Oladapo Joshua Afolayan (talaffuzi: Oledapo Joshua Afalayn 1997-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, birinchi liganing Bolton Wanderers klubida qanot yoki markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.

Dapo Afolayan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oladapo Joshua Afolayan[1]
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1997-yil (1997-09-11) (26 yosh)
Tavallud joyi Harrow, Angliya
Boʻyi 5 ft 11 in (1.80 m)[2]
Ampluasi Qanot himoyachisi, markaziy hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bolton Wanderers
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2006 Harrow St Marys
2006—2013 Chelsea
2013—2015 Toronto FC
2015—2016 Barnet
2016 Tooting & Mitcham United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Toronto FC III
2015 ANB Futbol
2016—2017 Loughborough University 11 (3)
2017—2018 Solihull Moors 45 (15)
2018—2021 West Ham United 0 (0)
2019Oldham Athletic (ijara) 10 (0)
2019—2020Mansfield Town (ijara) 6 (1)
2021Bolton Wanderers (ijara) 21 (1)
2021– Bolton Wanderers 60 (14)
Milliy terma jamoa
2017 Angliya C 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)

U yoshligini koʻplab klublarda oʻtkazdi, masalan: Harrow St Marys, Chelsea, Toronto FC, Barnet, Tooting & Mitcham United va Toronto Varsity Blues shular jumlasidan. U oilasi bilan Kanadaga koʻchib oʻtdi, keyin esa Angliyaga qaytib, Loughborough universitetida qurilish muhandisligi boʻyicha oʻqishga kirdi[3]. U 2017-yil fevral oyida Solihull Moors bilan shartnoma imzoladi va 50 oʻyinda 15 ta go'l urdi. U 12 oydan soʻng Premer-liganing „West Ham United“ klubiga oʻtdi. Afolayan Angliya C jamoasi bilan ham shugʻullangan. U 2018-19-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Oldham Athletic”da, 2019–20-yilgi mavsumning birinchi yarmini “Mansfield Town”da ijarada oʻtkazdi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Afolayan 5 yoshgacha boʻlgan Harrow Sent-Meris jamoasiga qoʻshilgan. U toʻqqiz yoshida „Arsenal“ dan kelgan taklifini rad etib, Chelseadagi yoshlar tizimiga oʻtgan[4][5][6]. U oʻsmirlik chogʻida past boʻyi bilan, qanot himoyachisi sifatida oʻynash bilan cheklangan[5]. Afolayan 14 yoshida „Chelsea“ ni tark etdi. Sababi akademiyadagi faoliyati maktabga salbiy tasir koʻrsatayotgan edi.

15 yoshida Afolayan Kanadaga koʻchib oʻtdi va vaqtni Ontario 1-ligasida Toronto FC zaxira tarkibida oʻtkazdi. Keyinchalik u 16 yoshga toʻlganiga qaramay, "birinchi jamoada biroz mashgʻulot oʻtkazgan va ermain Defoe, Michael Bradley, Jozy Altidore va Sebastian Giovincobilan birgalikda toʻp surgan[6]. 2015-yilgi mavsum oxirida u Ontario 1-ligasida ANB Futbol jamoasida oʻynadi[7]. U Kanadada boʻlgan davrda Toronto Varsity Blues universitetida ham oʻynagan[8][9].

Afolayan 18 yoshida Loughborough universitetida qurilish muhandisligi darajasini oʻrganish uchun Angliyaga qaytib keldi. U Barnet va Tooting & Mitcham Unitedda yoshlar futboli oʻynagan[10]. U oʻqish paytida Loughboroughuniversiteti futbol jamoasida oʻynashni davom ettirdi va Midland ligasida klub uchun 11 oʻyinda uchta gol urdi[11].

Xalqaro martaba tahrir

2017-yilning 8-noyabrida Afolayan Paul Fairclough' boshchiligidagi Angliya C jamoasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

2021-yil aprel oyida Afolayandan Bolton Wanderers oʻyin dasturida Nigeriya terma jamoasida oʻynashni oʻylab koʻganmsiz, deb soʻrashdi va u “albatta bu men oʻylagan narsadir va umid qilamanki, men yaxshi oʻynashda davom etaman va ularning etiboriga tushaman" deb javob qaytardi[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va go'llar statistikasi
Klub Mavsum Liga Milliy kubog Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar
Toronto FC III 2014 Birinchi liga Ontario
2015[13] Premier Development Liga 10 1 10 1
ANB Futbol 2015 Birinchi liga Ontario
Loughborough University 2016–17[11] Midland Premyer-ligasi 11 3 0 0 0 0 11 3
Solihull Moors 2016–17 Milliy Liga 15 4 0 0 0 0 15 4
2017–18 Milliy Liga 30 11 3 0 2 0 35 11
Jami 45 15 3 0 0 0 2 0 50 15
West Ham United U21 2020–21 4 0 4 0
West Ham United 2018–19[14] Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2019–20[15] Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2020–21[16] Premyer-liga 0 0 1 1 0 0 1 1
Jami 0 0 1 1 0 0 0 0 1 1
Oldham Athletic (ijara) 2018–19> Ikkinchi Liga 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Mansfield Town (ijara) 2019–20 Ikkinchi Liga 6 1 0 0 0 0 2 0 8 1
Bolton Wanderers (ijara) 2020–21 Ikkinchi Liga 21 1 21 1
Bolton Wanderers 2021–22[17] Birinchi Liga 44 12 2 0 1 0 4 2 51 14
2022–23 16 2 1 0 2 1 2 0 21 3
Jami 60 14 3 0 2 1 6 2 72 17
Umumiy 163 35 7 1 3 1 14 2 187 39

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Mansfield Town“. English Football League. Qaraldi: 22-oktabr 2019-yil.
  2. „Oladapo Afolayan Stats, News, Bio“ (inglizcha). ESPN. Qaraldi: 4-iyul 2020-yil.
  3. „Oladapo Afolayan: I've worked my socks off and I'm just happy it's paid off“. whufc.com (23-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.
  4. „Oladapo Afolayan“. West Ham United F.C.. Qaraldi: 23-fevral 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 „Academy Spotlight: Oladapo Afolayan | West Ham United“ (inglizcha). www.whufc.com. Qaraldi: 4-iyul 2020-yil.
  6. 6,0 6,1 „From Toronto to Solihull: the rise of Solihull Moors striker Dapo Afolayan“ (inglizcha). Solihull Observer (27-aprel 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2020-yil.
  7. „Two former ANB Futbol players sign professional contracts“. ANB Futbol (2018-yil fevral).
  8. „Dapo Afolayan“. Ontario University Athletics. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2019-yil.
  9. „L1 2014 Post-Season Player Watch“. League1 Ontario (3-dekabr 2014-yil).
  10. „Solihull Moors boss Liam McDonald delighted to secure former Chelsea kid Oladapo Afolayan“. Solihull Observer (10-fevral 2017-yil). Qaraldi: 23-fevral 2019-yil.
  11. 11,0 11,1 „Total Motion Midland Football League“. Football Association. Qaraldi: 23-fevral 2019-yil.
  12. „imgur.com“. Imgur.
  13. „TFC Academy PDL 2015“. Premier Development League. 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Games played by Dapo Afolayan in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-sentabr 2019-yil.
  15. „Games played by Dapo Afolayan in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-sentabr 2019-yil.
  16. „Games played by Dapo Afolayan in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.
  17. „Games played by Dapo Afolayan in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 3-iyul 2021-yil.