Chodak
Chodak (ruscha: Чодак) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan qishloq. Chodakning yuqori qismida joylashgan Guliston mahallasida koʻpgina turistik va togʻ koʻngilochar manzillari joylashgan[1].
Shaharcha | |
[[Fayl:Chodak qishlogʻi.jpg |250px]] | |
40°56′59″N 70°46′06″E / 40.94972°N 70.76833°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Pop tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tarixi
tahrirChodak qishlogʻi tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Namanganning eng keksa qishloqlaridan biridir. Chodak nomining tarixi Qamchiq dovoni yaqinida joylashganligi sababli „joyitag“ nomidan olingan. Qishloqda Islomiy va zardushtiylikka oid bir necha manzilgoh va qadimiy obidalar mavjud[2]. Chodak qishlogʻida Namangan viloyatidagi qadimiy masjidlardan biri joylashgan[3].
Tavsifi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 244-sonli qarori boʻyicha Chodak qishlogʻida turistik zonani shakllantirish, uni rivojlantirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi[4][5][6]. Bugungi kunda Chodak qishlogʻida 35 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi, aholisi asosan tojiklar. Chodak qishlog'i Namangan viloyatidagi eng katta tuman hisoblanmish Pop tumanining uchdan bir qismini egallagan boʻlib aholisi juda zich joylashgan.
Turistik manzillar
tahrir"Chir-Chir Momo" yoxud "Onalar ko'z yoshi" ziyoratgohi: Chodak qishlog'ining qadimiy turistik zonalaridan biri. Bu yerlik mahalliy aholining an'analariga ko'ra, kelin-kuyov to'yi kuni ushbu joyga ziyoratga keladi va qoyatoshlardan oqib, sharsharadek yo'l hosil qilayotgan suvdan ta'tib ko'radi. Oqib tushayotgan suvning deyarli barchasi Chodakni suv bilan ta'minlab turadigan asosiy soy - Chodaksoyga oqib tushadi va ushbu hududda baliqlar uchun joy ham ajratilgan.
"Guliston" qishlog'i: Yaqin yillar oralig'ida tashkil etilgan va tez orada judayam ko'plab mehmonlarni o'z bag'riga sig'dira olgan ko'ngilochar hududlardan biri. Bu yerda joylashgan shishali osma ko'prik O'zbekistonda yagona hisoblanadi. Ushbu shishali osma ko'prik ikki tog' bag'rida bo'lib, ularni bir-biriga birlashtirib turadi.
"Chodak-Kosmos" dam olish maskani: Xususiy korxona tomonidan ochilgan ushbu turistik hudud Chodak qishlog'ini o'rab turadigan qirlar cho'qqisida barpo etilgan. Ochilgan yilidan boshlab, shu paytgacha turli xil ko'ngilochar dasturlar tashkil etilgan hamda mahalliy aholining deyarli barchasi ushbu konsertlarga qamrab olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Chodak qishlog‘i va Yig‘layotgan qoyatosh“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
- ↑ „Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: Chodakning betakror tarovati va ming yillik sirlari (foto va video)“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
- ↑ „Chodak masjidi“. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
- ↑ „2021-2022-YILLARDA NAMANGAN VILOYATINING POP TUMANI “CHODAK” QISHLOG‘INI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
- ↑ „Чодак тоғ чўққисида янги сайёҳлик комплекси бунёд этилмоқда“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
- ↑ „Pop tumani “Chodak” qishlog‘ini kompleks rivojlantirish“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |