David Joseph Schwartz, Jr. (1927-yil 23-mart – 1987-yil 6-dekabr) – amerikalik ruhlantiruvchi yozuvchi va murabbiy boʻlib, 1959-yilda yozgan „The Magic of Thinking Big“ kitobi bilan mashhur[1][2]. U Georgia davlat universitetida marketing professori, kafedra mudiri va isteʼmol moliyasi kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan[3][4].

David J. Schwartz
Tavalludi 1927-yil 23-mart
Vafoti 1987-yil 6-dekabr
Kasbi professor, yozuvchi
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi amerika fuqarosi
Alma mater Ogayo shtati universiteti, Nebraska universiteti

Biografiyasi

tahrir

Schwarts 1927-yil 23-martda AQShda tavallud topgan. U 1948-yilda Nebraska universitetida bakalavr darajasini, 1953-yilda Ogayo shtati universitetida magistr, keyin esa PhD darajasini olgan[5][6][7].

U Atlanta shahridagi Georgia shtat universitetining professori boʻlgan va Amerikaning motivatsiya berish boʻyicha yetakchisi hisoblangan[8][9]. U oʻzining motivatsion nashrlari va oʻz-oʻziga yordam beradigan kitoblari, ayniqsa, 1959-yilda nashr etilgan „The Magic of Thinking Big“ kitobi sababli mashhur boʻlgan[10] . Keyinchalik, u oʻz-oʻziga yordam berish boʻyicha murabbiy va strateg sifatida oʻz ishini boshlagan va Creative Educational Services Inc deb nomlangan, yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzining konsalting kompaniyasini tashkil etgan[11].

Hozirda Georgia shtat universiteti uning sharafiga stipendiya ham ajratadi[12].

The Magic of Thinking Big

tahrir

The Magic of Thinking Big – birinchi marta 1959-yilda nashr etilgan[13], David J. Schwartsning oʻz-oʻziga yordam beradigan kitobidir. Kitob Simon va Schusterning eng koʻp sotilgan kitoblaridan biri boʻlgan[14] va u 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan[15][16]. U odamlarga oʻz maqsadlarini yuqori belgilashni va ularga erishish uchun ijobiy fikrlashni oʻrgatadi[17].

Muallif insonning oʻz fikrlash shakli va fikrlash odatini oʻzgartirish orqali xohlagan narsaga erishish boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatma bergan. Uning taʼkidlashicha, vizualizatsiya hamma narsaga qiymat qoʻshadi va ulkan fikrlash nafaqat nima borligini, balki nima boʻlishi mumkinligini ham koʻrishga oʻrgatish demakdir. U yaxshi xabarlarni yetkazish gʻalaba qozonish ekanligini tushuntirgan va bu biz oʻzimizni hamda biz gaplashayotgan odamlarni ham tinchlantirishini taʼkidlab oʻtgan[18]. Lou Holtzning taʼkidlashicha, ushbu kitob unga umrbod maqsadlari roʻyxatini yaratishga yordam bergan[19]. Yozuvchi, shuningdek, kitobda uchta muvaffaqiyatsizlik kasalligini tasvirlaydi, shulardan biri prokrastinatsiya[20]. Toʻgʻri qaror qabul qilish va salbiy fikrlardan qochish – kitobning asosiy mavzusi[21].

Boshqa nashrlari

tahrir

Schwartz, David Joseph. The Magic of Getting What You Want (en). W. Morrow, May 1, 1983. ISBN 9780688018245.

Manbalar 

tahrir
  1. "Whatʼs On Your 'Must-Read List?'." Broker. (October 2001 / November 2001): 797 words. Nexis. Web. Date Accessed: 2018/07/08.
  2. „Delta Tau Fraternity Organizes“. The Georgia State College Signal (1969-yil 24-aprel), s. 8. Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
  3. Zailskas, S. 2007, „Book It“, Professional Builder, vol. 72, no. 1, pp. 29.
  4. "You’ve Got to Read This Book: 55 People Tell the Story of the Book That Changed Their Life", 2006, Publishers Weekly, vol. 253, no. 27, pp. 68.
  5. „Teachers Host Psychologist“. (Newspapers.com). Xenia Daily Gazette from Xenia, Ohio (1968-yil 24-aprel), s. 19. Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
  6. Abstracts of Theses Presented by Candidates for the Master's Degree (en). Ohio State University Press, 1948. 
  7. Dissertation Abstracts (en). University Microfilms, 1959. 
  8. Johnson, L. 1999, „A reading list for those who want to succeed“, Management Today, p. 98.
  9. Willoughby, M. 2015, „Ignoring fear“, The Mississippi Business Journal, vol. 37, no. 1, pp. 11.
  10. Monitor 2011, 12 books Seth Godin thinks you should read, Boston, Mass.
  11. Clary, J. M., Hadari, M. K., Holmwood, A. B., Schmidt, S. A. & Shapiro, R. S. 1994, „Sales ideas from young Top of the Table producers“, Life & Health Insurance Sales, vol. 137, no. 5, pp. 6.
  12. Dr. David Schwartz Memorial Scholarship, Georgia State University.
  13. The magic of thinking big.. Prentice-Hall, 1959. OCLC 944145282. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul. 
  14. Applebaum, Judith. „PAPERBACK TALK; Another Angle on What We Read“. The New York Times (1982-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-iyul.
  15. „Book Review: The Magic Of Thinking Big Work On Your Game with Dre Baldwin aka DreAllDay“. Work On Your Game with Dre Baldwin aka DreAllDay (2009-yil 19-iyul). 2022-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  16. „The Magic of Thinking Big by David J Schwartz“. penguin.co.uk. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  17. „The Magic of Thinking Big by David J. Schwartz“. 24 Carrot Writing. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  18. Kumar, Aditya „The Magic Of Thinking Big“. bsp.iitd.ac.in. 2019-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  19. „Nonfiction Book Review: You've Got to Read This Book: 55 People Tell the Story of the Book That Changed Their Life by Jack Canfield, Author, Gay Hendricks, Author, Carol Kline, With . Collins $24.95 (286p) ISBN 978-0-06-089169-5“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  20. „THE MAGIC OF GETTING WHAT YOU WANT by David J. Schwartz Kirkus Reviews“. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  21. „Book Summary The Magic Of Thinking Big – Daily Life Talk“. Daily Life Talk (2017-yil 23-avgust). 2018-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.