Michael Sheehan Bradley (talaffuzi: Maykl Shexan Bredli; 1987-yil 31-iyulda New Jersey shtatida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, yarim himoyachi va „Toronto“ futbol klubi sardori. 2010—2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Michael Bradley
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Sheehan Bradley
Tavallud sanasi 31-iyul 1987-yil (1987-07-31) (36 yosh)
Tavallud joyi Princeton, New Jersey, AQSh
Boʻyi 1.63
Ampluasi markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Toronto FC
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Chicago Sockers
2002CONCACAF2004 IMG Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005 MetroStars 30 (1)
2006—2008 Heerenveen 63 (16)
2008—2011 Borussia Mönchengladbach 76 (10)
2011Aston Villa (ljara) 3 (0)
2011—2012 Chievo 35 (1)
2012—2014 Roma 41 (2)
2014— Toronto FC 241 (15)
Milliy terma jamoa
2002—2004 AQSh U17 6 (0)
2004 AQSh U18 1 (0)
2004—2007 AQSh U20 8 (1)
2008 AQSh U23 4 (0)
2006—2019 AQSh 151 (17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-oktabr 2022-yil uchun)

Karyerasi tahrir

 
Bredli „Toronto“ safida

Michael Bradley New Jersey shtatining Prinston shahrida tugʻilgan. Uning otasi Bob Bradley 1976—1980-yillarda Prinston universiteti futbol jamoasida oʻynagan va keyinchalik murabbiylik qilgan. U bolaligini Illinoysda otasi bilan oʻtkazgan. Uning otasi keyinchalik „Chicago Fire“ futbol jamoasini boshqargan. 2002-yilgacha Michael Bradley „Chicago Sockers“ oʻsmirlar futbol klubida oʻynagan.

16 yoshida Michael Bradley 2004-yilda MLS bilan shartnoma imzoladi. U „MetroStars“ tomonidan turnirning 36-oʻrindagi futbolchisi deya eʼtirof etilgan.Oʻsha paytda yangi jamoasida uning otasi murabbiylik qilgan. Birinchi mavsumda Michael Bradley jarohati tufayli birorta ham oʻyin oʻtkaza olmagan. Keyingi oʻyinda u 31 ta oʻyin oʻtkazdi, Michael Bradley soʻnggi turda „Chivas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining yagona golini urdi va jamoasiga pley-offga chiqishga imkon yaratib berdi.

Milliy terma jamoa safida tahrir

2006-yil 26-mayda Michael Bradley AQSh terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.

2006-yil oxirida Michael Bradleyning otasi Bob terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Uning qoʻl ostida kichik Michael Bradley jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. 2007-yilda u CONCACAF oltin kubogi uchun milliy terma jamoa roʻyxatiga kiritilgan. Keyingi oyda u yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi va u yerda urugvaylik tengdoshlariga qarshi oʻyinda, oʻyinga qoʻshib berilgan qoʻshimcha daqiqalarda gʻalaba toʻpini kiritgan[1].

2007-yil 17-oktyabrda Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Michael Bradley AQSH terma jamoasi safidagi ilk golini urdi. Milliy terma jamoadagi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Michael Bradley 2007-yilda yilning „Eng yaxshi yosh sportchisi“ deb topildi[2].

2010-yilda Michael Bradley Janubiy Afrikada oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga AQSh terma jamoasi safida borishi uchun roʻyxatga kiritilgan[3]. 18-iyun kuni guruh bosqichida Sloveniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urib, terma jamoaning durang oʻynashiga yordam berdi[4][5]. Michael Bradley Angliya, Jazoir va Gana jamoalariga qarshi bahslarda ham qatnashgan[6].

2014-yilda Michael Bradley terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[7][8]. Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10].

2015-yilda Michael Bradley CONCACAF oltin kubogida ishtirok etdi[11][12]. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka, Kuba va ikki marta Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14]. Panamaliklar va yamaykaliklarga qarshi bahslarda Michael Bradley ikkita gol urdi[15][16].

2016-yilning yozida Michael Bradley AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi[17][18]. Turnirda u Kolumbiya, Kosta-Rika, Paragvay, Ekvador va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19][20][21].

Statistikasi tahrir

Klub Mamlakatlar Mavsum Oʻyin Gollar
MetroStars   Germaniya 2004—2005 32 1
SC Heerenveen   Niderlandiya 2006—2008 67 18
Borussia Mönchengladbach   Italiya 2008—2011 81 11
Aston Villa   Angliya 2011 4 0
Chievo Verona   Italiya 2011—2012 36 1
AS Roma   Italiya 2012—2014 46 2
Toronto FC   Kanada 2014—2021 252 14

Terma jamoa uchun gollari tahrir

Milliy terma jamoa Mavsum Xalqaro kubok Xalqaro turnir Oltin kubog Play-off bosqichi Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
AQSh 2006 1 0 0 - - - - - - - - - 1 0 0
2007 2 1 0 - - - 5 0 0 - - - 7 1 0
2008 5 0 0 - - - - - - 6 2 0 11 2 0
2009 2 0 0 4 1 0 - - - 5 1 0 11 2 0
2010 5 0 0 - - - - - - - - - 9 1 0
2011 7 0 1 - - - 6 1 2 - - - 13 1 3
2012 5 2 0 0 0 0 - - - 4 0 1 9 2 1
2013 3 0 1 - - - - - - 6 0 0 9 0 1
2014 5 1 4 - - - - - - - - - 9 1 5
2015 9 1 2 - - - 7 2 4 2 0 0 18 3 6
2016 4 0 2 - - - - - - 2 0 1 6 0 3
Jami 48 5 10 4 1 0 18 3 6 25 3 2 113 13 19

Yutuqlari tahrir

  • 1  MLS — 2017
  • 1  Kanada chempionati — 2016
  • 1  Kanada chempionati — 2017
  • 1  Kanada chempionati — 2018
  • 1  CONCACAF oltin kubogi — 2007
  • 1  CONCACAF oltin kubogi — 2017
  • 2  CONCACAF oltin kubogi — 2011
  • 2  Konfederatsiyalar kubogi — 2009
  • AQShda yilning eng yaxshi futbolchisi — 2015
  • 2017-yilgi CONCACAF oltin kubogining eng qimmat futbolchisi

Manbalar tahrir

  1. „Match Report: USA – Uruguay“. FIFA (11-iyul 2007-yil). 2009-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2011-yil.
  2. „U.S. Soccers All-Time Athlete of the Year Award Winners“ (inglizcha). USSoccer.com. 2008-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2009-yil.
  3. „Англия VS. США 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (12-iyun 2010-yil). 1-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  4. „Словения VS. США 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (18-iyun 2010-yil). 1-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  5. „США VS. Алжир 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (23-iyun 2010-yil). 1-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  6. „США VS. Гана 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyun 2010-yil). 1-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  7. „Гана VS. США 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-iyun 2014-yil). 20-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2015-yil.
  8. „США VS. Германия 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyun 2014-yil). 31-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2015-yil.
  9. „США VS. Португалия 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (23-iyun 2014-yil). 31-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2015-yil.
  10. „Бельгия VS. США 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (1-iyul 2014-yil). 14-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2015-yil.
  11. „США VS. Гаити 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-iyul 2015-yil). 14-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2015-yil.
  12. „США VS. Гондурас 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (8-iyul 2015-yil). 10-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2015-yil.
  13. „США VS. Ямайка 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (23-iyul 2015-yil). 26-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2015-yil.
  14. „США VS. Куба 6:0“ (inglizcha). soccerway.com (18-iyul 2015-yil). 22-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2015-yil.
  15. „США VS. Панама 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (25-iyul 2015-yil). 28-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2015-yil.
  16. „Панама VS. США 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (14-iyul 2015-yil). 16-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2015-yil.
  17. „США VS. Колумбия 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (4-iyun 2016-yil). 29-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2016-yil.
  18. „США VS. Коста-Рика 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (8-iyun 2016-yil). 10-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2016-yil.
  19. „США VS. Аргентина 0:4“ (inglizcha). soccerway.com (22-iyun 2016-yil). 22-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2016-yil.
  20. „США VS. Эквадор 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (17-iyun 2016-yil). 18-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2016-yil.
  21. „США VS. Парагвай 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (12-iyun 2016-yil). 18-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2016-yil.