Chufut qalʼa
Chufut qalʼa — Qrimdagi oʻrta asr shahar xarobasi (asosan, 5—6-asrlar). Yeokchasaroy yaqinida joylashgan. Mudofaa devorlari, darvozalar, turar joy va xoʻjalik inshootlari (yer ustidagi va gʻorlardagi), masjid, maqbara (1437), qaraim kenaslari (ibodatxonalari) xarobalari topilgan. Shaharning sharqiy qismida, 15-asr devori ortida zarbxona, koʻplab turar joylar joylashgan. Boqchasaroyning yuksalishi bilan (asosan, 16-asr boshida) tanazzulga uchragan va 19-asr oʻrtalariga kelib tashlandiq holga kelgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |