Budrochtepa — qad. shahar harobalari. Surxondaryo viloyati Denov tumanila joylashgan. Maydoni salkam 120 ga. Unga Zahartepa, Oqmozortepa va Dunyotepa deb nomlangan tepaliklar kiradi. B. oʻrta asrlarda Chagʻoniyon deb atalib, podsho saroyi, shaxriston va raboddan iborat boʻlgan. B. Afrosiyob devoriy rasmlaridagi sugʻdcha yozuvlarda „Chagʻoniyon“, arab manbalarida „Sagʻoniyon“ deb atalgan. Ilk bor 1960-yilda B. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan, 1960-yildan beri shu ekspeditsiya ishlaydi. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, B. oʻz boshidan bir necha tarixiy bosqichlarni kechirgan: 1) miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asrlarda Oqmozortepa va Dunyotepa oʻrinlarida kichkina qishloq barpo etilgan; 2) milodiy 1—3-asrlarda shahar hajmi 10 ga yetib, Oqmozortepa shoh saroyiga aylantirilib, 10 m. qalinlikdagi mudofaa devori bilan oʻralgan, Dunyotepa esa katta manzilgoh boʻlgan; 3) milodiy 3—5-asrlar boshlarida shahar inqirozga yuz tutgan, mudofaa devorlari harobaga aylangan; 4) 5-asr oxiri va 8-asr boshlarida shahar yana tiklandi va 3 qismdan: shoh saroyi, shahriston va raboddan tashkil topgan. Shahriston atrofidagi devorning uz. 3 km ga yetgan; 5) 8—9-asrlarda, arab istilosidan soʻng shahar mavjud boʻlib, uning hajmi bir oz kichik boʻlgan; 6) 1011-asrlar birinchi yarmida shahar taraqqiy etgan. Shaharning umumiy maydoni 6 km² ga yetgan; 7) 11 —12-asr oʻrtalarida shahar saljuqiylar sultoni Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. Ashyoviy dalillar shu paytda Dunyotepada hayot toʻxtaganligini va shahristonning ham mavqei pasayganligini koʻrsatdi; 8) 12-asr oʻrtasi — 13-asr boshlarida shahar yana tiklangan; 9) 13-asr boshida shahar moʻgʻul istilochilari tomonidan vayron qilinib 15-asr boshlarida esa shahristonda hayot tamomila toʻxtagan, Dunyotepada hayot qisman kechgan, Oqmozortepa esa pishiq gʻishtlar bilan tiklangan qabristonga aylantirilgan. Shahar oʻrni raboddan sharkda — Gʻishli degan joyda paydo boʻlgan, u yerda madaniy qatlam 4-5 m ni tashkil qiladi; 10) 16-asr boshlarida shayboniylar tomonidan shahar batamom vayron qilingan. Chagʻoniyon poytaxti endi B. dan 10 km cha uzoqlikda joylashgan „Dexinav“ga, hozirgi Denovta koʻchgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida har bir davr uchun kerakli ashyoviy dalillar topilgan. Ular orasida sopol idishtovoqdar, haykalchalar, Kushon podsholarining mis tangalari va soʻnggi davrdagi kumush va jez tangalari, toshdan va qimmatbaho ashyolardan tayyorlangan taqinchoqlar, shisha idishlar, temir va jezdan tayyorlangan qurolaslahalar va uyroʻzgʻor buyumlari koʻplab topilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Budrochtepa" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar tahrir

  • Drevnosti Yujnogo Oʻzbekistana, Katalog, Tokio, 1991.