Christian Doppler
Kristian Andres Doppler (1803-yil, 29-dekabr - 1853-yil, 17-mart) [1] – avstraliyalik matematik va fizik. U fizikada mavjud doppler effekti deb nomlangan hodisani aniqladi, unga ko'ra kuzatuvchi qabul qilayotgan to'lqin chastotasi qabul qiluvchi va manbaning nisbiy tezligiga bog'liq.
Kristian Doppler | |
---|---|
Tavalludi |
29.11.1803 Zalsburg, Muqaddas Rim Imperiyasi |
Vafoti |
17.03.1853 Lombard qirolligi - Venetsiya, Avstriya Imperiyasi |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi |
Mashhur ishlari | Doppler effekti |
Turmush oʻrtogʻi |
Matilda Sturm (turm. 1836) |
Biografiyasi
tahrirYoshligi va ta'limi
tahrirDoppler 1803-yilda Zalsburgda (hozirgi Avstriyada) tug'ilgan. Doppler Iogan Yevangelist Doppler va Teresia Siliznerlarning ikkinchi o'g'illari edi. Dopplerning otasi Iogan Doppler Zalsburgda uchinchi avlod tosh yo'nuvchisi edi[2]. Yosh Doppler oilasi savdo aloqalarida sadoqat ko'rsatdi[3]. Lekin uning sog'lig'i yomonligi tufayli otasi uni biznes odami bo'lishga ruhlantirardi. Doppler ilk boshlang'ich ta'limini 13 yoshida boshlagan[4]. Bitirgandan so'ng Linzdagi o'rta maktabga ko'chib o'tdi[5]. Dopplerning matematikaga qobiliyatini Zalsburgdagi matematik Simon Stampfer kashf etdi. Uning tavsiyasiga ko'ra, Doppler 1822-yil Venadagi Politexnika Institutida o'qish maqsadida maktabdan ta'til oldi[6] va 1925-yilda Zalsburgga maktabni tamomlash uchun qaytib keldi[7]. Maktabni tamomlagandan so'ng Zalsburgda falsaga, Vena universiteti va hozirgi Vena Texnologiya institutida esa matematika va fizika yo'nalishida taxsil oldi. 1829-yilda Vena Politexnika Institutida Professor Adam Von Burgga yordamchi sifatida ish boshladi, bu yerda u o'z ilmiy izlanishlarini davom ettirdi[8]. 1835-yilda akademiyada ishlash maqsadida AQShga ko'chib o'tishga qaror qildi[9]. AQSHga ketishdan avval unga Pragada, maktablardan birida o'qitish taklifi berildi va bu ish uni Yevropada qolishga sabab bo'ldi[10]. Ko'p o'tmay, 1837-yilda Praga politexnika universitetida (hozirda Pragadagi Chexiya Texnika Universiteti) matematika va geometriya bo'yicha professor-o'qituvchi vazifasi topshirildi. 1841-yilda to'liq professorlik lavozimini oldi[2].
Oilasi
tahrir1836-yilda, Zargar Frans Shturm qizi Matilda Shturm bilan turmush qurdi[11]. Doppler va Matilda 5 farzand ko'rishdi. ilk farzand - Matilda Doppler 1837-yilda tavallud topdi. Dopplerning farzandi Lyudovik Doppler 1838-yilda tug'ilgan. Ikki yildan so'ng, 1840-yilda Adolf Doppler tug'ildi, to'rtinchi farzand Berta Doppler esa 1843-yilda. Ularning oxirgi farzandlari Herman 1845-yilda tavallud topdi[2].
Doppler effektining rivojlanishi
tahrir1842-yil, 38 yoshida, Doppler Royal Boheman ilmiy tadqiqotlar jamiyatida leksiya berdi va tez orada uning Über das farbige Licht der Doppelsterne und einiger anderer Gestirne des Himmels maqolasi nashrdan chiqdi[2]. Bu maqolada Doppler o'z prinsipi (keyinchalik, Doppler effekti nomi bilan ta'nildi) g'oyasini ilgari surdi. Unga ko'ra qabul qilinuvchi to'lqin chastotasi qabul qiluvchi va to'lqin chiqaruvchi manbalaning o'zaro nisbiy tezligiga aytib o'tilgan. U keyinchalik bu g'oya bilan ikkilamchi yulduzlardan qabul qilinadigan ko'za ko'rinadigan nurlarning chastotasini ham izohlab berdi (bu g'oyaning keyinroq xatoligi isbotlangan). Doppler shuningdek, agar yulduz radial tezlikda soniyasiga 136 ming kilometrdan oshsa, u inson ko'zi uchun ko'rinmay qolishiga ishonardi, garchi bu g'oya xato edi[13].
Keyingi hayoti
tahrirDoppler Praga Politexnikada professor sifatida ishlashni davom ettirdi, matematika, fizika va astronomiyaga oid 50dan ortiq maqola nashr ettirdi. 1847-yilda Pragadagi universitetni tark etib, Selmechbanyadagi Konchilik va O'rmonchilik akademiyasida matematika, fizika va mexanika professorligi maqomida ishini davom ettirgan.
Doppler tadqiqotlari 1848-yilgi Vengriya inqilobi davrida to'xtab qoldi. 1849-yilda Venaga qochib o'tdi[1] va Vena universitetida Amaliy Fizika Instituti boshlig'i etib tayinlandi. U yerda Franz unger bilan birgalikda, 1851-1853-yillarda taxsil olgan genetika otasi Gregor Mendelga dars berdi[14].
O'limi
tahrir1853-yil, 17-mart kuni Venetsiyada, 49 yoshida vafot etdi (Venetsiya o'sha vaqtda Avstriya Imperiyasining bir qismi bo'lgan). Uning qabri Venetsiyaning San Mishel orolidagi San Mishel qabristonida joylashgan[15][16].
To'liq ismi
tahrirDopplerning to'liq ismi haqida turli bahslar mavjud. Doppler o'zini Kristian Doppler sifatida tanishtirgan. Tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarda esa Uni Kristian Andres Doppler sifatida keltiriladi. Dopplerning Andreas ismi uning 5 avlod yuqori bobokalonidan qolgan[11]. Doppler o'limidan qirq yil o'tgach, astronom Yuliy Sheyner uni Iogan Kristian Doppler sifatida tanishtirdi. Sheynerning xatosi esa bir necha bor manbalarga ko'chirib yozilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Whonamedit – dictionary of medical eponyms“. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "whonamedit" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 The search for Christian Doppler. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "AlecEden" defined multiple times with different content - ↑ Eden, Alec. Christian Doppler : thinker and benefactor, Christian Doppler, Salzburg, Austria: Christian Doppler Institute for Medical Science & Technology, 1988 — 34-bet. ISBN 3-900905-00-2. OCLC 21739119.
- ↑ Coman, I. (2005). "Christian Andreas Doppler ? The man and his legacy". European Journal of Echocardiography 6 (1): 7–10. doi:10.1016/j.euje.2004.06.004. PMID 15744940.
- ↑ Coman, I. (2005). "Christian Andreas Doppler ? The man and his legacy". European Journal of Echocardiography 6 (1): 7–10. doi:10.1016/j.euje.2004.06.004. PMID 15744940.
- ↑ Eden, Alec. Christian Doppler : thinker and benefactor, Christian Doppler, Salzburg, Austria: Christian Doppler Institute for Medical Science & Technology, 1988 — 34-bet. ISBN 3-900905-00-2. OCLC 21739119.
- ↑ Eden, Alec. The search for Christian Doppler. Wien: Springer-Verlag, 1992. ISBN 978-0-387-82367-6.
- ↑ „Christian Doppler - Biography“ (en). Maths History. Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
- ↑ Publishing, Helicon. Hutchinson Dictionary of Scientific Biography. Helicon Publishing, 2005 — 2899-bet. ISBN 1-280-73192-3.
- ↑ Publishing, Helicon. Hutchinson Dictionary of Scientific Biography. Helicon Publishing, 2005 — 2899-bet. ISBN 1-280-73192-3.
- ↑ 11,0 11,1 Eden, Alec. Christian Doppler : thinker and benefactor, Christian Doppler, Salzburg, Austria: Christian Doppler Institute for Medical Science & Technology, 1988 — 34-bet. ISBN 3-900905-00-2. OCLC 21739119. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":1" defined multiple times with different content - ↑ „Visit Salzburg – Christian Doppler birthplace“. www.visit-salzburg.net.
- ↑ Lequeux, James. Hippolyte Fizeau : physicist of the light, Les Ulis, 2020 — 32-bet. ISBN 978-2-7598-2188-4. OCLC 1164698750.
- ↑ „The Mathematics of Inheritance“. Online museum exhibition. The Masaryk University Mendel Museum. 2011-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-yanvar.
- ↑ Schuster, Peter M. (2005). Moving the Stars – Christian Doppler: His Life, His Works and Principle, and the World After. Pöllauberg, Austria: Living Edition. ISBN 3-901585-05-2 (translated by Lily Wilmes)
- ↑ Štoll, Ivan (1992). "Christian Doppler – Man, Work and Message". The Phenomenon of Doppler. Prague: The Czech National University. 28 b.