Deh Ravud — Afgʻoniston janubida joylashgan Uruzgan viloyatidagi tuman boʻlib, tuman markazidagi shahar ham shu nomi bilan ataladi[1]. Deh Ravud Hilmand daryosi boʻyida joylashgan. Tumandagi asosan Pushtunlar, Nurzay va Populzay qabilalari istiqomat qiladi.

Niderlandiya NATOning Uruzgan viloyatidagi xalqaro xavfsizlik kuchlarini (ISAF) ifodalovchi Deh Ravodda AQSh va Afgʻoniston armiyasining avvaldan mavjud bazalari yonida harbiy baza oʻrnatdi.

Xavfsizlik va siyosat

tahrir

Hukumat tarkibiga tuman hokimi, militsiya boshligʻi, sud, tarmoq boʻlimlari va uchta tuman shoʻrolari kiradi:[2]

  • Rivojlanish loyihalari amalga oshirilishini nazorat qiluvchi qabila oqsoqollari va muhandislardan tashkil topgan 29 kishilik rivojlanish shoʻrosi.
  • 40 kishilik qabila shoʻrosi.
  • 73 kishilik malikan (qishloq vakili) shoʻrosi aloqa nuqtasi sifatida xizmat qiladi.

2009-yil 19-noyabrda Deh Ravud tumanida xudkush terrorchi odam gavjum joyda oʻzini portlatib yuborgani xabar qilingan edi. Buning oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 13 kishi yaralandi[3].

2009-yil 17-dekabrda yana bir xudkush-terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Biroq u tuman shtab-kvartirasiga kirishni uddalay olmagan[4].

2020-yil 16-dekabrda Tolibon tumanga kutilmagan hujum uyushtirdi va 20 nafar ANDSF aʼzosini, shu jumladan tuman politsiya boshligʻi oʻrinbosarini oʻldirdi. Tolibon hududda qolgan militsiya kuchlari tomonidan siqib chiqarilgunga qadar tuman bozorini egallab olgan[5].

2020-yilning 29-dekabr kuni shahar markazida Tolibon bayrogʻi ilingan. Bu afgʻon kuchlari hududni tark etgani haqida dalolat[6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „District Names“. National Democratic Institute. 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2015-yil.
  2. „A socio-political assessment of Uruzgan Province from 2006 to 2009“. The Liaison Office. 2015-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2015-yil.
  3. "Suicide bomber kills 10 Afghan civilians, wound 13 others." Xinhua News Agency. Kabul. 19 November 2009. Accessed at:
  4. "Suicide bombing wounds 4 soldiers in S Afghanistan." Xinhua News Agency. 17 December 2009. Accessed at: http://english.people.com.cn/90001/90777/90851/6845604.html
  5. „At least 20 members of ANDSF including several important district level commanders were killed in a Taliban attack against Dehrawooad district, Uruzgan. Taliban launched attack last night and dead bodies of ANDSF put on the road by Taliban, multiple sources in Uruzgan tells Tarin Kawt,Oruzgan“ (inglizcha). Afghanistan news map - security alerts from Afghanistan - afghanistan.liveuamap.com. Qaraldi: 16-dekabr 2020-yil.
  6. „Taliban flag spotted at the main roundabout in Dehrawud market area in Uruzgan. Looks like the area is fully under Taliban control Tarin Kawt,Oruzgan - Map of Central Asia: Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, Uzbekistan - centralasia.liveuamap.com“ (inglizcha). Map of Central Asia: Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, Uzbekistan - centralasia.liveuamap.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.