Chingizxon Nufatovich Azimov (ukraincha: Чингізхан Нуфатович Азімов; 1931-yil 16-dekabr, Qozon – 2002-yil 10-oktyabr) – sovet va ukrainalik huquqshunos olim, huquqshunoslik fanlar doktori (1983), Xarkov yuridik instituti professori (1985). Ukraina Milliy yuridik fanlar akademiyasi aʼzosi (1993), fuqarolik huquqi sohasi mutaxassisi. Fan va texnika sohasidagi Ukraina SSR Davlat mukofoti laureati (1984).

Chingizxon Azimov
Tavalludi

ukraincha: Чингізхан Нуфатович Азімов

16-dekabr 1931-yil
Qozon, RSFSR, SSSR
Vafoti 10-oktyabr 2002-yil(2002-10-10)
(70 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR – Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi Huquqshunos
Sohasi Huquq
Ish joylari Xarkov yuridik instituti – Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti
Institutlar Xarkov yuridik instituti
Ilmiy darajasi yuridik fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari Landkof Samuil
Mukofotlari

Fan va texnologiya sohasidagi Ukraina Davlat mukofoti

Tarjimai holi

tahrir

Chingizxon Azimov 1931-yil 16-dekabrda Qozon shahrida tugʻilgan[1]. Millati – rus. 1933-yillarda Gorkiyda istiqomat qilgan. 1948–1951-yillarda SSSR Harbiy-havo kuchlarining maxsus maktabida tahsil olgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Volsk harbiy aviatsiya texnikumiga oʻqishga kirgan. 1953-yilda kollejni tugatadi va SSSR Harbiy havo kuchlarida xizmat qila boshlaydi. Azimov zobit unvoniga ega boʻlgan. Xizmat oʻtash davomida Butunittifoq yuridik institutining Odessa filialida sirtqi boʻlimda tahsil olgan[2].

1961-yilda Chingizxon Nufatovich demobilizatsiya qilindi va Xarkovda traktor yigʻish zavodida ish boshlaydi. 1962-yilda Xarkov yuridik institutining (XYI) sirtqi fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1965-yilda tamomladi. XYIni tugatgandan soʻng fuqarolik huquqi kafedrasida ishlay boshladi, dastlab laborant, kichik ilmiy xodim, 1971-yildan esa dotsent lavozimlarida ishladi. 1988-1993-yillarda ushbu kafedra mudiri, 1993-yilda esa professor unvonini oldi[2][1][3][4].

Nufatovich 1984-yildan KPSS aʼzosi boʻlgan.

Azimov 1991-yilda Ukraina muhandislik fanlari akademiyasi aʼzosi, ikki yildan soʻng, 1993-yilda Ukraina yuridik fanlar akademiyasi aʼzosi boʻldi[5]. 1994-yilda Ukraina Oliy sudi huzuridagi ilmiy maslahat kengashiga kiritilgan[3], shuningdek, patent idorasi qoshidagi ilmiy kengash aʼzosi boʻlgan. Olim Ukrainaning Fuqarolik va Iqtisodiy Kodekslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan komissiyalarning aʼzosi boʻlgan[4].

Chingizxon Nufatovich Azimov 2002-yil 10-oktyabrda vafot etgan[5][4].

Ilmiy faoliyati

tahrir
 
Xarkov 2-shahar qabristonidagi qabr

Azimov fuqarolik huquqining quyidagi jihatlarini oʻrgangan: sanoat mulki va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash yoʻllari, jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish, meros huquqi[5][1].

Chingizxon Nufatovich 1971-yilda „Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlarining xizmat ixtirolarini huquqiy tartibga solish“ mavzusida yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun, 1981-yilda esa „Ilmiy-texnika taraqqiyoti sohasidagi shartnomaviy munosabatlar“ mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi[5]. 1983-yilda huquq fanlari doktori unvonini oldi[1]. 1974-yilda Azimovga dotsent, 1985-yilda esa professor[5] ilmiy unvoni berildi.

Olim 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi/hammuallifi boʻlgan, ularning asosiylari: „Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash“ (1975), „Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha shartnomalar“ (1976), „Sovet fuqarolik huquqi“ (1977 va 1983-yillar, darslik hammuallifi), „Ilmiy-texnikaviy axborot va huquq“ (1978), „Ilmiy-texnika taraqqiyoti sohasidagi shartnomaviy munosabatlar“ (1981), „Fuqaro, korxona, huquq“ (1991), „Garov huquqi“ (1993), „Ukraina patent huquqi asoslari (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi)“ (1994), „Majburiyatlarni taʼminlash“ (1995), „Ukraina fuqarolik huquqi“ (2000, darslik hammuallifi)[1][4][5]. Professor olti jildlik „Yuridik ensiklopediya“ uchun maqolalar yozishda ishtirok etgan.

Mukofotlari

tahrir

Azimov Sovet Ittifoqining „Mehnat faxriysi“ va „SSSR Qurolli Kuchlarining 40 yilligi“ medallari bilan taqdirlangan[4].

1984-yilda oliy oʻquv yurtlari uchun 1983-yilda nashr etilgan „Sovet fuqarolik huquqi“ darsligi mualliflari – V. P. Maslov, A. A. Pushkin, V. K. Popov, M. I. Baru, Ch. N. Azimov, D. F. Shvetsov, Yu. I. Ziomenko va V. S. Shelestov fan va texnika sohasidagi Ukraina SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[6].

Shuningdek, „ilmiy ishdagi muvaffaqiyati va ilmiy kadrlar tayyorlash uchun“ Belarus Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan[5][4].

Chingizxon Nufatovich Azimov nomi 1995-yilda „Ukraina adliyasining oltin kitobi“ga kiritilgan. U Cincinnati shahrining (Ogayo shtati, AQSh) faxriy sudyasi boʻlib faoliyat yuritgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Горбатенко 2011.
  2. 2,0 2,1 Розенфельд 1998.
  3. 3,0 3,1 Астахова 2001.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 logos.biz.ua.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 library.nlu.edu.ua.
  6. „Підручник для вищих учбових закладів "Советское гражданское право /1 та 11 частини/, опублікований у 1983 році /2-е видання/“ (uk). http://www.kdpu-nt.gov.ua/. Комітет з Державних премій України в галузі науки і техніки. 2020-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir