Chubron (ruscha: Чубран) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1].

Chubron
ruscha: Чубран
Shaharcha
38°50′45″N 66°45′0″E / 38.84583°N 66.75000°E / 38.84583; 66.75000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Yakkabogʻ tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Chubron ruscha: Чубран xaritada
Chubron ruscha: Чубран
Chubron
ruscha: Чубран

Etimologiyasi

tahrir

Shaharchaning nomi chub va ron soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Xalq izohida chub + ron soʻzlari bu choʻp bilan mol, hoʻkizni haydovchi inson, yaʼni qoʻsh bilan yer haydovchi, qoʻsh haydab ekin ekuvchi shaxs, dehqon maʼnosida qoʻllanadi. Shu bilan birgalikda, turkiy urugʻlardan biri chubirgon, choʻbirgon, chubirgʻon, chuvurgʻon, chuvirgʻon nomli urugʻ qabilasi boʻlgan. Ayni shu etnonimning nomi xalq tilida qisqarib, soddalashgan shakli chubron koʻrinishida saqlanib qolgan va qishloq nomiga berilgan. Mazkur hudud yaqinida oʻxshash nomli Chuvurgʻon nomli qishloq mavjud[2].

Joylashuvi

tahrir

Chubron shaharchasi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanining markazida, Eski Yakkabogʻ va yangi Yakkabogʻ aholi punklari oraligʻida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin hududlar Qayragʻoch va Ajrim shaharchalari hisoblanadi.

Chubron shaharchasida 47-sonli maktab va bir necha doʻkonlar faoliyat yuritadi. Hududning asosiy qismi choʻl zonasida boʻlganligi uchun muhim obyektlar mavjud emas.

Aholisi

tahrir

2016-yil 1-yanvardagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chubron shaharchasida taxminan 2200 taga yaqin kishi istiqomat qilgan. 2013-yil 1-yanvarda bu koʻrsatkich 1964 nafarni tashkil etgan[3].

Iqlimi

tahrir

Chubron shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yanvar oyining oʻrtacha harorati −1 °C, eng past harorat esa −25 °C ga teng. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28,5 °C, eng yuqori harorat 44 °C ni tashkil etadi. Shaharchada yillik oʻrtacha harorat 15 °C ga teng.

Shaharcha hududi choʻl zonasida joylashgani sababli yozi jaziramali va issiq boʻladi.

Manbalar

tahrir
  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 311-312-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 156-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.