Darvozayi Sallohxona koʻchasi
Darvozayi Sallohxona koʻchasi — tarixiy joy nomi. Buxoro shahrining janubiy darvozasi, yaʼni Sallohxona (XVI asr) nomidan olingan. Koʻcha shu darvoza yaqinida joylashgan[1]. Soʻnggi oʻrta asrlarda mazkur koʻchada tadbirkor Toʻraqulboy tomonidan qurilgan ikki qavatli madrasa joylashgan edi. Koʻcha nomi 1683-yilga oid vaqf hujjatida uchraydi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.
- ↑ To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.