Co Adriaanse (talaffuzi: Ko Adrianse; 1947-yil 21-iyul Amsterdam) – gollandiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.

Co Adriaanse
Adriaanse 2009-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-iyul 1947-yil (1947-07-21) (76 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Gollandiya
Ampluasi Himoyachi

Faoliyati tahrir

Co Adriaanse 6 yil De Voleykkers professional klubida oʻynagan (1964-yildan 1970-yilgacha), keyingi 6 yilni Utrextda (1970—1976) oʻtkazgan va 29 yoshida klubni tark etgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Ilk yillari tahrir

Murabbiylik faoliyatini 1979-yilda Zilvermeuen jamoasida boshlagan, 4 yildan soʻng Adrianse AZga skaut va yoshlar murabbiyi sifatida qoʻshilgan. Bir yil oʻtgach, 1984—1985-yilgi mavsumda u PEC Zwolle bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va shartnoma tugaganidan keyin ADO Den Haag bilan xuddi shunday shartnoma imzolagan. Keyin Co 5 mavsum davomida Amsterdamning „Ajax“ yoshlar jamoasi murabbiyi lavozimini egallagan.

„Villem II“ tahrir

Uning murabbiylik faoliyatidagi keyingi jamoasi Villem II boʻlgan. Birinchi chempionatda beshinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Adriaanse jamoa bilan ikkinchi oʻrinni egallagan va „Gollandiyada yil jamoasi“ unvonini olgan. Bu esa turnir jadvalining eng quyi pogʻonasini egallashi bilan tanilgan jamoa Chempionlar ligasida ishtirok etishini anglatgan. Ammo Chempionlar ligasi Villem uchun katta toʻsiq boʻlgan va ular guruh bosqichidagi kurashni atigi 2 ochko bilan yakunlashgan („Spartak“ va „Bordo“ bilan durang oʻynashgan). Ushbu muvaffaqiyatsiz ishtirokdan soʻng, Co Adriaanse 2000-yil 20-mayda klubni tark etgan.

„Ajax“ tahrir

Adriaanse „Ajax“ga murabbiy sifatida qaytgan, ammo debyut mavsumida 3-oʻrinni egallaganidan soʻng, 2001-yilning 29-noyabrida ishdan boʻshatilgan. „Ajax“ning navbatdagi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani 29-marta Gollandiya chempioniga aylantirgan.

AZ tahrir

2002-yilning noyabrida Co Adriaanse AZ klubi bilan shartnoma imzolagan. Birinchi mavsumda 10-oʻrinni egallagandan soʻng, keyingi mavsumda 5-oʻrinni egallab, jamoaga 2004—2005-yilgi UEFA kubogida qatnashish imkonini qoʻlga kiritgan.

Portu tahrir

2005—2006-yilgi mavsumda Co Adriaanse boshchiligidagi jamoa Portugaliya chempioni boʻlgan.

Qatar olimpiya terma jamoasi tahrir

2010-yil 14-yanvarda Adriaanse Qatar olimpiya terma jamoasini boshqarish uchun, 2,5 yillik shartnoma imzolagan[1].

Tvente tahrir

2011-yilning 20-iyunida Co Tvente klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Shartnoma 1 yil muddatga imzolangan[2][3].

Yutuqlari tahrir

Portu

  • Portugaliya chempioni: 2005—2006
  • Portugaliya kubogi sohibi: 2005—2006

Red Bull

  • Avstriya chempioni: 2008—2009
  • Gollandiya Superkubogi sohibi: 2011-yil
Shaxsiy yutuqlari
  • Gollandiyaning eng yaxshi murabbiyi: 2004-yil
  • Portugaliyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2006-yil

Manbalar tahrir

  1. „Co Adriaanse coach Jong Qatar“ (nl). NOS.nl. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  2. „Co Adriaanse trainer FC Twente“ (nl). Officiële website van FC Twente (2011-yil 20-iyun). 2012-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
  3. „Co Adriaanse gepresenteerd in Enschede“ (nl). Officiële website van FC Twente (2011-yil 27-iyun). 2012-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.