismlarida, Katta Chimyon togʻi, Chatqol tizmasi, Oqbuloq vodiylarida, Qorangko‘lsoyning yuqori oqimida, Angren shahri atroflarida uchratish mumkin. Dengiz sathidan 1400 metr balandlikda toshli, shagʻalli yoki qumli tuproqlarda oʻsadi.

Manbalar

tahrir