Complicated“ kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Avril Lavigne ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Let Go (2002) nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2002-yilning 11-martida albomning asosiy singli oʻlaroq Arista Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Lavigne va The Matrix jamoasi (Lauren Christy, Scott Spock va Graham Edwards) yozgan. Musiqiy jihatdan „Complicated“ pop-rok janridagi qoʻshiqdir[2].

„Complicated“
Avril Lavigne qoʻshigʻi
„Let Go“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 11-mart, 2002-yil(2002-03-11)
Studiya Decoy (Valley Village, Los-Anjeles)
Janr
Davomiyligi 4:04
Leybl Arista
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) The Matrix
Avril Lavigne xronologiyasi
Complicated
(2002)
„Sk8er Boi“
(2002)
Klipi
„Complicated“ YouTubeda

„Complicated“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Ashula Billboard Hot 100 xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShning oʻzida 1,1 million nusxada sotilgan. Bundan tashqari, tarona Billboard Adult Top 40 xit-paradida ketma-ket oʻn olti hafta davomida birinchi poʻgonanani egallab turgan. Xalqaro miqyosda „Complicated“ Avstraliya, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Norvegiya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Yigirmadan ortiq davlat xit-paradlarida esa eng yuqori beshtalik safidan oʻrin olgan. Shuningdek, ashula „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi ayol pop ijrosi“ nominatsiyalarida Grammy mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan.

Klipi tahrir

„Complicated“ qoʻshigʻi uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga The Malloys [en] rejissyorlik qilgan. Klip Lavigne guruhdoshlaridan savdo markaziga borishni xohlaysizlarmi, deb soʻrashidan boshlanadi. Ular uning savoliga shijoat bilan „ha“, deb javob berishadi hamda skeytbord bilan savdo markazi tomon yoʻl olishadi. Videoklipda Lavigne va uning guruhdoshlari savdo markazi xodimlari bilan urush-janjal qilgan sahnalar ham aks etgan. Bundan tashqari, klipda Lavigne gitara chalib, skeyt-parkda qoʻshiq ijro etayotgani ham koʻrsatilgan.

Qoʻshiq klipi Los-Anjeles shahridagi Eagle Rock Plazasida suratga olingan. Suratga olish ishlari ikki kun (2002-yil 4-5-mart) davom etgan[3]. Suratga olish davomida savdo markazi ochiq turgan. Klip 2002-yilning aprelida chiqarilgan[4].

2022-yilning may oyi holatiga koʻra, qoʻshiq klipi YouTubeda 500 million martadan ortiq tomosha qilingan[5].

Klip Billboard jurnali tuzgan „21-asrning 100 eng buyuk videokliplari“ („100 Greatest Music Videos of the 21st Century“) roʻyxatida 41-oʻrinni egallagan[6].

Jamoa tahrir

Relizi tahrir

Hudud Sana Format(lar) Leybl Mnb.
  AQSh 2002-yil 11-mart
  • Adult contemporary radio
  • hot adult contemporary radio
Arista [8]
2002-yil 7-may Contemporary hit radio [9]
  Germaniya 2002-yil 26-avgust CD [10]
  Birlashgan Qirollik 2002-yil 23-sentyabr
  • Kasseta
  • CD
[11]
  Avstraliya 2002-yil 15-iyul CD [12]
2003-yil 17-fevral [13]

Manbalar tahrir

  1. Music, All „Avril Lavigne - Complicated (Reviews, Songs & More)“. AllMusic (2024-yil 6-aprel). Qaraldi: 11-iyul 2022-yil.
  2. „The 50 Greatest Minivan Rock Songs“. Billboard. Qaraldi: 2–may 2020–yil. „A mellow and grungy debut single that introduced Avril Lavigne — a then-rising pop-punk rocker — to the world as an antidote to the then-dominant bubblegum pop, and previewed her first album Let Go.“{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. CMJ New Music Report (23–dekabr 2002–yil), CMJ New Music Report, 23 December 2002, qaraldi: 28 December 2022{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. Billboard Video Monitor (27–aprel 2002–yil), Billboard Video Monitor Report, 27 April 2002, qaraldi: 29 December 2022{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. AvrilLavigneVEVO, Avril Lavigne – Complicated (Official Music Video), qaraldi: 11 February 2019
  6. „Best Music Videos Since 2000: Billboard Critics Pick 100 — Billboard“. Billboard.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Complicated (EU Maxi-one Single liner notes). Avril Lavigne. Arista Records. 2002. 74321945772.{{cite AV media notes}}: CS1 maint: others in cite AV media (notes) ()
  8. „Radio & Records“ (8-mart 2002-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  9. „Radio & Records“ (3-may 2002-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.
  10. „Complicated: Amazon.de: CDs & Vinyl“. Amazon.de.
  11. „New Releases – For Week Starting 23 September 2002: Singles“ (PDF). Music Week. 21–sentabr 2002–yil. 25-bet. Qaraldi: 28–avgust 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  12. „The ARIA Report: New Releases Singles – Week Commencing 15th July 2002“. ARIA (15-iyul 2002-yil). 2002-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2021-yil.
  13. „SONY BMG MUSIC ENTERTAINMENT :: Australia :: CD Releases“. Sonymusic.com.au. 16-may 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.