Choʻpon ota maqbarasi (Toshkent)

Choʻpon ota maqbarasi, – meʼmoriy yodgorlik, Toshkentdagi maqbara, xuddi shu nomdagi qabristondagi Choʻpon ota meʼmoriy majmuasining bir qismidir. Maqbara Oʻrta Osiyoda choʻponlar va qoʻy podalarining himoyachisi sifatida hurmat qilingan Choʻpon ota afsonaviy nomiga bagʻishlangan. Binoni haqiqiy qabriston deb emas, balki faqat qadamjoy („muqaddas joy“) deb hisoblash kerak. Rivoyatlarga koʻra, maqbarani qurish boʻyicha buyruq Amir Temur yoki Ulugʻbek tomonidan berilgan, ammo arxeologik materiallarga koʻra XVIII asrlarga borib taqaladi[1].

Xarita
Koordinatalari 41°15′0″N 69°13′0″E / 41.25000°N 69.21667°E / 41.25000; 69.21667

Maqbara oʻzining silueti, figurali va gʻishtdan yasalgan maketlari bilan diqqatga sazovordir. Binoning shakli Toshkentdagi Muin Xalfa bobo va Xoja Bahriddindon uchun namuna bo‘lib xizmat qilgan[1].

Joylashuvi

tahrir

Choʻpon ota maqbarasi Choʻpon ota qabristonidagi xuddi shu nomdagi diniy majmuaning bir qismidir. Maqbaraning kirish binosidan qabriston xiyoboniga oʻtiladi[2]. Qabriston Toshkent shahri Chilonzor dahasining 13-mahallasida joylashgan[3].

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, oʻrta asrdagi bu qabriston Qozoqmazortepa arxeologik yodgorligining gʻarbiy qismini egallagan. Arxeologik yodgorlikning nomi XVIII asrda jungʻor (qalmoqlar) hukmronligi davrida qozoqlarning Toshkent viloyatiga kirib borishi bilan bogʻliq. Rivoyatlardan birida maqbara dastlab „Qozoq mozori“ deb atalgan va qalmoqlar yashaydigan hududda qurilgan, ammo bu voqealar Amir Temur davriga borib taqaladi.

Qurilishi haqida maʼlumot

tahrir

Maqbara qurilishi toʻgʻrisida xabar beruvchi aniq tarixiy manbalar topilmagan va yigʻilgan soʻrov maʼlumotlari ham kam. Shu bilan birga, bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan bir nechta afsonalar mavjud.

Rivoyatlardan biriga koʻra, bino qalmoqlar yashagan qishloqda Amir Temur buyrugʻi bilan qurilgan va oʻtmishda „Qozoq mozori“ deb nomlangan.

Ikkinchi afsonaga koʻra Ulugʻbek Choʻpon otani tushida koʻrgan. U kishi Ulugʻbekka uning dafn marosimi oʻtkazilmaganligi uchun tanbeh bergan, shundan soʻng Ulugʻbek maqbara joyini belgilab, Samarqanddan Toshkentga quruvchilar va materiallarni yuborgan. Shuni taʼkidlash kerakki, maqbara qurilishida XV asrni koʻrsatadigan shakllar mavjud, ammo XIX asrda barpo etilgan Muin Xalfa bobo va Xoja Bahriddindonning qabrlari bilan oʻxshashliklarini koʻrish mumkin[4].

Arxitekturasi

tahrir

Bino bir kamerali va gumbazli. Poydevori oʻlchami 4,6×5,6 m boʻlgan toʻrtburchak prizma boʻlib, maqbaraning balandligi 7,2 m. Binoga kirish eshigi janub tarafda joylashgan boʻlib, peshtoqi guldasta shaklida ishlangan. Minoraning yuqori qismi chiroqlar bilan bezatilgan va sferokonik gumbaz (ichki diametri 2,6 m) oʻrnatilgan[2].

Gumbaz ichki qismi xochsimon shaklga ega boʻlib unda boʻshliqlar mavjud. Gʻarbiy tokchaning devori kichik bir darcha mavjud. Maqbaraning ichki qismi suvoq qilingan. Zalning oʻrtasida bitta katta qabr tosh joylashgan.

Maqbara 24,5×24,5×4 sm oʻlchamdagi toʻrtburchak pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, gil (devorlar uchun), ganch (arklar va gumbazlar uchun) va ohak ishlatilgan. Gumbazning barabani, peshtoqi va g'ishtli devorlari dekorativ ravishda vertikal va gorizontal holda navbatma-navbat joylashgan. Barabanning tashqi tomoni va gumbaz asosi tosh bilan qoplangan[1][3].

Binoning shakli Toshkentdagi Muin Xalfa bobo va Xoja Bahriddindon maqbaralari uchun namuna boʻlib xizmat qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Булатова В., Маньковская Л. „Комплекс Чупан-ата (XVIII—XX век)“, . Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв., 5000 экз, Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1983 — 125-bet. 
  2. 2,0 2,1 Ташкент. Энциклопедия. Ташкент: Главная редакция УзСЭ, 1983 — 394-bet. 
  3. 3,0 3,1 Qozoqmozortepa – Andoza:Книга:НЭУ
  4. Маньковская Л. Ю., Пулатов Х. Ш. К изучению архитектурного наследия Ташкента // Строительство и архитектура Узбекистана. — 1972. — № 6. — С. 21—22.

Adabiyotlar

tahrir
  • Булатова В., Маньковская Л. „Комплекс Чупан-ата (XVIII—XX век)“, . Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв., 5000 экз, Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1983 — 125-bet. 
  • „Чупаната комплекс“, Ташкент. Энциклопедия. Ташкент: Главная редакция УзСЭ, 1983 — 394-bet. 
  • Mankovskaya L. Yu., Pulatov X. Sh. Toshkentning meʼmoriy merosini oʻrganishga // Oʻzbekiston qurilishi va arxitekturasi. – 1972 yil. – № 6 . – S. 21-22 .
  • Kozoqmozortepa – Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana (uzb.) . – Toshkent, 2000-2005.