Clarence House
Clarence House — Londonning Vestminster shahridagi The Mall (Vestminsterdagi shoh ko'cha)da joylashgan Britaniya qirollik qarorgohi .
Clarence House | |
---|---|
Aprel 2006 | |
Lua xatosi in Modul:Location_map at line 522: Unable to find the specified location map definition: "Module:Location map/data/Birlashgan Qirollik London Westminster" does not exist. | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Britaniyaning qirollik yashash joyi |
Meʼmoriy uslubi | 'Regency' Klassik |
Manzili | The Mall |
Shahar | London |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Koordinatalar | 51°30′14″N 0°08′19″W / 51.5040°N 0.1385°W |
Egasi | Qirollik vakillari |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 4 |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | John Nash |
Vebsayt | |
royal.uk/royal-residences-clarence-house | |
Clarence House |
U 1825–1827 yillarda Avliyo Jeyms saroyi yonida, bo'lajak qirol Uilyam IV, o'sha paytdagi Clarence gertsogi uchun qurilgan.
Yillar davomida u juda keng qamrovli qayta qurish va rekonstruksiyani boshdan kechirdi, ayniqsa, Ikkinchi Jahon urushida Blits paytida dushman tomonidan portlatish natijasida katta zarar ko'rganidan keyin qayta qurish boshlangan, o'sha paytda ham Jon Nesh tomonidan qurilgan asl binoning ozgina qoldiqlari bor edi. Bu bino Angliya milliy boyliklari ro'yxatiga kiritilgan va I darajaga ega. Uy har yozda taxminan bir oy, odatda avgust oyida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo'ladi. To'rt qavatli uy och rangli arka bilan qoplangan.
Clarence House - Uels shahzodasi Charlz va uning rafiqasi Cornwall gersoginyasi Kamillaning rasmiy qarorgohi. 2003-yildan beri Clarence House atamasi Uels shahzodasi shaxsiy ofisining metonimi sifatida ishlatilib kelinadi. (Avliyo Jeyms saroyi atamasi ilgari ishlatilgan.) Clarence House 2003-yildan 2011-yil apreligacha shahzoda Uilyamning va 2003-yildan 2012-yil martigacha shahzoda Garrining rasmiy qarorgohi boʻlgan[1] 1953-yildan 2002-yilgacha u qirolicha Yelizaveta ning uyi edi[2] va u voqeadan ilgari esa bo'lajak qirolicha malika Elizabetning rasmiy uyi hisoblangan.
Tarixi
tahrirUy 1825-1827 yillarda Jon Nesh loyihasi asosida qurilgan. U 1830-yilda Buyuk Britaniya qiroli, oldinlari Clarence gertsogi boʻlgan, Uilyam IV (1830-1837 yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan foydalanishga topshirilgan. U o'sha erda yashagan, chunki oldin o'zi yashagan qo'shni bino- qadimgi Tyudor davrida qurilgan Sent Jeyms saroyini judayam kichik va noqulay deb hisoblagan.
Uy Uilyam IV dan keyin uning singlisi malika Avgusta Sofiyaga va 1840-yilda malikaning vafotidan keyin qirolicha Viktoriyaning onasi Saks-Koburg-Saalfeld malikasi Viktoriyaga o'tdi .[3] 1866- yilda uy qirolicha Viktoriyaning ikkinchi o'g'li Saks-Koburg gertsogi va Gota (Edinburg gertsogi) Alfredning 1900-yilda vafotiga qadar mulkiga aylangan.[4]
Alfredning kichik ukasi qirolicha Viktoriyaning uchinchi o'g'liKonnat va Strathearnning gertsogi boʻlgan shahzoda Artur, 1900-yildan 1942-yildagi vafotigacha uydan foydalangan. Uning o'sha joyda yashashi davomida, 1930-yillarda binoda Sharq va Afrikashunoslik maktabi kutubxonasi joylashgan edi. Bu ham qisqa muddat davom etgan xolos chunki 1939-yilda Londondagi barcha universitetlar ko'chirilgan[5] va o'sha maktab kutubxonasi ham vaqtincha Kembrijga koʻchirilgan.[6]
Ikkinchi Jahon urushi paytida Clarence House Blits voqeasi (1940-1941)sodir boʻlgan paytda dushmanning bombardimon qilishidan zarar ko'rdi. 1942-yilda Connaught gersogi vafotidan so'ng, o'sha yildan to Ikkinchi Jahon urushining tugaguniga qadar uy Qizil Xoch va Sent-Jon tez yordam brigadasi tomonidan o'zlarining shtab-kvartirasi sifatida foydalanishgan.
1947-yilda o'zlarining nikohidan so'ng, u malika Yelizaveta va uning turmush o'rtog'i Edinburg gertsogi shahzoda Filippning qarorgohiga aylandi. Ularning qizi, malika Anna 1950-yil avgust oyida o'sha joyda tug'ilgan. 1953-yilda otasi qirol Jorj VI vafotidan so'ng (1952-yil 6-fevralda vafot etgan) malika Yelizaveta qirolicha Yelizaveta II sifatida taxtga o'tirdi va Bukingem saroyiga ko'chib o'tdi. Uning onasi, Ona qirolicha hisoblangan Yelizaveta singlisi malika Margaret Clarence Housega ko'chib o'tishdi. Bundan tashqari, bevaligining boshlang'ich bosqichida ona qirolicha Shotlandiyadagi Mey qal'asini yozgi qarorgoh sifatida sotib oldi.
Malika Margaret keyinchalik Kensington saroyidagi kvartiraga ko'chib o'tdi ,[7][8] ona qirolicha esa 2002-yil mart oyida vafot etguniga qadar Clarence House va Mey qasrida qoldi.
2002-yildan beri (ona qirolicha Yelizaveta vafotidan soʻng) Clarence House Uels shahzodasi Charlz va uning rafiqasi Cornwall gersoginyasi Kamillaning Londondagi qarorgohi boʻlib kelgan. 2011-yilda turmush qurguniga qadar bu uy shahzoda Uilyamning Londondagi qarorgohi edi.
Yana qarang
tahrir- Birkhal - Shotlandiyaning Aberdinshir shahridagi uy; Uels shahzodasiga ona qirolicha Yelizavetadan meros qolgan
- Highgrove House - Gloucestershire, Tetberi yaqinidagi uy, Uels shahzodasi va Cornwall gersoginyasining oilaviy qarorgohi
- Llwynywermod - Uels, Karmarthenshirdagi uy; Cornwall gersogligiga tegishli
Manbalar
tahrir- ↑ Prince Harry moves into Kensington Palace
- ↑ „Who lived in Clarence House?“. royalcollection.org. 2015-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ Walford. „St James's Palace Pages 100–122 Old and New London: Volume 4. Originally published by Cassell, Petter & Galpin, London, 1878.“. British History Online. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
- ↑ „History of Clarence House“. royal.gov.uk. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ University of London: An Illustrated History: 1836–1986 By N. B. p. 255
- ↑ Nature, 1939, Vol. 144(3659), pp. 1006–1007
- ↑ „History of Clarence House“. royal.gov.uk. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun."History of Clarence House". royal.gov.uk. Archived from the original on 2 May 2014. Retrieved 19 June 2015.
- ↑ Tori V. Martínez. „Palaces on the Periphery: Marlborough House and Clarence House“. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.