Danny Kristo (talaffuzi: Dani Kristo) (1990-yil 18-iyunda tugʻilgan) – amerikalik professional xokkeychi. Danny Kristo hozirda Buyuk Britaniya EIHLda „Sheffield Steelers“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Danny Kristo
Kristo Chicago Wolves klubida
Tugʻilgan joyi 18-iyun 1990-yil (1990-06-18) (34 yosh)
Eden Prairie, Minnesota, AQSH
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
EIHL
Sobiq jamoalar
Sheffield Steelers
Hamilton Bulldogs
Hartford Wolf Pack
Chicago Wolves
WBS Penguins
Charlotte Checkers
Dinamo Riga
Brynäs IF
SC Rapperswil-Jona Lakers
Kunlun Red Star
Augsburger Panther
Rytíři Kladno
Västerviks IK
HK Dukla Michalovce
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 56-oʻrindagi tanlov, 2008
Montreal Canadiens
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Oʻyin faoliyati

tahrir

Danny Kristo „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi NHL kirish loyihasida 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi[1].

2013-yil 2-iyulda Danny Kristo ''Montreal Canadiens" xokkey klubi tomonidan oʻng qanot himoyachisi Christian Thomas oʻrniga „New York Rangers“ xokkey klubiga almashtirildi[2]. 2014-yilning 19-avgustida Danny Kristo „New York Rangers“ xokkey klubi bilan yana bir yillik 826 875 dollarlik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

2015-yilning 2-iyulida Danny Kristo „Rangers“ xokkey klubini erkin agent sifatida tark etib, „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[3]. 2015—2016-yilgi mavsumda Danny Kristo „St. Louis Blues“ klubining AHLdagi filiali „Chicago Wolves“ xokkey klubi bilan oʻynashga tayinlangan. 2016-yilning 2-avgustida Kristo „St Louis Blues“ xokkey klubi bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

2016—2017-yilgi mavsumda Kristo 2016-yil 19-noyabrda himoyachi Reid McNeil evaziga „WBS Penguins“ xokkey jamoasiga berildi[4].

Danny Kristo 2017-yil 30-iyun kuni KHLning LatviyadagiDinamo Riga“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlib, xorijdagi birinchi shartnomasini imzoladi[5].

SC Rapperswil-Jona Lakers“ xokkey klubi safida Shveysariya Milliy ligasida ikki yillik faoliyatdan soʻng, Danny Kristo KHLga qayta erkin agent sifatida qaytdi. Keyin Danny Kristo 2020-yil 29-iyul kuni Xitoyning „Kunlun Red Star“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi[6]. Kristo 2021-yil 8-yanvarda Germaniyaning Deutsche Eishockey Liga (DEL) klubi „Augsburger Panther“ xokkey jamoasiga qoʻshilish uchun KHLdan ketdi[7].

„Augsburger Panther“ xokkey klubi bilan mavsumni yakunlagandan soʻng, Danny Kristo Chexiyaga joʻnab ketdi. Keyin Danny Kristo 2021-yil 14-iyulda ELH vakili „Rytíři Kladno“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[8].

2022-yil oktyabr oyida Danny Kristo Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtdi. U yerda Danny Kristo Elit Xokkey Ligasi (EIHL) jamoasi „Sheffield Steelers“ xokkey jamosi bilan shartnoma imzoladi[9].

Faoliyat statistikasi

tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

tahrir
    Muntazam mavsum   Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2006—2007 U. S. NTDP U17 USDP 59 12 16 28 36
2006—2007 U. S. NTDP U18 NAHL 39 8 10 18 34 6 0 1 1 2
2007—2008 U. S. NTDP U17 USDP 2 1 1 2 2
2007—2008 U. S. NTDP U18 NAHL 14 4 4 8 6
2007—2008 U. S. NTDP U18 USDP 55 21 17 38 49
2008—2009 Omaha Lancers USHL 50 22 36 58 18 3 3 0 3 2
2009—2010 University of North Dakota WCHA 41 15 21 36 8
2010—2011 University of North Dakota WCHA 34 8 20 28 18
2011—2012 University of North Dakota WCHA 42 19 26 45 33
2012—2013 University of North Dakota WCHA 40 26 26 52 24
2012—2013 Hamilton Bulldogs AHL 9 0 3 3 2
2013—2014 Hartford Wolf Pack AHL 65 25 18 43 18
2014—2015 Hartford Wolf Pack AHL 72 22 24 46 35 15 3 3 6 2
2015—2016 Chicago Wolves AHL 71 25 23 48 29
2016—2017 Chicago Wolves AHL 8 0 2 2 2
2016—2017 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 32 6 5 11 10
2016—2017 Charlotte Checkers AHL 14 4 6 10 4 5 0 1 1 0
2017—2018 Dinamo Rīga KHL 42 8 13 21 6
2018—2019 Brynäs IF SHL 10 0 4 4 6
2018—2019 SC Rapperswil-Jona Lakers NL 37 9 15 24 6
2019—2020 SC Rapperswil-Jona Lakers NL 39 11 11 22 0
2020—2021 Kunlun Red Star KHL 14 4 0 4 4
2020—2021 Augsburger Panther DEL 31 8 12 20 10
AHL (jami) 271 82 81 163 100 20 3 4 7 2

Xalqaro

tahrir
Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008-yil Qoʻshma Shtatlar WJC18   7 3 3 6 2
2009-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 6 1 0 1 0
2010-yil Qoʻshma Shtatlar WJC   7 5 3 8 0
2013-yil Qoʻshma Shtatlar WC   10 1 2 3 2
Oʻsmirlar (jami) 20 9 6 15 2
Kattalar (jami) 10 1 2 3 2

Manbalar

tahrir
  1. „Men's WCHA awards announced“. Western Collegiate Hockey Association (2013-yil 14-mart). Qaraldi: 2013-yil 14-mart.
  2. „Rangers trade Thomas to Canadiens for Kristo“. Milliy xokkey ligasi (2013-yil 2-iyul). Qaraldi: 2013-yil 2-iyul.
  3. St. Louis Blues. „Blues agree terms with Danny Kristo“. Twitter (2015-yil 2-iyul). Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  4. „Blues, Penguins swap minor leaguers“. CBS Sports (2016-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-noyabr.
  5. „Dinamo reach agreement with American Danny Kristo“ (Latvian). Dinamo Riga (2017-yil 30-iyun). 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  6. Danny Kristo. „Excited for next opportunity in KHL with Kunlun“. Instagram (2020-yil 29-iyul). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  7. „Panthers sign winger Danny Kristo“ (German). Augsburger Panther (2021-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  8. „Rytíři Kladno sign 6 overseas players“ (Czech). Rytíři Kladno (2021-yil 14-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  9. „Steelers Sign Danny Kristo“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.