Dayr ul-Bahriy (arabcha: دير البحري) - Qadimgi Misr (Fiva yaqini)da qoyalar etagida (vodiy boʻylab) joylashgan meʼmoriy majmua: Firʼavn Mentuxotep I xotirasiga qurilgan ehrom (mil.av. 21-asr) kolonnadalar bilan oʻralgan, yirik piramidali, devorlari boʻrtma tasvirlar bilan bezatilgan (haykaltaroshlar Irtisen va oʻgʻli Senusert) xaroba qoldiqlari saqlangan. Vodiy orqali ehromga boriladigan uzun yoʻl (uz. 1200 m, eni 32 m) cheti devor va haykallar bilan toʻsilgan. Malika Xatshepsut xotirasiga qurilgan ehrom (mil.av. 16—15-asrlar, meʼmori Senmut) 3 ayvonli kolonnadalar bilan oʻralib, zinapoyalar orqali bogʻlangan. 200 dan ortiq haykallar va boʻrtma tasvirlar bilan bezatilib, yeriga kumush va oltin toʻshalgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil