Kleyton Endryu Donaldson (talaffuzi: Kleyton Endryu Donaldson; 1984-yil 7-fevralda Angliyaning Bredford shahrida tugʻilgan) — angliyalik futbolchi, „Bradford City“ futbol klubi va Yamayka terma jamoasida oʻynaydi.

Clayton Donaldson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Clayton Andrew Donaldson
Tavallud sanasi 7-fevral 1984-yil (1984-02-07) (40 yosh)
Tavallud joyi Bradford, Angliya
Boʻyi 1.85
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gainsborough Trinity
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2000 Bradford City
2000—2002 Hull City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2005 Hull City 2 (0)
2002—2003 → Harrogate Town 6 (2)
2003 → Scarborough (ijara) 2 (0)
2004 → Halifax Town (ijara) 4 (0)
2004 → Harrogate Town (ijara) 8 (3)
2005—2007 York City 85 (41)
2007—2008 Hibernian 18 (5)
2008—2011 Crewe Alexandra 117 (47)
2011—2014 Brentford 136 (46)
2014—2017 Birmingham City 113 (32)
2015—2016 Yamayka 10 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-dekabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Clayton Donaldson „Bradford City“ futbol klubi va „Hull City“ bitiruvchisi. 2002-yil 22-oktyabrda Liga kubogi doirasida „Port Vale“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Yuqori raqobat tufayli Clayton Donaldson ikki marta „Halifax Town“ va „Harrogate Town“ futbol klublarida ijara asosida oʻynagan. 2005-yilda, „Hull City“ futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Clayton Donaldson „York City“ futbol klubiga qoʻshilgan. Avgust oyida „Crawley Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubda debyut qilgan. Bir oy oʻtgach, „Cambridge United“ futbol klubiga qarshi bahsda Clayton Donaldson „York City“ safida birinchi golini urgan. Mavsum yakunida u jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan. 15-sentyabr kuni „Falkirk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u Hibernian darvozasiga birinchi golini kiritib, penaltini aniq amalga oshirgan[1]. 29-sentyabr kuni „Kilmarnock“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Clayton Donaldson xet-trik qayd etgan[2].

2017-yilning yozida uning shartnomasi tugagan va Clayton Donaldson „Sheffield United“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[3][4]. 9-sentyabr kuni „Sanderlend“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan [5]. Xuddi shu oʻyinda Clayton Donaldson „dubl“ga erishgan va „Sheffield United“ futbol klubi safidagi ilk gollarini kiritgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

2015-yilda Clayton Donaldson ota-onasining vatani Yamaykada oʻynash istagini bildirgan. Oʻsha yili u Amerika kubogi va CONCACAF oltin kubogida ishtirok etish uchun dastlabki tarkibga kiritilgan, ammo pasport ololmagani tufayli turnirlarda qatnasha olmagan. 14-noyabr kuni JCh-2018 saralashida Panamaga qarshi oʻyinda Kleyton Yamayka terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Darren Mettoks oʻrniga maydonga tushgan[6]. 18-noyabr kuni Gaiti terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Clayton Donaldson terma jamoadagi ilk golini urgan[7].

2016-yilning yozida Clayton Donaldson AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan[8][9]. Turnirda u Meksika, Venesuela va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10].

Statistikasi

tahrir
Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hull City 2002—2003 2 0 0 0 1 1 3 1
2003—2004 0 0 0 0 0 0 2 0 2 0
2004—2005 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 0 0 0 0 3 1 5 1
Harrogate Town (ijara) 2002—2003 6 2 6 2
Scarborough (ijara) 2003—2004 2 0 2 0
Halifax Town (ijara) 2003—2004 4 0 0 0 4 0
Harrogate Town (ijara) 2004—2005 8 3 2 1 1 0 11 4
York City 2005—2006 42 17 2 1 1 0 45 18
2006—2007 43 24 2 1 3 1 48 26
Jami 85 41 4 2 4 1 93 44
Hibernian 2007—2008 18 5 1 0 2 1 21 6
2008—2009 0 0 0 0 0 0
Jami 18 5 1 0 2 1 0 0 21 6
Crewe Alexandra 2008—2009 37 6 3 1 1 0 2 0 43 7
2009—2010 37 13 1 0 1 0 0 0 39 13
Jami 117 47 5 1 4 0 4 1 130 49
Brentford 2011—2012 46 11 2 0 1 0 2 0 51 11
2012—2013 44 18 7 4 1 0 4 2 56 24
Sheffield United 2017—2018 26 5 3 0 29 5
Bolton Wanderers 2018—2019 31 1 2 1 1 0 34 2
Bradford City 2019—2020 20 4 0 0 0 0 1 0 21 4
Jami 55 8 2 2 2 0 3 1 62 11
York City 2021—2022 33 8 5 4 9 2 47 14
Gainsborough Trinity 2022—2023 21 14 4 2 1 1 26 17
Umumiy faoliyatida    657 212 39 18 15 2 31 9 742 241

Manbalar

tahrir
  1. „Фалкирк VS. Хиберниан 1:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 15-sentyabr). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  2. „Хиберниан VS. Килмарнок 4:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 29-sentyabr). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  3. „Striker signs“ (en). Sheffield United F.C. (2017-08-031). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
  4. Rodger, James. „Birmingham City transfer deadline day wrap-up: The lowdown on 13 new players and why Alex Song wasn't the 14th“ (en). Birmingham Mail (2017-yil 1-sentyabr). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  5. „Сандерленд VS. Шеффилд Юнайтед 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-sentyabr). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
  6. „Ямайка VS. Панама 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-noyabr). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  7. „Гаити VS. Ямайка 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-noyabr). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  8. „Ямайка VS. Венесуэла 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 5-iyun). 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  9. „Мексика VS. Ямайка 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-iyun). 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  10. „Уругвай VS. Ямайка 3:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 14-iyun). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.