Constance Smith (1929-yil 7-fevral – 2003-yil 30-iyun) – kelib chiqishi irlandiyalik boʻlgan ingliz va amerika kino aktrisasi.

Constance Smith
Tavalludi 7-fevral 1929-yil
Vafoti 30-iyun 2003-yil(2003-06-30)
(74 yoshda)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1947-1960-yillar

Biografiyasi

tahrir

Constance Smith Limerikda Britaniya armiyasidagi harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan va oilaning 11 farzandi ichida eng kattasi boʻlgan. Smith 11 yoshligida uning otasi vafot etgan va onasi uni monastirga oʻqishga yuborishga majbur boʻlgan. 16 yoshida Constance Smith Dublindagi goʻzallik tanlovida gʻolib chiqqan. Uning onasi bu muvaffaqiyatdan, shuningdek, qizining taniqli kino aktrisasi Hedy Lamarrga oʻxshashligidan foydalanib, taniqli kinostudiyalarga takliflar bilan xatlar yuborgan. 1947-yilda Constance Smith kinoda epizodik rollarda debyut qilgan.

1950-yilda Constance Smith 20th Century Fox kinostudiyasi bilan shartnoma imzolagan. 1952-yilda u „Oskar“ mukofotini topshirish marosimini oʻtkazgan[1]. Uning kinolardagi eng yaxshi roli „Man in the Attic“ (1953) trilleridagi roli hisoblanadi. Biroq, Smithning Gollivuddagi karyerasi aktyorlik qobiliyatining zaifligi, shuningdek, oiladagi yomon muhit tufayli rivojlanmasdan qolgan. U giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni isteʼmol qila boshlagan. 1955-yilda aktrisa Italiyaga joʻnab ketgan va u yerda kinolarda bir qator ikkinchi darajali rollarni, xususan, „La congiura dei Borgia“ filmidagi Lucretia Borgia rolini ijro etgan. Rimda boʻlganida Smith barbituratlar yordamida oʻz joniga qasd qilishga uringan. 1960-yilga kelib u kino sanʼatini butunlay tark etgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

1951-yilda Constance Smith kino aktyor Bryan Forbesga turmushga chiqqan va u bilan 1955-yilgacha birgalikda hayot kechirgan. 1962-yilda u oʻsha paytdagi yigiti Paul Rothaga pichoq urganligi uchun uch oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. 1968-yilda Smith aynan oʻsha Paul Rothani joniga suiqasd qilgani uchun sudlangan. 1974-yilda esa Paul Rothaga turmushga chiqqan[2][3]. Constance Smith bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga urinib koʻrgan. Umrining soʻnggi yillarida u alkogolga qaram boʻlib qolgani uchun bir necha bor davolangan. Smith turli xil ishlarda, xususan, farrosh boʻlib ishlagan. U 2003-yil 20-iyunda Londonda nomaʼlum holda vafot etgan.

Filmografiyasi

tahrir

Radioda

tahrir
Yil Dastur Qism
1953-yil Radio Theater Taxi[4]


Manbalar

tahrir
  1. Cathy Halloran. Documentary to tell tragic tale of Limerick-born star(ingl.) // RTÉ. — 2019-01-02. Архивировано 10 noyabr 2019 года.
  2. Campbell Spray. „The forgotten Irish starlet who fell into tragic downward spiral“ (en). independent. 2019-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  3. Beauty held in knifing of director // Los Angeles Herald & Express. — 1961. — 15 dekabr.
  4. Kirby, Walter. „Better Radio Programs for the Week“. The Decatur Daily Review (1953-yil 18-oktyabr), s. 48. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul. Andoza:Open access

Havolalar

tahrir