Chovli qishlogʻi (Samarqand viloyati)

Chovli qishlog’iO’zbekiston respublikasi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi joylashgan qishloq. Qishloq hozirgi Ishtixon tumani joylashgan hududdagi ilk aholi yashagan joy hisoblanadi. Qishloq nomi aynan mana shu hududlarga ko'chib kelib dastlab uchta hovli tiklagan aka-ukalarning uylari nomiga qo'yilgan. Uch hovli nomi bilan atalgan hudud, keyinchalik shevalarda Uchchovli sifatida talqin qilingan. Keyinchalik bu atama Chovli so’zigacha qisqargan. Qishloqning asosiy tarmog’i qishloq xo’jaligiga asoslangan paxta va bug’doy ekinlari xo'jaliklarning asosiy xomashyosi hisoblanadi.

Manbalar tahrir