Dehibaland
Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Aniqlanmagan. Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan. Obyekt manzili: “Dehibaland” MFY, Dehibaland qishloq aholi punkti. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Agar Navoiydan Nurota tomonga qarab yursangiz, Qoraqarga darasida to’xtasangiz, shu yerda, Qoratog’ cho’qqisidan Nurota tog’lar tizmasi ko’z oldingizda yaqqol namoyon bo’ladi. Chap tomonda uzoq-uzoqda u xuddi Qizilqumga singib ketgandek tuyuladi. O’ng tomondan esa Oqtog’ tizmasi tugaganidan dalolat beruvchi piramidasimon Taxku cho’qqisi bilan chegaralangan. To’g’ringizda, uzoqdan keng bo’ylab to’ppa-to’g’ri shimolga qarab ketgan yo’l qishloqqa borib taqaladi. Bu Dehibaland qishlog’idir. Dehibaland xuddi parvozga intilgandek vodiyning baland joyida va chekkasida joylashgan. Bu qadimiy qishloqning nomi go’yo fransuzchadan kelib chiqqandek. Bu nom o’sha So’g’diyona davlati davridan qolgan. Uning tarjimasi «Balandlikdagi, tepalikdagi qishloq» ma’nosini bildiradi. Uning qadimiy ekanligini shu yerning sohibi qasri bo’lgan sun’iy tepalik ham dalolat beradi.
Bir vaqtlar Dehibaland qishlog’i yonidan Buyuk Ipak yo’lining bir tarmog’i «Xon yo’li» o’tganligini bilgan xolda ushbu sun’iy tepalikni yo’l ustida joylashgan rabot yoki karvon saroy qoldig’i ekanligiga ishonch hosil qilasiz. O’rta asrlarda savdoning faol rivojlanishi Movoraunnaxrni ko’chmanchilar yashaydigan chekka tumanlari bilan bog’lavchi Xon yo’li tarmog’ini rivojlantirdi. Xon yo’li Buxorodan Nurota orqali Samarqandga kirmay Nurato tog’larini aylanib utib shimolga Ustrushanaga, undan Sirdaryo havzasi bilan Shoshga va Utrorga yurishgan. Nurato tog’lari shimolida karvonlar uchun xavfli joylarda ularni muxofa qilish uchun qurilgan bir qator qa’lalar va rabotlar mavjud.
Shulardan biri Dehibaland qishlog’i oldida joylashgan nuragan tepalikga qarab uning bir vaqtlar osmonga qarab bo’y cho’zgan purviqor rabot bo’lganiga ishona olmaysiz.
Lekin Dehibaland qishlog’ida bir narsa borki boshqa joylarga sira o’xshamaydi. Siz, muxtaram o’quvchi, albatta. «Tensay» nomi bilan mashhur Yapon sun’iy bog’lari haqida eshitgansiz yoki o’qigansiz. Bunday bog’larda tabiatga bulgan mo’xabbat, iste’dod va inson mehnati va tirishqoqligi bir-biri bilan uyg’unlashib, «ona suti» bilan qon-qoniga singib ketgan. Unda butun borliq, tabiiylik ulug’lanib, «yovvoyi» qoyalar va toshlarni, daraxtlarni, suvni, novdalarni bir-biriga chambarchas an’anasi aks ettirilgan. Mana shunga o’xshash bog’lar Dehibalanda ham bor.
Bu yerdagi landshaftli bog’ majmuining ko’rkamligi va go’zalligi, vaqt imtixonidan o’tgan va yemirilib borayotgan qoramtir marmarli, oxakli chiziqlari bor och kulrang tosh buloqlari o’zgacha husn bergan. O’sha tomonda taxta o’ymakorligining haqiqiy san’ati namoyon etgan naqshdor darvozaning ichkarisida mo’jizagina va fayzli hovli-ayvonida bir qurilma bor.
Bu muqaddas joy-mozor (bu yerga ular ko’milmagan) Hazrati Alining o’g’illari Hasan va Xusanlarning mozori bor. Xovlining qarama-qarshi tomonida bir nechta xujra, shu jumladan, chillaxona ham bor.
Hasan-Xusan tarixiy-madaniy yodgorligi haqida alohida yozish lozim. Faqatgina shu yodgorlik uchun g’ozg’onlik tosh kesuvchi ustalar tomonidan maxsus ishlangan marmar ustunlarni xamda shu ustunlarga tayanch sifatida ayvondagi tut daraxtidan qilingan suyanchiqlarni eslatib o’tamiz xalos.
Ushbu hovliga kiraverishda, o’ng tarafda tepalikdan pastga qarab ketgan qiyalik bor. Shu yerning o’zida toshning shakli beo’xshov burtib chiqqan joylari bor. Shularning o’rtasida kichik yo’lakcha joylashgan. Tekis maydonchada xuddi butalar orasiga yashirini bolgandek «trapesiyasimon kabinet» bor. Yonida tabiat va vaqt tomonidan yemirilgan ulkan xarsang tosh yastanib yotibdi. Bu toshni yana Duldultosh deb ham atashadi. Toshning tanasida bir necha g’orchalar, teshiklar, botiqlar bor. Bu g’orchalar muqaddas bo’lib, sham yoqiladi. Bu muqaddas toshning yuqori yoki pastki qismidagi botiqlarga shifo olishni istagan kishi qo’lini yoki oyog’ini qo’yishi mumkin. Nimani davolashga bog’liq, singan joymi yoki boshqa kasalliklarmi. Siz topdingiz, gap muqaddas va shifobaxsh Xarsang haqida bormoqda.
Maydonchadan keyin, do’nglik yana davom etib va xuddi muqaddas toshning tagidan otilib chiqayotgandek muqaddas buloq ko’rinadi. Bu Dehibalandning muqaddas 3 bulog’idan biri. Buloqning atrofi mehr bilan yasalgan ajoyib g’ozg’on marmaridan qilingan xovuz bezatib turibdi. Bu xovuzda qorabaliq «avliyo balig’i» g’ich-g’ich bo’lib suzib yuribdi. Bu yerda u odamdan hyecham qo’rqmaydi, to’g’ridan-to’g’ri qo’lingdan non oladi. Qachonlardir Dehibalandda odamlar bu baliqlarni goh Nurotadagi chashmada, keyin yana Dehibalanda, vaqt-vaqti bilan esa Qoratog’ning ortida, Zarafshon vodiysining ortida, boshqa tog’larning orqasida, Qarnab qishlog’ining buloqlarida ko’rganlar. Bularning o’sha baliqlar ekanini alohida belgilariga, xususiyatlariga ko’ra aniqlaganlar. Afsuski, Qarnabdagi shifobaxsh, hamda muqaddas buloq odamlarning aybi bilan mana bir necha yildirki yo’q bo’lib ketgan. Lekin xalq afsonasi tirik. Bu afsona yer osti suv manbalirining bir-birlari bilan bog’liq ekani va o’zaro aloqasi bor ekani haqidadir. Muqaddas qadimgi toshlar. Suvlariga g’ij-g’ij bo’lib suzib keladigan muqaddas baliqlari bor muqaddas baliqlar.
Navoiy-Nurota yo’lining chap tomonida ikkinchi va uchunchi muqaddas bo’loqlar, ulardan so’ng qadimiy qabristonda Imom Hanafiya qabri joylashgan Imom Xanifa yoki Muhammad Xanafiya hayotda mavjud bo’lgan shaxs, uning otasi Xazrat Ali Murtazo, onasi Xanifa Xazrat Alining ikkinchi xotini bo’lgan. Afsonalarga ko’ra Xanifa polvon ayol bo’lib, xazrat Ali u bilan qirq kechayu kunduz olishib yenga olmagan va yengilmagan ekan. Bir kuni Xanifa Muhammad payg’ambarimiz yonlariga kelib ta’zim qilib so’zlabdi: «Ey Muhammad, men sizning oldingizga bir iltimos ila keldim. Meni jiyaningiz xazrat Ali Murtazoga ikkinchi xotin qilib olib bersangiz, men ul kishiga bir polvon o’g’il sovg’a qilardim, bu farzand butun Turon eliga musulmonlikni joriya etur edi. Faqat qizingiz, xazrati Alining birinchi xotini buni noto’g’ri tushunib menga rashk qilmasin. Men ushbu nikohga faqat shu farzand uchun qiziqayoturman». Payg’ambarimiz ushbu nikoxga rozi bo’ldilar. Ma’lum vaqtdan keyin farzand tug’ildi, unga payg’ambarimiz Muhammadni otini va Xanifani otini qo’ydilar. Muhammad Xanifa deb nomlandi. Ushbu yigit er yetib Turonga musulmonlikni joriy etdi va Marv yaqinida xalok bo’lib Muhammad Ibn Zayd mavzoleyiga dafn etildi. Muhammad Xanifaning o’n ikkinchi avlodi bo’lib Xo’ja Axmad Yassaviy tug’ildi. Muhammad Xanifadan tarqalgan avlod xo’jalar deb nomlandi. Xazrat Ali va payg’ambarimiz qizidan tarqalgan avlod saidlar deb nomlandi.
Ushbu qabristonga imom Xanifa qabri yaqinida bir necha qoyatoshlar joylashgan bo’lib ularning birini har bir burchagi odam ma’nosi bo’laklariga o’xshab ketar va ushbu toshning bo’laklariga og’riq a’zosini tekkizgan odam xastalikdan qutular ekan. Shu sababli toshning yurak, jigar, buyrak, qo’l, oyoqga o’xshagan qismlariga og’riq a’zolarini tekkizayotgan bemorlarni ko’rish mumkin. Bu toshdan sal narida g’or shaklidagi uyig’i bor yana bir qoya joylashgan bo’lib, ushbu g’ordan xazrat Ali Murtozining o’zlari har zamonda bir chiqib, keyin yer yuzidagi tarqalgan yetti qabrlari tomonga yana kirib ketar ekanlar.
Bizning fikrimizcha ushbu qoya toshlar va birinchi buloq oldidagi Duldul tosh geoturistik obyektlar bo’lib ular otqindi tog’ jinsi granitdan tashkil topgan. Bu jinslar yirik donali strukturaga va yumaloq shaklga ega. Shu sababli quyosh nurlari ta’sirida granitlar alohida paxsa bo’laklarga bo’linadi. Bu jarayonlar uzoq davom etishi natijasida ular yumaloq shaklga kirishadi. Bulardan tashqari granitlar asosan kvars, dala shpati, slyuda singari minerallardan tashkil topgan. Issiq sovuq natijasida ular har-xil kengayib torayadi va tosh qatlamlarida yoriqlar paydo bo’ladi. Ushbu zonada esuvchi shamollar bu yoriqlar ichiga kirib undagi nuragan minerallarni so’rib chiqaradi va o’pirilib turgan yoriqlar hosil qiladi. Nurash suvning yuvish xususiyatlari, korroziya va deflyasiya jarayonlarining birgalikda ta’siri natijasida Duldultosh boshqa inson tanalari shakliga kirgan tosh paydo bo’lgan.
Dehibaland qishlog’idagi ma’naviy, me’morchilik, geoturistik resurslar unda qishloq turizmini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tarixiy obidalar
tahrirNavoiy viloyatining Nurota tumanidagi Dehibaland qishlog’ining shimoli-sharqiy qismida hazrat Hasan ibn Ali roziyallohu anhuga nisbat berilgan maqbara bor. Ta’mirlash vaqtida topilgan tosh lavhda uning XIX asrda qurilgani yozilgan. Aslida, Imom Hasanning qabri Madinada, Baqi qabristonida, onalari Fotimai Zahro yonida. Bu zot halimligi, saxiyligi, tinchlikparvarligi va kengfe’lligi bilan mashhur bo’lgan. Otasi hazrat Ali karramallohu vajhahudan keyin davlatni olti oycha boshqargan.
Husayn ibn Ali bizning diyorlarda «hazrat Husan» nomi bilan mashhur. Hazrat Hasan va hazrat Husan sharafiga egiz chaqaloqlarga shunday ism qo’yiladi. Navoiy viloyatining Nurota tumani Dehibaland qishlog’idagi bir ziyoratgoh ham «Hasan-Husan» deb nomlangan.
Maqbara va yon-atrofdagi imoratlar vaqt o’tishi bilan o’zgarib turgan. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida qurilish-tiklashishlari olib borilgan. Imom Husayn roziyallohu anhu hazrat Hasandan bir yilu bir oy keyin tug’ilgan. U kishiga Payg’ambar alayhissalomning o’zlari ism qo’yib, go’dakligidan tarbiyalari bilan shug’ullanganlar. Bu xususda ko’plab hadislar bor.
Navoiy – Nurota katta yo’li o’tadigan Dehibaland qishlog’ining kunbotar tomonida Muhammad ibn Hanafiyaga nisbat berilgan qadamjo bor. Bu ziyoratgoh Turkmaniston va Kavkazbo’yi xalqlari orasida ham mashhur. Qabrlar ustiga maqbara tiklangan. Binolar turli davrlarda ta’mirlangan.
Manbalarda qayd etilishicha, Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu Shom safariga tayyorgarlik ko’rish haqida voliylarga buyruq yuboradi. Safar bayrog’ini o’g’li Muhammad ibn Hanafiyaga beradi.
«Qandiya»da hazrat Ahmad Yassaviy Muhammad ibn Hanafiya Rahmatullohi Alayh naslidan degan ma’lumot bor. «Islom» ensiklopediyasida Muhammad ibn Hanafiyaning «Bani Hanifa» qabilasiga mansub ayoldan tug’ilgani qayd etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |