Chto takoye osen
„Chto takoye osen“ (ruscha: Что такое осень, yaʼni „Kuz bu nima“) — „DDT“ rus rok musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Dastlab shunchaki „Osen“ (ruscha: Осень) nomi bilan maʼlum boʻlgan. Qoʻshiqni guruh solisti Yuriy Shevchuk yozgan. „Chto takoye osen“ qoʻshigʻi guruh repertuaridagi eng mashhur taronalarning biridir. „Ekspert“ rus jurnali 1917–2017-yillarda yozilgan rus tilidagi eng muhim qoʻshiqlarni aniqlash uchun oʻtkazgan soʻrovda „Chto takoye osen“ ashulasi yettinchi oʻrinni egallagan[1].
„Chto takoye osen“ | ||||
---|---|---|---|---|
„DDT“ qoʻshigʻi | ||||
„Aktrisa Vesna“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1992 | |||
Yozib olingan | 1992 | |||
Janr | folk rok | |||
Davomiyligi | 04:56 | |||
Matn muallif(lar)i | Yuriy Shevchuk | |||
Bastakor(lar) | Yuriy Shevchuk | |||
„Aktrisa Vesna“ xronologiyasi | ||||
| ||||
{External music video |
Shevchukning soʻzlariga koʻra, xonanda qoʻshiqni 1991-yilning sentyabrida Sankt-Peterburg shahridagi Nikolskoye qabristonida sayr qilib yurgan paytida yozgan[2]. Qoʻshiqda kuz fasli va kuzda sodir boʻladigan tabiat hodisalari haqida soʻz boradi.
Dastlab guruh aʼzolari ashulani ijro etishga oshiqmagan. Andrey Muratov „bunday estrada musiqasini“ ijro etishdan bosh tortgan. Natijada guruh aʼzolari qoʻshiq ohangini oʻzgartira boshlashgan. Xususan, Andrey Vasilyev taronani 1960-yillar uslubidagi qoʻshiqlarga oʻxshatishni taklif qilgan va elektrogitara partiyasini yozgan, Aleksandr Brovko esa bas rifini yozgan. Vadim Kurilyov qoʻshiq akkordlarini tanlagan, Igor Dotsenko taronaga xard-rok tus bergan. Fikri oʻzgargan Muratov esa klavishli asbob partiyasini yozgan. Mixail Chernov fleytada ijro etgan solo qoʻshiqni studiyada yozish davomida qoʻshilgan.
„Chto takoye osen“ qoʻshigʻi keng miqyosda shuhrat qozonishi ortidan guruh aʼzolari muayyan vaqt davomida faqat bir qoʻshiq bilan tanilish xavfidan hadiksirab, konsertlarda muxlislarning talablariga qaramay uni ijro etishdan bosh tortishgan. Keyinchalik qoʻshiqni yana ijro eta boshlashgan.
Qoʻshiq uchun 1991-yilning 15-oktyabr kuni klip suratga olingan. Unda guruh aʼzolari hamda Shevchukning doʻstlari Vyacheslav Butusov hamda Konstantin Kinchev parkda sayr qilib yurgani, rus ruletkasini oʻynayotgani hamda Shevchuk „Pushkinskaya-10“ sanʼat markazidagi studiya oshxonasida papiros chekib, qoʻshiqni kuylayotgani tasvirlangan. 2020-yil guruhning rasmiy YouTube kanalida klipning qayta ishlangan va yuqori sifatdagi versiyasi eʼlon qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Cто главных песен на русском языке (1917–2017)“. Ekspert (21-iyul 2017-yil). 2019-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
- ↑ Maxmutov, Nail. По «следам» легенд уфимского рок-н-ролла. Ufa: Leto, 2015 — 167-bet.
Havolalar
tahrir- „Chto takoye osen“ YouTubeda
- „Chto takoye osen“ YouTubeda (2020-yil tiklangan versiya)