Darqoviyya (درقاوية‎) yoki Darqoviy so‘fiylik tariqati Marokashda paydo bo‘lgan Shoziliyya tariqatining qayta tiklanuvchi bo‘limidir. Darqoviylik marokashlik shayx Muhammad Arabiy Darqoviyning (1760-1823) tarafdorlaridan iborat edi. Marokashdagi yetakchi so‘fiylik tariqatlaridan biriga aylangan ushbu harakat qashshoqlik va zohidlikni targ‘ib qilgan. U qishloq aholisi va shaharning quyi tabaqalari orasida keng qo‘llab-quvvatlangan. Tariqatning mashhurligi o‘z marosimlarida musiqa asboblaridan foydalanishi bilan yanada oshgan. Marokashda ham, Jazoirda ham darqoviylar siyosiy faoliyat va norozilik harakatlarida qatnashganlar.

Darqoviylik Yevropaga yaqinligi va nisbatan yaqin tarixga ega boʻlishiga qaramay, boshqa soʻfiylik tariqatlariga nisbatan sharqshunoslar tomonidan unchalik eʼtiborga olinmagan. Darqoviyya haqida yozgan mualliflardan Depont va Koppolani o‘zlarining “Confreries” nomli kitoblarida ularni “ashaddiy mazhabchilar” va “islom puritanlari” deb atashadi (504-5-betlar). Bu hukmlarni E. Doutte o‘zining “L'Islam algerien en 1900” asarida yanada to‘ldirgan: “Darqovilar tilanchi darveshlardir. Bu xavfli tariqat hukumatlarga qarshi bo‘lib o‘tgan deyarli barcha qo‘zg‘olonlarda o‘zini ko‘rsatgan”. Marokashda darqoviylikning ta’siri o‘tgan asr davomida shunchalik kuchli bo‘ldiki, “XVIII asr nosiriylik asri bo’lgani kabi XIX asr ham darqoviyya asr bo‘lgan” deb aytiladi"[1]. Xuddi shu davrda tariqat Shri-Lanka, Liviya, Misr, Falastin, Suriya va Livanda kuchaygan.

Darqoviylarning “Murobitun” deb ataluvchi bo‘limi Meksikaning Chiapas shahrida faoliyat yuritadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. G. Drague, p. 267
  2. The Murabitun in Mexico