Dalvarzintepa — qad. shahar harobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani markazi — Shoʻrchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan oʻrab olingan shoh saroy qalʼasi va shaharning oʻzidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega boʻlib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi D.da 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 y.dan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da „Kushonlar davrida Markaziy Osiyo“ mavzuida oʻtgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini oʻrganish natijalari va hokazo) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti D.oʻrnida boʻlgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. av. 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi D. oʻrnida kichik manzilgoh paydo boʻlgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida D. shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shim. Baqtriya hududida D.dan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar, shuningdek, torkoʻchalar boʻlgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh koʻchalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. boʻlgan shaxmat donalarini topdi (qarang Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qoʻrgʻonga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda koʻp xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va 11 xumdon ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. D.ning shim.-gʻarbiy qismidan Kushon maʼbudalaridan biriga bagʻishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohkoʻchalardan biri oʻtgan shahar markazida budda majmuasi — ulugʻvor haykallari boʻlgan ibodatxona qad koʻtargan (dala belgisi: DT-25). Mil. 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin D. vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qalʼa (hisor) shoh saroyi oʻrnida) saqlanib kelgan.

Arablar istilosidan soʻng shahar batamom vayron kilinib, hayot D.dan 10 km chamasi sharqsa, Budrochtepa oʻrniga koʻchgan. 1989 y. D.ni oʻrganishda yangi bosqich boʻldi — Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashiharadagi Arxeologiya institutining prof. Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini oʻrganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaqarsozlik jarayonining oʻziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yoʻli izlari, Ku-shonlar davridagi diniy eʼtiqodlarning oʻzaro taʼsiri va ular Baqtriya-Tohariston sanʼatida aks ettirilishi yapon va oʻzbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi.

Ly.;Dalverzintepe [Kollektiv], T., 1978; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepe — Kushanskiy gorod na yuge Oʻzbekistana, T., 1978; Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put. Ensiklopedicheskiy spravochnik, T., 1999.

Bahodir Turgʻunov.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil