Dean Bradley Henderson (inglizcha: Dean Bradley Henderson; 1997-yil 12-martda Kambriya, Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, "Manchester United" va Angliya terma jamoasi darvozaboni. Hozirda u „Nottingem Forest“ da ijara asosida oʻynamoqda.

Toʻliq ismi Dean Bradley Henderson
Tavalludi 1997-yil 12-mart (25 yosh)

Kambriya, Angliya
Fuqaroligi Flag Anglii Angliya
Boʻyi 188 sm
Ampluasi Darvozabon

Klub martaba tahrir

Manchester United tahrir

2005-yildan 2011-yilgacha Dean Henderson „Karlayl United“ futbol klubining yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2011-yilda 14 yoshli darvozabon Dean „Manchester United“ akademiyasiga qoʻshildi[1].

2013/14-yilgi mavsumda Henderson Manchester Unitedning 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasi[2] aʼzosiga aylandi va darhol Akademiya jamoasining birinchi jamoasidan joy oldi[3]. 2014/15-yilgi mavsumda u akademiya jamoasida 25 ta oʻyin oʻtkazib, mustahkam oʻyin koʻrsatishda davom etdi, biroq jarohat tufayli mavsumning soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. Henderson yilning eng yaxshi yosh futbolchisi Jimmi Merfi mukofotiga nomzodlar qatorida edi, shuningdek Aksel Tuanzebe sovrinni qoʻlga kiritgan[1]. 2015-yilning avgustida Henderson oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan[4].

2016-yilning 22-fevralida, asosiy jamoa darvozabonlarining bir qator jarohatlaridan so‘ng, Dean Henderson Angliya kubogi doirasida Shrusberi Taunga qarshi o‘yinda birinchi marta birinchi jamoa o‘yini uchun tarkibga kiritildi, ammo maydonga tushmadi[5].

2018-yilning iyun oyida Dean henderson "Manchester United" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi[6].

Dean „qizil iblislar“ safidagi debyutini 2020-yil 22-sentyabr kuni „Luton Taun“ ga qarshi Futbol Ligasi kubogi oʻyinida oʻtkazdi.

Sheffild United (ijara) tahrir

2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u Chempionship klubi „Sheffild Unitedga“ ijaraga oʻtdi[7].

Nottingem Forest (ijara) tahrir

2022-yilning 2-iyulida „Nottingem Forest“ ga mavsumiy ijaraga o‘tdi va Henderson Premer-ligaga qaytdi[8].

Jamoa martaba tahrir

2012-yildan 2014-yilgacha Dean 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida oʻynadi va ular tarkibida jami oltita oʻyin oʻtkazdi. 2017-yilda u 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2017-yilgi jahon chempionati[9] uchun Angliya U-20 terma jamoasiga kiritilgan. Turnirda Henderson zaxira darvozaboni boʻlgan va Gvineyaga qarshi bitta oʻyin oʻtkazgan[10]. Shuningdek, Dean 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi jahon chempionatida gʻolib chiqgan[11].

Ishlash statistikasi tahrir

2022-yil 3-iyul[12]
Oʻyinlar va oʻtkazib yuborilgan toʻplar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Yevrokubok Jami
Oʻyinlar Golar Oʻyinlar Golar Oʻyinlar Golar Oʻyinlar Golar
Manchester United 2015/16 1 0 0 1 0 1 0 1
2016/17 0 4 0 1 0 4 0 1
2017/18 0 0 2 0 2 0 0 0
2018/19 3 0 0 1 0 1 0 0
2019/20 0 0 1 0 0 0 4 2
2020/21 13 −12 4 −5 5 −3 26 −22
2021/22 0 0 1 −1 1 −1 3 −3
Jami 13 −12 5 −6 6 −4 29 −25

Stokport Okrugi tahrir

(ijara) tahrir

2015/16 9 −11 0 0 0 0 9 −11
Jami 9 −11 0 0 0 0 9 −11

Grimsbi Taun tahrir

(ijara) tahrir

2016/17 7 −6 0 0 0 0 7 −6
Jami 7 −6 0 0 0 0 7 −6

Sheffild United (ijara) tahrir

2018/19 46 −41 0 0 0 0 46 −41
2019/20 36 −33 4 −4 0 0 40 −37
Jami 82 −74 4 −4 0 0 86 −78
Jami martaba uchun 149 −135 11 −11 6 −4 179 −159

Yutuqlar tahrir

Angliya terma jamoasi (20 yoshgacha)
  • U20 jahon chempioni: 2017-yil

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • Liga 1ning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2017/18[13]
  • Sheffild United yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018/19

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Dean Henderson“ (en). ManUtd.com. 2018-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Reds sign up first-years“. Manchester United F.C. (2013-yil 30-iyun). 2018-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-may.
  3. „United's Youth Cup squad“ (en). ManUtd.com (2013-yil 18-dekabr). 2018-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Dean Henderson signs new Manchester United contract“ (en). The People’s Person Website (2015-yil 25-avgust).
  5. Rob Dawson. „Dean Henderson set for place in Manchester United squad to face Shrewsbury“ (en). Manchester Evening News (2016-yil 20-fevral).

    „Shrewsbury Town 0–3 Manchester United“ (en). BBC Sport (2016-yil 22-fevral).
  6. „Manchester United goalkeeper Dean Henderson signs new contract at the club“ (en). Manchester Evening News (2018-yil 14-iyun).
  7. „Dean Henderson: Manchester United keeper joins Sheffield United on loan“ (en). BBC Sport (2018-yil 18-iyun).
  8. „Dean Henderson: Man Utd keeper joins Nottingham Forest on season loan“ (en). BBC Sport (2022-yil 2-iyul).
  9. „World Cup squad selected“ (en). theFA.com (2017-yil 8-may).
  10. Otchyot o matche Angliya U20 — Gvineya U20
  11. „England edge Venezuela to become champions“. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  12. Dean Henderson Soccerway saytida, Dean Henderson at Soccerbase
  13. „PFA League One Team of the Year: Wigan & Blackburn quartets included“ (en). BBC Sport (2018-yil 18-aprel).