Bosh menuni ochish

Dallas — AQSH janubidagi shahar, Texas shtatida. Triniti daryosi boʻyida. Aholisi 1188 ming kishi (2000). AQSHning paxtachilik va chorvachilik rayonlari chegarasida joylashgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. AQSH janubidagi yirik savdo-moliya va neftgaz sanoati markazi. Dallasda neft sanoati va paxta tozalash korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlovchi, kimyo (sovun, sintetik kir yuvish vositalari i. ch.), oziq-ovqat, paxta tozalash, ip gazlama, tikuvchilik korxonalari bor. Samolyotsozlik, avtomobilsozlik, radioelektronika, aviaraketa sanoati, dvigatellar, q. x. mashinalari, sovitkichlar i. ch. rivojlangan. D.— yirik paxta bozori. Universitet (1911), xalqaro aeroport, muzey va teatrlar bor. D.ga 1841 yilda asos solingan. 1856 yildan shahar. Dallasda 1963 yil 22 noyabrda AQSH prezidenti Jon F. Kennediga suiqasd uyushtirilgan.[2]

Shahar
Dallas
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat AQSh
Mavqe shahar
Shtat Texas
Koordinatalari 32°46′58″N 96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W / 32.78278; -96.80389Koordinatalari: 32°46′58″N 96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W / 32.78278; -96.80389
Mer Eric Johnson (D)
Maydoni 999,3 km²
Dengiz sathidan balandligi 131 m
Aholisi 1,197,816(9thU.S.) nafar (2010)
Zichlik 1358,2 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 214, 469, 972
FIPS kodi 48-19000[1]
Rasmiy sayti [www.dallascityhall.com link]
Dallas (AQSh)
Dallas
Dallas (Texas)
Dallas

AholisiTahrirlash

1,197,816 (9thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 ).[3] Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1358,2 nafar kishi.

GeografiyasiTahrirlash

Maydoni – 999,3 km2. Shundan 881,9 km2 quruqlik, 117,4 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 131 m balandlikda joylashgan.

ManbalarTahrirlash

  1. American FactFinder. United States Census Bureau. 2008-01-31.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U.S. Census Bureau, Population Division (1). Population Estimates, Accepted Challenges to Vintage 2007 Estimates. February 17, 2010.[sayt ishlamaydi]

HavolalarTahrirlash