Darwin Daniel Machís Marcano (ispancha: Darwin Daniel Machís Marcano;) 1993-yil 7-fevralda Venesuelaning Tucupita shahrida dunyoga kelgan futbolchi hisoblanadi. „Granada“ klubi va Venesuela terma jamoasida hujumchi sifatida faoliyat olib boradi.

Darwin Daniel Machís Marcano Futbol
Umumiy ma'lumotlari
To`liq ismi Darwin Daniel Machís Marcano
Tug`ilgan

7-fevrlya 1993-yil (29 yosh)
Tukupita, Venesuela

Fuqaroligi

Flag Venesueli Venesuela

Bo`yi

174 cm

Vazni

70 kg

Pozitsiyasi
Klub haqida ma'lumotlari
Klub

Flag Ispanii Granada

Raqam

11

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Machis professional faoliyatini „Mineros Guayana“da boshlagan. 2011-yil 21-avgustda „Estudiantes de Merida“ga qarshi oʻyinda Darvin Venesuela Primerasida debyut qilgan[1] . „Yarakuyanos“ga qarshi duelda Darvin „Mineros Guayana“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 2012-yilning yozida Machish Ispaniyaning „Granada“ jamoasiga oʻtgan. 20-avgust kuni „Rayo Valyekano“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan[2].

2014-yil boshida Machis „Gerkules“ jamoasiga ijaraga berilgan. 17-may kuni „Alkorkon“ga qarshi oʻyinda u Ispaniya „Segnuda“ jamoasida debyut qilgan[3]. Ijara muddati tugagach, Darvin Granadaga qaytib kelgan va asosiy jamoa uchun bir nechta oʻyin oʻtkazgan.

2015-yilning yozida Machish „Ueska“ga ijaraga oʻtgan. 22-avgust kuni „Deportivo Alaves“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[4]. 4-oktyabr kuni „Real Valyadolid“ga qarshi oʻyinda Darvin „Ueska“ safida ilk golini kiritgan[5]. Mavsum yakunida u jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylangan. 2016-yilning yozida Darvin La Liganing yangi aʼzosi „Leganes“ga ijara asosida qoʻshilgan. 22-avgust kuni „Selta“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan [6]. 29-noyabr kuni Ispaniya kubogi doirasida „Valensiya“ ga qarshi oʻyinda Machis „Leganes“ safida oʻzining birinchi golini urgan[7]. Shartnoma muddati tugagach, u Granadaga qaytgan. „Kordoba“ga qarshi kechgan duelda u „dubl“ni amalga oshirib, klub safidagi ilk gollarini urgan. 30-oktyabr kuni Lorkaga qarshi oʻyinda Darvin xet-trik qayd etgan[8].

2018-yilning yozida Machish Italiyaning „Udineze“ klubiga oʻtgan. „Parma“ga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan. 2019-yil boshida Machis „Kadis“ga ijaraga berildi. 3-fevral kuni „Ovyedo“ga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[9]. Xuddi shu uchrashuvda Darvin „Kadis“ darvozasiga birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yil 23-dekabrda Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Machis Venesuela terma jamoasi safida debyut qilgan[10].

2013-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Darvin Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan[11]. Turnirda u Urugvay va Ekvador , Peru terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[12][13].

2018-yilning 8-sentyabr kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechgan duelda Machis terma jamoadagi ilk golini kiritgan[14].

2019-yilda Machis Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida ishtirok etgan[15][16]. Turnirda u Peru , Braziliya , Boliviya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[17]. Boliviyaliklarga qarshi duelda Darvin „dubl“ qilgan[18].

Venesuela tarkibidagi gollari tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2018-yil 8-sentyabr Hard Rock Stadium, Mayami, AQSh Kolumbiya 1 :0 1 :2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2018-yil 20-noyabr Hamad bin Xalifa stadioni, Doha, Qatar   Eron 1 :0 1 :1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2019-yil 22-iyun Arena Korintians, San-Paulu, Braziliya Boliviya 1 :0 3 :1 Amerika Kubogi 2019
4. 2 :0

Manbalar tahrir

  1. „Эстудиантес де Мерида VS. Минерос Гуаяна 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 21-avgust).
  2. „Райо Вальекано VS. Гранада 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 20-avgust).
  3. „Эркулес Аликанте VS. Алькоркон 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 17-may).
  4. „Уэска VS. Депортиво Алавес 2:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-avgust).
  5. „Уэска VS. Реал Вальядолид 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 4-oktyabr).
  6. „Сельта VS. Леганес 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 22-avgust).
  7. „Леганес VS. Валенсия 1:3“ (en). soccerway.com (2016-yil 29-noyabr).
  8. „Гранада VS. Лорка 4:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 30-oktyabr).
  9. „Реал Овьедо VS. Кадис 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 3-fevral).
  10. „Венесуэла VS. Коста-Рика 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 23-dekabr).
  11. „Уругвай (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 18-yanvar).
  12. „Эквадор (до 20 лет) VS. Венесуэла (до 20 лет) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-yanvar).
  13. „Перу (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 15-yanvar).
  14. „Венесуэла VS. Колумбия 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 8-sentyabr).
  15. „Бразилия VS. Венесуэла 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 19-iyun).
  16. „Боливия VS. Венесуэла 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-iyun).
  17. „Венесуэла VS. Перу 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 15-iyun).
  18. „Венесуэла VS. Аргентина 0:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 28-iyun).