Chiyal (shaharcha)
Chiyal (ruscha: Чиял, ayrim manbalarda Chiyali koʻrinishi ham uchraydi) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Shaharcha | |
39°13′43″N 66°40′0″E / 39.22861°N 66.66667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Chiroqchi tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Etimologiyasi
tahrirChiyali shaharchasi ayrim manbalarda Chiyali holatida ham yangilish yozish holatlari kuzatiladi. Chiyali nomi chiyaboʻriga nisbatan qoʻllangan. Shuningdek chiya nomli oʻsimlik ham mavjud. Togʻlarda oʻsadigan yovvoyi olchani chiya deb nomlashadi.
Chiyal bu asli urugʻ nomi. Chiyal qishloqchasi hududida asosan kuchchilar istiqomat qilgan. Yaʼni kuchchilar chiyal urugʻidan boʻlgan. Akademik K.Shoniyozov Fargʻona qipchoqlari orasida chiyal nomli urugʻ boʻlgannligini eʼtirof etgan. Bu urugʻ vakillari Namangan viloyatining Pop tumanida Quranas qishlogʻida yashagan.
Boshqa taxminlarga koʻra, urugʻ nomiga chiyaboʻrilar asos boʻlgan boʻlishi ham mumkin. Chiyaboʻridagi boʻri soʻzi keyinchalik qoʻshilgan. Urugʻning totemi chiya (chiyaboʻri) boʻlganligi (yaʼni aholi chiyaboʻriga sigʻinganlar), ularni shu nom olishlariga sabab boʻlgan. Chiyal nomining qadimiy shakli Chiyali boʻlgan. Keyinchlik soddalashish natijasida i harfi tushib qolgan[2].
Joylashuvi
tahrirChiyal shaharchasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining markazida dengiz sathidan 535 metr balandlikda joylashgan[3]. Shaharcha hududida bozor, bolalar stadioni, doʻkonlar mavjud.
Aholisi
tahrir1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chiyali shaharchasida 6100 nafar kishi istiqomat qilgan. Bu 3 yil avvalgi koʻrsatkichdan bor yoʻgʻi 40 taga koʻproqdir, yaʼni shaharchaning aholi oʻsish koʻrsatkichi juda past[4].
Iqlimi
tahrirChiyal shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° ni tashkil etadi. Yanvarnning oʻrtacha harorati 2,7° darajani, eng past harorati esa —20° darajani tashkil qiladi. Iyulning oʻrtacha harorati 28° darajaga, eng yuqori harorati esa 45° darajaga teng. Mazkur hududdagi vegetatsiya davri 220—230 kunni tashkil etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 306-307-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ „Chiyal“ (english). Qaraldi: 08-23.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 151-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |