Chust tabiat yodgorligi
Chust tabiat yodgorligi — Namangan viloyati Chust tumani Olmos massivi hududida joylashgan tabiat yodgorligi hisoblanib[1], uning umumiy yer maydoni 8,114 ga (81.14 km2; 31.33 kv mi) ni tashkil etadi Mazkur hududning janubiy qismi dengiz sathidan 742 metr, shimoliy qismi 779 metr, sharqiy qismi 764 metr, gʻarbiy qismi esa 774 metr balandlikda joylashgan.
Chust tabiat yodgorligi | |
41°9′12.668″N 71°5′53.653″E / 41.15351889°N 71.09823694°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Yaqinidagi shahar | Chust |
Maydon | 8,114 ga (81.14 km2; 31.33 kv mi) |
Oʻrtacha balandligi | 760−790 m |
Tashkil topgan sanasi | 1990-yil |
Tashkil etilishi
tahrirChust tabiat yodgorligini tashkil etish — Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan Namangan hokimiyatining (shuningdek, Namangan viloyati soveti ijroiy kometetining) 19-avgust 1990-yildagi 65/5-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Qishloq xoʻjalik ekinlarini himoya qilish maqsadida entomologiya qoʻriqxonasi va bogʻ hududini tashkil etish maqsadida Chust tumani Lenin nomli kolxoz (hozirgi Olmos) hududidan Chust rayon soveti prizidumining 1990-yil 31-avgustdagi № II-5/15 son qarorida aniqlangan shartlar asosida 959 ga (9.59 km2; 3.70 kv mi) yer maydoni ajratilgan.
Yer maydoni
tahrirTabiiy yodgorlik maydoni umumiy hisobda 959 ga (9.59 km2; 3.70 kv mi) boʻlib, shundan 2,369 ga (23.69 km2; 9.15 kv mi) suv sharoioti ogʻir boʻlgan ekin yerlari, 1,021 ga (10.21 km2; 3.94 kv mi) qarovsiz qoldirilib samarasiz foydalanilayotgan bogʻzor, 118 ga (1.18 km2; 0.46 kv mi) qismi ariq, 298 ga (2.98 km2; 1.15 kv mi) yoʻllar, 031 ga (0.31 km2; 0.12 kv mi) qurilish bilan band boʻlgan yerlar oʻrni, hamda 4,277 ga (42.77 km2; 16.51 kv mi) hudud qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarni tashkil etadi.
Mazkur hududni tashkil etishdan maqsad entomologik qoʻriqxona tashkillashtirish hisoblanadi. Bu maskan foydali hasharotlar zahirasi boʻlib xizmat qiladi, ularning vegetatsiya davrida koʻchishi paxta, sabzavot va poliz ekinlari shuningdek, bogʻdagi daraxtlarning hosilini oshirish va u yerdagi zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan[2]. Hozirgi kunda koʻp tarmoqli „Mahmudobod“ fermer xoʻjaligi bogʻdorchilik va sabzavot yetishtirish uchun mazkur hududdan foydalanib kelmoqda.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.