Sabancha, dala mushugi (Felis fi byca) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Uy mushuklarining nayel boshi boʻlsa kerak. Afrika, Oʻrta dengizning baʼzi orollari, Shim.

Gʻarbiy Xitoy, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Zakavkazyeda tarqalgan. Gavdasi 63—70 sm, dumi 23—33 sm. Juni kulrangsariq, qora dogʻli, dumida bir nechta qora halqasimon chiziqdar bor. Koʻpayishida tulki, boʻrsiq, jayra va boshqa hayvonlarning inidan foydalanadi. Aprel—mayda 3—5 ta bola tugʻadi. Savanna, saxro va choʻllarda, togʻ etaklarida, toʻqaylarda yashaydi. Ondatra, yumronqoziq, qushlar, kamdankam quyon va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Moʻynasining sifati past, kam ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil