Dahbed madrasasi — Samarqand madrasasi. Dahbed madrasasi Katta Soʻgʻd tumanida joylashgan boʻlgan. Tadqiqotchi Komiljon Kattayev ushbu madrasa Yalangtushbiy Bahodir tomonidan bunyod etilganligini yozadi. Madrasa atrofidagi qishloqlar Turkiston general-gubernatorligi davrida Dahbed volostiga birlashtirilgandan va unda 45 masjid faoliyat koʻrsatgan[1]. 27 ta masjid yonida maktablar boʻlgan. V. P. Chertova tadqiqotlariga koʻra Dahbed madrasasini oʻrta toifadagi oʻquv dargohlaridan biri boʻlib dargohni tamomlaganlar ilm olish maqsadida Buxoro va Samarqand madrasalariga borardi va oliy ilmiy daraja olardi deb yozgan. Tadqiqotchi Komiljon Kattayev ushbu madrasada 40 hurja boʻlgan va hozirgi kunda Oybarchin univermagi oʻrnida deb koʻrsatgan. Manbalarda V. P. Chertova aytganlarni toʻldiradi va aniqlashtiradi. Amir Abdulkarim Yalangtushbiy Bahodir ushbu madrasa uchun katta vaqf mulklari ajratgan boʻlgan. Madrasa Samarqanddagi 3-darajali oliy toifali oʻquv yurtlari qatoriga turgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaning 1882—1890-yillarda oid vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Madrasa uchun Xolvai volosti Saricha oqsoqolligi Rabot qishlogʻida 111 tanob yer — 59 rubl, Parcha qishlogʻida 1000 tanob yer — 266 rubl, 1 tegirmon — 3 rubl, Dahbet voolosti Tarlontepa qishlogʻida 21 tanob yer — 12 rubl, Yangiqoʻrgʻon volosti Qoraxitoy oqsoqolligi Devona qishlogʻida 350 tanobb yer — 280 rubl, 1 ta tegirmon — 4 rublni tashkil etgan. Hammasi boʻlib madrasa uchun 1482 tanob yer vaqf qilingan. Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazar fikriga koʻra Samarqand viloyati boshqarmasi vaqf ishlari boʻlimi ish yurituvchisi V. L. Vyatkin va boshqa rus maʼmurlari vakillari ushbu madrasa faoliyatiga deyarli qiziqmagan. Ular faqat madrasaning moddiy mablagʻlari hisob-kitob bilan mashgʻul boʻlishgan[2].

Madrasa
Dahbed madrasasi
Dahbed madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Yalangtushbiy Bahodir
Homiylar Yalangtushbiy Bahodir
Binokorlik XVII asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Meʼmorchiligi

tahrir

Dahbed madrasasi 40 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.